O`quvchilarni tarbiyalshda inshoning o`rni



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə11/12
tarix04.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#108220
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Insho

Xatolar ustida ishlash

Boshlang`ich sinf o`quvchilari yozuvida uchraydigan xatolarni quyidagi tiplarga ajratish mumkin:


1. Grafik xatolar.
Grafik xatolarga harf shakllarini o`xshata olmaslik, harflarning o`rnini almashtirib yozish, talaffuzi o`xshash undoshlarni aniq, ajrata ol­maslik natijasida yozuvda bir harf o`rniga ikkinchisini ishlatish, biror harfni tushirib qoldirish kabi xatolar kiradi. Shunga ko`ra grafik xatolar quyidagi ko`rinishlarda bo`ladi:
a) harf shakllarini buzib yozish;
b) so`zda harflar orttirib yozish;
v) so`zda harf tushirib qoldirish;
g) so`zda harflar birikishini buzish (ajratnb yozish yoki xato biriktirib yozish singari).
2. Fonetik xatolar.
Bunday xatolar so`zlarni to`gri talaffuz qila bilmaslik, sheva va dialektlar ta`sirida bo`ladi. Fonetik xatolarning, asosan, quyidagi
ko`rinishlari mavjud:
a) dialekt va sheva xatolari (borgan edi boruvdi, kelgan edim keluvdim, bo`lmas ekan bo`masakan singari).
b) assimilyasiya hodisasi natijasida (tomni tommi, yigitcha yigichcha, ketdi ketti singari).
v) tovushlar almashuvi natijasida (devor dovol, nuqta nuxta).
3. Morfologik xatolar. So`zning o`zagi va qo`shimchalarida yo`l qo`yilgan xatolar morfologik xato hisoblanadi. Bunday xatolarning sodir bo`lishiga quyidagilar sabab bo`ladi:
- so`zning ma`nosini tushunmaslik;
- grammatik qoidalarni bilmaslik;
- orfografik qoidalarni unutish;
- parishonxotirlik.
- mexanik xatolar (o`quvchilarning ixtiyorsiz ravishda xatoga yo`l quyishlari).
Inshoda ko`p uchraydigan xarakterli xato­lar:
- gapda so`zlarning boshlanishini bilmaslik;
- ko`chirma gap va dialoglarga e`tibor bermaslik.
Bunday xatolar ikki yo`nalishda: xatolarning oldini olish va yo`l quyilgan xatoni tuzatish orqaligina bartaraf etiladi. O`quvchilar yozuvidagi xatolar ularning og`zaki nutqlariga ham bog`liq. Chunki og`zaki nutq bilan yozma nutq, o`zaro borliq bo`lib, og`zaki nutqdagi xatolar, albatta, yozma nutqda ta`sir qiladi.
O`quvchilar yozuvda yo`l quyilgan xatolarni tuzatish uchun alohida vaqt ajratilmaydi. Lekin barcha darslarda xatolar ustida ishlashga e`tibor beriladi. Har bir darsda ko`pchilik o`quvchilar uchun tipik bo`lgan xato­lar doskada ko`rsatilib, uni tuzatish yo`llari tushuntiriladi. Ayrim o`quvchilar xatosi esa ularning o`zlariga ko`rsatib, tushuntiriladi. Agar o`quvchilar biror qoidani bilmaslik natijasida xatoga yo`l quygan bo`lsalar, albatta, ana shu qoidani takrorlash maqsadga muvofiqdir.
Umuman, o`quvchilar yozuvida xatolarning bo`lmasligi uchun lug`at ishiga, ta`limiy xarakterdagi yozma ishlarga ko`proq o`rin berish zarur. Imlosi qoidalashtirilmagan va qiyin so`zlar jadvali tuzilib, sinf xonasiga o`quvchilarga ko`rinarli qilib osib quyilishi ham foydalidir.




Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə