O‘quv materiallari maktabgacha pedagogika fanining ma’ruzalar matni



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/77
tarix19.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#122422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
SIRTQI 2-SEMESTR MAK PED (1)

Qurilish o‘yinlari 


14 
Qurilish o‘yinlari ham ijodiy o‘yinlar sirasiga kiradi. Ularda bolalar atrof-
muhitdagi buyumli dunyo haqidagi taassurotlarini aks ettiradilar, mustaqil tarzda 
turli narsalar yasaydilar, bunyod etadilar. Qurish-yasash o‘yinlarida bir xil 
buyumlarning boshqalari bilan almashinishi yuz beradi. Kichik va o‘rta guruh 
yoshidagi bolalarda qurilish o‘yinlari rolli o‘yinlar bilan bog‘lanib ketadi. Qurilish 
o‘yinlari samarali faoliyat hisoblanib, bolalarda bunyod etilgan inshootni mavjud 
buyum va narsalar, inshootning qurilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan tasavvur bilan 
qiyoslash, taqqoslash ko‘nikmalarini shakllantirishga imkon beradi. U bolalarda 
kuzatuvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi. Qurilish materiallari turli xildagi 
geometrik shakllardan iborat. Bolalar har bir shaklning o‘ziga xos xususiyatlarini 
yaxshi bilib olishlari lozim, aks holda hech qanday qurilishni amalga oshirib 
bo‘lmaydi. Bolalar qurgan narsalar amaliy jihatdan yaroqli bo‘lishi va ulardan 
o‘yinda foydalanish uchun konstruktorlik malakasiga ega bo‘lish kerak. Bundan 
bolalarga qurishning asosiy usullarini o‘rgatish zarurligi kelib chiqadi. Qurilish 
materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinlarda bolalarning texnikaga qiziqishi ortadi, 
kuzatuvchanligi rivojlanadi, ular geometrik jismlarning eng oddiy xususiyatlari 
bilan tanishadilar. Qurilish o‘yinlari bolalarning mehnat faoliyatiga yaqin bo‘lib, 
ularni mehnatga tayyorlaydi.
Qurilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinlar bolalar tafakkurini 
rivojlantiradi: kuzatilayotgan inshootlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib 
ko‘rsatish, tahlil va sintez qilishga, solishtirishga, o‘xshash va farq qiladigan 
tomonlarini aniqlashga majbur etadi, vazifalarni to‘g‘ri hal qilishga o‘rgatadi. 
Qurilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinlar geometrik jismlarning 
xususiyatlarini, ular bilan ishlashni, fazoviy nisbatlarni (uzoq-yaqin, baland-past, 


15 
o‘ng-chap, uzun-qisqa, keng-tor) amalda olib borishga yordam beradi. Bunday o‘yin 
orqali bolalarni maktabdagi politexnika ta’limiga tayyorlash vazifasi ham amalga 
oshiriladi. Bolalar qurish-yasash jarayonida bir jamoaga birlashadilar, natijada 
ularning nutqlari rivojlanadi. Qurilish materiallari bilan o‘ynash bolalarning 
ma’naviy dunyosiga ham ta’sir etadi: bolalar bilan biron inshootni kuzata turib, 
davlatimizning xalq farovonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotganligini 
tushuntiradi. Qurilish materiallari bilan o‘ynash bolalarda mehnatsevarlik, 
mustaqillik, tashabbuskorlik, ishga javobgarlikni his etgan holda munosabatda 
bo‘lishi hamda irodaviy sifatlarni tarbiyalaydi. O‘yinning qizig‘i shundaki, u 
bolalarga zo‘r zavq-shavq bag‘ishlaydi. Bolalarni ba‘zi bir qurilish inshootlari bilan 
tanishtirish orqali estetik tarbiya vazifalari ham amalga oshiriladi. Bolalarda estetik 
hissiyotni tarbiyalash uchun faqat bitgan qurilish inshootini kuzatish yetarli emas, 
balki qurilishning borishi, ishning tashkil etilishini kuzatish, bunda bolalarning 
o‘zlarini qatnashtirish muhim ahamiyatga ega. O‘yin uchun sharoit yaratish. 
Qurilish materiallari bilan o‘ynashni rivojlantirish uchun unga muvofiq shart-sharoit 
yaratish zarur. 
1. Qurilish materiallari butun guruh bolalarining bir vaqtda o‘ynashi uchun yetarli 
bo'lishi kerak. 
2. Guruh xonasida qurilish materiallarini saqlaydilar, uni quradigan va bir necha 
kungacha saqlab qolishning iloji bo‘lgan joy bo‘lishi kerak. 
3. Qurilish materiallari uchun har bir detalga alohida xonachalari bo‘lgan g‘ildirakli 
shkaf bo‘lgani yaxshi. Uni bolalar xohlagan tomonlariga surib olib boradilar. Shkaf 
ichini tartibli saqlash zarur.
4. Qurilish materiallari saqlanadigan burchakda mayda o‘yinchoqlar, o‘yinchoqli 
odamlar, qushchalar, hayvonlar, transport bo‘lishi mumkin. 
5. Bolalarning o‘zlari o‘yinchoq yasashlari uchun har doim kerakli material bo‘lishi 
zarur. 
6. Ona o‘lkamizni, uning poytaxti Toshkentni, transportning har xil turlarini 
tasvirlovchi albomlar, fotosuratlar bo‘lishi kerak.
7. Qurilish materiallaridan barpo etilgan inshootlar namunalari tasvirlangan albom. 
8. Qurilish jarayonini, binolarning bezatilishini bolalar bilan kuzatish kerak.
9. Qurilish usullarini o‘rgatish lozim.
10. Qurilish materiallaridan ishlangan buyumlarni bir necha kungacha hatto undan 
ko‘proq muddat saqlash kerak. Qurish-yasashga o‘rgatishning asosiy usullari. 
Bolalarni qurish-yasashga o‘rgatish uchun tarbiyachi turli xil usullarni qo‘llaydi:
1. Tarbiyachi har bir harakatni tushuntirgan holda qurib ko‘rsatadi.
2. Tarbiyachi bir on narsani o‘zi qurib ko‘rsatadi va bunga kirgan har bir qismni 
tahlil qilib beradi.
3. Tayyor qurilish namuna sifatida ko‘rsatiladi. 


16 
4. Qurish-yasashning ayrim qismlarini ko‘rsatadi (tomini yasashni, qanday yopish 
kerakligini, biror detalni qaysinisi bilan almashtirish mumkinligini tushuntiradi). 
5. Tarbiyachi ataylab chala qurib qo‘yilgan qurilishni bolalarga qurib bitkazishni 
taklif qiladi. 
6. Nima uchun qurish lozimligini, uning mavzusini aytadi.
7. Har kim xohlagan mavzuda qurishni taklif qiladi.
8. Tayyor qurilishni: u qanday qismlardan iborat ekanligini, nimalar, qanday detallar 
ishlatilganini tahlil qilib beradi. Qurish-yasash usullari bolalarga mashg‘ulotlarda 
o‘rgatiladi. Qurish o‘yinlariga rahbarlik. Bolalarning qurish materiallari bilan 
o‘ynaydigan o‘yinlariga rahbarlik usullari ularning yoshiga bog‘liq. Kichik guruhda 
bolalar uncha murakkab bo‘lmagan qurilishlarni bajaradilar. Ular uchun stol ustiga 
qo‘yib o‘ynaladigan mayda qurilish materiallari zarur. Bitta stol atrofida birdaniga 
6-8 bola ishlashi mumkin. Stol ustini qurilish materiallari egallab olmasliklari uchun 
stolningu boshi bilan bu boshiga pastgina skameykayoki taburetka qo‘yiladi. Bolalar 
o‘zlarining qurilish materiallarini yashigi bilan qo‘yib qo‘yadilar. Bu birinchidan, 
stol ustida bolalarning bemalol ishlashlari uchun yaxshi, ikkinchidan, bolalarga 
yashiklardan kerakli qurilish materiallarini olish qulay. Bog‘cha maydonchasida 
o‘ynash uchun kub, silindrga o‘xshash alohida qurilish materiallaridan foydalanish 
zarur. Xuddi shunday materiallar guruh xonasida ham bo‘lishi kerak. Yilning 
ikkinchi yarmida bu materiallarni mashinalar qurish uchun kvadrat to‘g‘ri burchak, 
har xil o‘rtasi teshik dumaloq shakldagi faner parchalari bilan to‘ldirish lozim. 
Bolalarning qurilish materiallari bilan o‘ynashlari uchun tik turdagi daraxtlar, 
hayvonlar, mashinalar, qo‘g‘irchoqlar ham kerak bo‘ladi. Tarbiyachi bu 
materiallardan nima qurish mumkinligini bolalarga ko‘rsatadi: qo‘g‘irchoqqa stol, 
stul, karovatyasash, ular uchun bog‘ va bog‘ning ichiga skameykalar qo‘yish, 
mashinaga garaj yasash va hokazo. Bolalarni qurilish materiallari bilan o‘ynashga 
qiziqtirish uchun tarbiyachi ular bilan birgalikda o‘ynaydi va bu materiallardan 
hamma bolalar foydalanishlarini kuzatib turadi. Yirik qurilish materiallari bilan 
guruh xonasidagi gilam ustida, yozda esa bog‘cha hovlisida qurish mumkin. MTT 
maydonchasida yozda qum va suv bilan, qishda qor bilan o‘ynash katta o‘rin 
egallaydi. Qum bilan o‘ynash. Qum bolalarning yozda o‘ynashlari uchun yaxshi 
material. Har bir guruh uchun ikkitadan qum yashigi bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. 
Shunda hamma bolalar o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Qumda o‘ynash uchun 
turli xil o‘yinchoqlar kerak bo‘ladi: qumdan har xil shakl yasaydigan mayda tunuka 
mashinalar, rezina yoki sellyuloiddan yasalgan odamchalar, hay vonlar shakli, 
plastilindan yasalgan qo‘g‘irchoq mebeli, qurish-yasash materiallari, uni bezaydigan 
narsalar: har xil faner taxtachalar (8\8, 10\10, 5\10, 4\10 sm) va yog‘och 
kaltakchalar (10,15, 20 sm) hammasi har xil rangdagi moyli bo‘yoqqa bo‘yalgan 
bo‘lishi kerak. Shu materiallarni bolalar qumga o‘rnatib yo‘llar, hay vonlar uchun 


17 
saroy va devorlar qurishadi. Qurgan narsalarini bezash uchun kichkina bayroqchalar 
kerak bo‘ladi. Qumni kovlash uchun bolalarga kichkina yog‘och kurakcha beriladi. 
Bahorda va kuzda (yer namligida) bolalarning qum o‘yinlari maxsus qirg‘og‘i 
ko‘tarilgan stollarda tashkil etiladi. Qum bilan o‘ynashda gigiyenik qoidaga rioya 
qilish kerak. Qum har doim toza va nam bo‘lishi, bolalar jazirama quyosh tagida 
o‘ynamasliklari lozim. Kichik bolalar qum bilan o‘ynaganda oldiga ma’lum maqsad 
qo‘ymaydi. Tarbiyachi bolalarni qiziqtirish uchun o‘zi «quradi» va bolalarga 
qurishni taklif qiladi. Masalan, qumni to‘plab atrofni tekislashadi, bir yonini teshib 
eshik ochishadi. Keyin bu uychani har xil rangdagi mayda bayroqchalar bilan 
bezashadi, keyin shu uy oldiga devorlar, bog‘lar qurishadi, uyga qo‘g‘irchoqlar 
ko‘chib keladi. O‘yinni o‘zgartirish uchun o‘yinchoqlarni vaqti-vaqti bilan 
o‘zgartirib turish kerak: mashinalar uchun garaj, hayvonlar uchun hayvonot bog‘i va 
boshqalar. Tarbiyachi o‘yinga kichik bolalarning hammasini jalb etishi kerak. O‘rta 
guruhda qum kichik guruhga nisbatan ko‘p to‘kiladi, Yashik oldiga buferda ham 
o‘yinchoqlar uchun javoncha bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘yinning mazmuni 
murakkablashib borishi uchun tarbiyachi yordam beradi: qumdan nimalar qurish 
mumkinligini ko‘rsatib, bolalarga ko'maklashadi, ularning o‘yinlarida qatnashadi. 
Katta guruh bolalari qumdan katta inshootlar quradilar. Shuning uchun bu guruh 
bolalarining qumi yashikda emas, balki bog‘cha maydonchasining biron joyiga 
ancha ko‘p miqdorda to‘kiladi. Bu bolalar uchun qumdan tashqari loy ham bo‘lishi 
kerak. O‘yinga qo‘shimcha materiallar: tabiat materiallari, ip, yog‘och, faner va 
boshqalar ham zarur. O‘ynab bo‘lgandan keyin bularning hammasini maxsus 
ajratilgan joyga olib borib qo‘yish kerak. Bolalar shahar ko‘chalarini, xo‘jalik 
dalasi, hayvonot bog‘i, baland binolarni quradilar. Buning uchun qumdan, loydan va 
tabiat materiallaridan foydalanadilar. Tarbiyachi bu materiallardan qanday qurishni 
ko‘rsatib beradi. Suv bilan o‘ynash. Bolalar suvni juda yaxshi ko‘rishadi. Ularning 
suv bilan o‘ynashlari uchun bog‘cha hovlisida maxsus suv havzasi tashkil qilinadi, 
guruh xonasida esa oyoqli qurilma ustiga vanna o‘rnatiladi. Suv bilan o‘ynash 
uchun sellyuloiddan, rezinadan yasalgan o‘yinchoqlar: baliqchalar, o‘rdakcha, 
g‘ozcha, vannasi bor qo‘g‘irchoqcha, qayiqchalar (yasalgan va sotib olingan), suvda 
suzib yuradigan narsalar kerak. Kichik bolalarning suv bilan o‘ynaydigan 
o‘yinchoqlari oddiy bo‘lib, unda o‘yinchoqlarning suzishini tomosha qiladilar. 
Bolalar suv bilan o‘ynab kichkina-kichkina syujetni aks ettiradilar: baliq va 
o‘rdakchalarni ovqatlantirib, qo‘g‘irchoqni vannada cho‘miltirishadi, qayiqda 
yo‘lovchilarni uchirishadi. O‘rta va katta guruh bolalarining suv bilan o‘yini ancha 
murakkablashadi. Ular daryoda paroxodlarni yurgizishadi, poraxod to‘taydigan 
bandargohlar qurishadi. Suzadigan o‘yinchoqlarni harakatga keltirishadi. Suv bilan 
o‘ynash natijasida bolalar suvning xususiyatini, nimalar cho‘kib, nimalar suzishini 


18 
bilib olishadi. Suv bilan o‘ynash juda foydali, shuning uchun bolalarning guruh-
guruh bo‘lib suv bilan o‘ynashlari uchun imkoniyat yaratib berish kerak.
Qor o‘yinlari. Qishda bog‘cha maydonchasida qor bilan o‘ynash bolalar uchun eng 
qiziqarli faoliyat turi hisoblanadi. Har bir bolada yog‘och belkurakcha va qorni 
tashish uchun yashikcha bilan chana bo‘lishi kerak. Kichkina bolalar kattalar yig‘ib 
qo‘ygan qor uyumini yog‘och belkurakchalari bilan kovlashadi. Qorni tepaga 
sochib, uning to‘kilishini kuzatishadi, yashiklarga qor solib, boshqa joyga tashishadi 
va hokazo. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə