O‘quv mashg‘UL


Tuproqlarning geografik tarqalish qonuniyatlari



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə20/24
tarix14.01.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#98591
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
и O

Tuproqlarning geografik tarqalish qonuniyatlari
Tuproq qoplamining tuzilishi va tarqalishida bioiqlimiy qonuniyat muhim ahamiyatga ega. Tuproq qoplamining paydo bo‘lishi va tuzilishi qonuniyati global iqlimga bog‘liq tarzda avvalo gorizontal va vertikal zonallik va fatsiyallik (provinsiyalik)ka bo’linadi. Gorizontal (kenglik) qonuniyatini birinchi bo‘lib V.V.Dokuchayev yaratgan (1899), uni o‘zining „Tabiat zonalari to‘g‘risidagi ta’limoti” asarida to‘liq asoslagan. V.V.Dokuchayev shunday yozgan: tuproq hosil qiluvchi barcha muhim omillar yer yuzasida mintaqa va zonalar ko‘rinishida taqsimlanadi, qaysiki ozmi-ko‘pmi kengliklarga parallel tarzda, shuningdek, tuproqlar qora, podzol tuproqlarimiz chambarchas bog‘liq holda yer yuzasida zonal joylashgan bo‘lishi darkor”.Ushbu qonun V.V.Dokuchayev tomonidan 1899 yilda tuzilgan „Shimoliy yarim sharning tuproq zonalari sxemasi” xaritasida ifodasini topadi. Unda dunyoning beshta tuproq zonalari ajratilgan: boreal (arktika), o‘rmon, qora tuproqli dasht, areal (cho’l) va laterit (qizil-sariq tuproqlar). Bu ya’ni kenglik bo‘yicha tuproq-iqlimiy ajratish asosan iqlimning issiqlik xususiyatlariga asoslangan.
Tuproqning geografik tarqalishi tuproq paydo qiluvchi omillar bilan bevosita bog’liq bo‘lib, shunga ko‘ra tuproq tiplari ham o‘zgarib boradi. Jumladan, iqlim sharoitining kenglik yo’nalishi bo'yicha, ya’ni shimoldan janubga qarab o‘zgarishi bilan, shu yo‘nalishda o‘simlik va tuproq qoplami ham o'zgarib boradi. Demak, tabiiy sharoitlari deyarli bir xil bo’lgan muayyan geografik kengliklarda ma’lum tuproq tiplari tarqaladi va mintaqalarni hosil qiladi.
Tekislik hududlari bo’уlab tuproqlaning ana shunday tarqalishini V.V.Dokuchayev gorizontal zonallik deb atadi.I.P.Gerasimov kenglik bo’yicha zonallik qonuniyatini takomillashtirib, kenglik zonalari ichida, ayniqsa quruqlik ichidagi tekisliklarda „kenglik - zonal spektr (fatsiya)”ni ajratgan. Bu Yevrosiyoning markaziy qismi (Rus tekisligi, G’arbiy Sibir, Qozog’iston va O'rta Osiyo)da yaqqol namoyon bo’ladi. Masalan, subboreal mintaqada quyidagi tuproq - geografik zonalar ajratiladi: o’rmon, dasht, podzollashgan, tipik qora tuproqlar va dasht - oddiy va janubiy qora tuproqlar; quruq dasht - to‘q kashtan va kashtan tuproqlar; chala cho’l - och kashtan va qo’ng‘ir chala cho’l tuproqlari; cho’l sur –qo’ng‘ir cho’l va taqirsimon tuproqlar. Zonallik qonuniyati bilan bog’liq tarzda tuproqlarning hosil bo‘lishi va geografiyasida yana boshqa qonuniyatlarni uchratish ham mumkin, ularning ayrimlari quyidagilar:1. Qutbiy kengliklardan ekvator tomon borgan sari tuproqlarning xilma -xilligi, ularning xossalari va tashqi ko'rinishi ham o’zgaradi.2. Janubiy kengliklarda shimolga nisbatan tog’lardagi tuproq qoplamining tarkibi va tuzilmalari vertikal zonallik (mintaqa) bo‘yicha murakkablashadi.3. Janubiy yo‘nalishda tuproqlarning mahsuldorligi, gumid va semigumid landshaftlarning tuproq - o‘simlik tizimida elementlarning aylanma harakatining xilma - xilligi va qamrovi ortadi.
Dokuchayevning zonallik qonuniyati nafaqat tuproqlar geografiyasiga tegishli, balki u umumgeografik qonuniyatdir. Keng ma’noda uning mohiyati shundaki, qutblardan ekvatorga tomon Yer yuzasiga quyosh energiyasi tushishining orta borishi bilan, ayniqsa biogen jarayonlarning energiya va xarakteri ham o‘zgaradi. Ba’zan ayrim sabablarga ko‘ra tuproqlar zonallik qonuniyatlariga bo‘ysinmasligi ham mumkin, bunda tuproqlar dog’simon va alohida orollar tarzda intrazonal o‘rin egallaydi.
O‘rmon va o‘rmon dashtlardagi botqoq tuproqlar, tundradagi botqoq tuproqlar, cho’l zonasidagi sho‘rxoklar va taqirlar intrazonal tuproqlarga, tundra va cho’l zonasidagi qayir tuproqlari esa azonal tuproqlarga misol bo’ladi.Tuproq qoplami tuzilishi va tarqalishining litologik geomorfologik hamda tarixiy - geologik qonuniyatlari tufayli, ya’ni hududlarning litologik - geomorfologik va uning tarixiy rivojlanishiga bog’liq tarzda biokimyoviy omillar butunlay o‘zgaradi.
XX asring 40-60 - yillari ushbu ta’limotning rivojlanishida yangi bosqich bo‘ldi va u akademiklar L.S.Berg va A.A.Grigoryevlaring nomlari bilan bevosita bog’liq. L.S.Berg yettita tabiat zonasi, shuningdek, mamlakatning tog‘ landshaftlariga batafsil ta’rif bergan. Olim Yerning geografik qobig‘ida hammasi bo’lib 13 ta tabiat zonasini ajratgan. A.A.Grigoryev tadqiqotlari zonallik omillarini va tabiiy geografik jarayonlar hamda geografik zonalarning ichki tuzilmasini aniqlashga bag‘ishlangan. U geografik zonalarning shakllanishiga yillik radiatsiya balansi va yillik yog‘inlar miqdori hamda ularning birligi hal etuvchi ta’sir ko‘rsatadi, degan xulosaga keldi. Shunga tayangan holda, 1956 yilda A.A.Grigoryev va M.I.Budiko geografik qobiq tuzilmasining asosida yotuvchi geografik zonallikning davriylik qonunini ta’riflab berdilar. Aynan mana shu tuzilmada A.A.Grigoryev ikkita eng yuqori gradatsiya - mintaqalar (harorat omili bo‘yicha) va zonalarni (issiqlik va namlik muvozanatiga ko‘ra) ajratdi. Yer yuzida u jami 9 ta mintaqa va 24 zonani ajratgan.Keyinroq geografik zonallik to‘g‘risidagi ta’limot akademikS.V.Kalesnik, K.K.Markov, I.P.Gerasimov, V.B.Sochava, P.Makeyev, D.V.Bogdanov, F.N.Milkov, A.M.Ryabchikov, E.Lukashov, A.G.Isachenko va boshqa mashhur tabiiy-geograf olimlar tomonidan yanada rivojlantirildi.

Geografik mintaqa geografik qobiqning eng yirik zonal bo’limi hisoblanib, issiqlik sharoitlarining umumiyligi bilan tavsiflangan holda, asosan kenglik bo‘ylab cho‘ziladi. Yer yuzida jami 13 ta mintaqa ajratilgan. Geografik zonalarga to‘xtaladigan bois ular geografik qobiqning nisbatan yirik bo’limi bo’lib, geografik mintaqalarning issiqlik sharoitlari bilan namlikning muayyan umumiyligiga ega qismlari hisoblanadi. Yerdagi geografik zonalar soni turlicha belgilanadi. Masalan, rossiyalik tabiiy geograflar har bir mintaqada ikki yoki undan ortiq, jami 34 ta zonani ajratadilar. Zonallik qonuniyatidan tashqari Yerning barcha qismida namoyon bo’ladigan azonallik va intrazonallik qonuniyatlari ham aniqlangan. Bunga misol tariqasida balandlik mintaqalari (vertikal zonallik)ni keltirish mumkin, u quruqlikning balandligiga va balandlikka bog’liq ravishda issiqlik muvozanatining o‘zgarishiga bog’liq. Bir landshaft turining ikkinchisi bilan almashinishi uchun yetarli darajadagi balandliklar farqiga ega muayyan masofadagi yonbag’irlarning mavjudligi - bunday mintaqalanishning yuzaga kelishi uchun zaruriy shart hisoblanadi. Shuni ham eslatish joizki, hududning zonal tabaqalanishi, odatda uning sektorlar bo‘yicha taqsimlanishiga bog’liq. Umumlashtirilgan tarzda aytadigan bolsak, so‘z kenglik zonalligi turlicha namoyon bo’ladigan quruqlik va okean yani sektorlari to‘g‘risida bormoqda. Masalan, okean yoni sektorlari uchun quruqlik sektorlarga nisbatan o‘simlik dunyosining turli-tumanligi va mahsuldorligi xos.



Yer yuzasidagi relyefning ijobiy va salbiy elementlari, denudatsiya va akkumulyatsiya jarayonlari, moddalarning geokimyoviy oqimlari bir-birlari bilan uzviy bog’liq. Bu o‘z o‘rida geokimyoviy jarayonlarning makonda differensiatsiyalanishiga, qo‘yingchi tuproq hosil bo’lishiga undaydi. Tuproqlar geografiyasida tuproq - geokimyoviy va tarixiy geologik yo‘nalish V.A.Kovdaning tadqiqotlarida rivojlantirilgan. U tuproq hosil bo’lishining bir qancha evolyutsion bosqichlarini ajratgan: 1- Gidroakkumulyativ (subakval, suv osti, amfibial), ya’ni moddalarning ijobiy mutanosibligi bosqichi.2. Gidrobioakkumulyativ (gidromorf, kapillyar - gidromorf, superakval), ya’ni mexanik akkumulyatsiyasiz, biroq moddalarning geokimyoviy va biologik akkumulyatsiyasi mavjud bosqich.3. Mezogidromorf (poligidromorf), ya’ni grunt suvlaridan kuchsiz yoki ma’lum davrlarda moddalarning geokimyoviy oqimi va ularning biogen akkumulyatsiyasi bosqichi.4. Moddalarning biogen akkumulyatsiyasi va suv tartibi bilan yuvilgan qadimgi gidromorf reliktli paleogidromorf bosqich.
5. Moddalar muvozanatining hozirgi eol turlariga ega bo’lgan qadimgi gidromorfizm kam iz qoldirgan proterogidromorf bosqich.6. O‘z kesmasida qadimgi gidromorfizmning hech qanday belgilarini qoldirmagan avtomorf (bioakkumulyativ) bosqich.7. Moddalarning ko‘pgina qismi mexanik tarzda chiqarib tashlangan tog‘ eroziya bosqichi.Albatta, bular qadimgi suv bosgan tekisliklardagi tuproq evolyusiyasining umumiy ko‘rinishi xolos, biroq ular geografik jihatdan juda keng tarqalgan.
Mezorelyef va mikrorelyeflar elementlari bo‘yicha tuproqlarning tarqalish qonuniyatlarini S.A.Zaxarov (1927) tuproq qatorlarining topografik analoglari deb ataydi. Uning mohiyati shundaki, har bir tuproq zonasida tuproq qoplami tarkibi har xil, biroq relyef elementlari bo‘yicha tuproqlarning tarqalishi analogik xarakterga ega: relyefning yuqori elementlarida genetik mustaqil (avtonom) tuproqlar tarqalgan bo’lib, boshqa hudud (qism)laridan farqlanadi, qaysiki boshqa, ya’ni relyefning salbiy elementlarida genetik qaram (bo‘ysinuvchi) tuproqlar odatda ko‘pchilikni tashkil etadi.Xulosa shundan iboratki, tuproq qoplami tuzilishi va tarqalishi joyning litologik - geomorfologik tuzilishi hamda tarixiy - geologik rivojlanishi bilan bevosita bog’liqdir, bu tuproqlar geografiyasida muhim ahamiyatga molik qonuniyat sifatida e’tirofga loyiqdir.
Tog’li hududlarda tuproq zonalligining balandlik (vertikal) qonuniyati o‘z aksini topadi. Tog’larda tuproqlarning asosiy turlari uning pastki qismidan yuqorisiga tomon iqlim, o‘simlik va boshqa tuproq hosil qiluvchi sharoitlarning o‘zgarishiga mos tarzda balandlik mintaqalari ko‘rinishida joylashadi.Tog‘larda joyning balandligi o‘zgarishi bilan iqlim elementlari: bosim, insolyatsiya, harorat, havo namligi, yog‘inlar miqdori va boshqalar o‘zgarishi ma’lum. Tog’larda harorat har 100 m da yuqoriga tomon taxminan 0,5 °C ga pasayadi, yog'inlar miqdori o‘zgarishi yanada murakkab kechadi. Masalan, O‘rta Osiyo tog’larida eng ko‘p yog‘inning asosiy qismi 3000 m dan kam bo’lmagan balandliklarga, Himolayda - 1000-1500, Alp da- 2000 m atrofidagi balandliklarga yog'adi.
Tog’arda tuproq qoplamining differensiatsiyalanishida iqlim sharoitining o‘zgarishi, shuningdek, tog‘larning ,,to‘siq” samarasi va moddalarning gravitatsion ko‘chishi hal qiluvchi hisoblanadi. Agar tog’ cho’l mintaqasida joylashgan bo’lsa, yuqoriga tomon cho’ldan dashtga almashinadi, o‘rmonni tog’ o‘tloqlari va nihoyat tog‘ tundrasi egallaydi. Tog‘ o‘rmon zonasida joylashgan bo’lsa, unda cho’l va dasht zonalari bolmaydi. Umuman tog’li o’lkalarda vertikal tuproq zonasining soni-miqdori uning balandligiga bog’ligi tabiiy. Biroq, tog‘ tizmalariga taalluqli umumiy qonuniyatlardan tashqari, asosiy havo massalari harakatiga nisbatan yonbag’irlarning joylashuvi, yonbag’ir ekspozitsiyasi va harorat inversiyasi kabilar ham ahamiyatli hisoblanadi.
Tuproqlarni geografik rayonlashtirishning maqsadi tuproq qoplamining ekologik sharoit bilan aloqasi va hududlarda bir xil tuzilmali tuproqlarni ajratish, tuproq hosil bo’lish omillarini hamda tuproqlardan xo‘jalikda foydalanish imkoniyatlarini aniqlashdan iboratdir.Unchalik katta bo’lmagan hududlarda tuproqlarni rayonlashtirishning birinchi tajribalari XX asrning boshlarida amalga oshirila boshlagan.1922 yilda L.I.Prasolov tomonidan sobiq ittifoqning Yevropa qismida tuproq oblastlarini ajratish ishlari boshlangan. Sohaga oid keyingi tadqiqotlarda tuproqlarni rayonlashtirishning quyidagi taksonomik birliklari qabul qilingan (sobiq ittifoqni tuproq - geografik rayonlashtirish, 1


Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə