O’quv ishlari prorektori 2021y prof. S. Soleev


S.Xollning talqiniga qaraganda



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə65/156
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133268
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   156
Yuridik psixologiya-fayllar.org

S.Xollning talqiniga qaraganda, bu davrlar “bo’ron va tazyiqlar”, ichki va tashqi nizolar (konflikt) dan iborat bo’lib, ularning kechishi davomida odamda “individuallik tuyg’u” si vujudga keladi. Shaxsni rivojlanishining ushbu nazariyasi o’z davrida bir talay tanqidiy mulohazalar manbai vazifasini o’tadi, chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas.
Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis “konstitusion psixologiyasi” (insonning tana tuzilishiga asoslagan nazariya) namoyandalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs (psixologiyasi) tipologiyasi negiziga bir qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan o’sishining xususiyati o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud, deb taxmin qiladi.
E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va uning bir boshqa sikloid toifasiga xos (tez qo’zg’aluvchi, his-tuyg’usi o’ta barqaror), ikkinchi uchida esa shizoid toifasiga (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg’usi cheklangan) xos odamlar turishini aytadi. Bu taxminini u shaxs rivojlanishi davriga ko’chirishga harakat qiladi, natijada o’smirlarda sikloid xususiyatlari, (o’ta qo’zg’aluvchanlik, tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik, ilk o’spirinlarda esa shizoidlik xususiyatlari bo’ladi, deya xulosa chiqaradi. Lekin insonda biologik shartlangan sifatlar hamisha yetakchi va hal qiluvchi rol o’ynay olmaydi, chunki shaxsning individualtipologik xususiyatlari birbiriga aynan mos tushmaydi.
Biogenetik nazariyaning namoyandalari amerikalik psixologlar A.Gezell va S.Xoll taraqqiyotning biologik modeliga chamalab ish ko’radilar, bu jarayonda muvozanat, integrasiya va yangilanish sikllari o’zaro o’rin almashinib turadi, degan xulosaga keladilar.
Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko’rinishi Zigmund Freydning shaxs talqinida o’z ifodasini topgan. Uning ta’limotiga binoan, shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan, ayniqsa birinchi navbatda, u jinsiy (seksual) mayliga (libidoga) bog’liqdir. Bunga o’xshash biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdanbir mezon yoki betakror turtki rolini bajara olmaydi.
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko’rinishi bu aksil qutbga joylashgan sosiogenetik nazariya hisoblanadi. Sosiogenetik yondashishga binoan, shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlar jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish (sosializasiya) usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan o’zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko’ra, inson biologik tur sifatida tug’ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi.
G’arbiy Yevropaning eng muhim nufuzli nazariyalaridan biri bu rollar nazariyasidir. Ushbu nazariyaning mohiyatiga binoan jamiyat o’zining har bir a’zosiga status (haqhuquq) deb nomlangan xatti-harakat (xulq) ning barqaror usullari majmuasini taklif qiladi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo’lgan maxsus rollari shaxsning xulqatvor xususiyatida, o’zgalar bilan munosabat, muloqot o’rnatishida sezilarli iz qoldiradi.
AQShda keng tarqalgan nazariyalardan yana bittasi bu individual tajriba va bilimlarni egallash (mustaqil o’zlashtirish) nazariyasidir.
Mazkur nazariyaga binoan shaxsning hayoti va uning voqyelikka nisbatan munosabati ko’pincha ko’nikmalarni egallash va bilimlarni o’zlashtirishning samarasi qo’zg’atuvchini uzliksiz ravishda mustahkamlanib borishning mahsulidir. (E.Torndayk, B.Skinner va hokazo).

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə