O`quvchilarni tarbiyalshda inshoning o`rni



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə10/12
tarix04.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#108220
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Insho

Maqola yozish

3-4-sinf o`quvchilariga sinf hayoti va o`quvchilar faoliyati haqida, uyin va o`qishlari haqida sinf yoki maktab devoriy gazetalariga maqola yozishni o`rgatib borish ham inshoning bir ko`rinishidir. Buning uchun dastlab biror mavzu tanlanib, shu mavzuga oid «G`uncha» jurnalida berilgan maqolalar o`qib-o`rganiladi. Mavzu mazmuni yozishdan oldin bir necha o`quvchiga gapirtiriladi. Birgalikda tuzilgan maqolani doskaga yozib, tahlil qilinadi. Uni o`quvchilar daftarlariga ko`chirib yozadilar. Shundan keyin uyda shunga o`xshash maqola yozib kelish topshirig`i beriladi. Shu tarzda o`quvchilar qisqa hajmli xat-xabar va maqola yozish malakalarini egallaydilar.


O`quvchilarni kichik yoshdan inshoning barcha turlari bilan qisman bo`lsa-da, tanishtirib borish muhim ta`lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bu ish o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqlarining sistemali o`sib borishiga yordam beradi. Yuqori sinflarda inshoni muvaffaqiyatli yozishlariga zamin hozirlaydi.


O`quvchilar inshosini tahlil qilish


Nutq o`stirish metodikasida o`quvchilar inshosi uchun baho me`yori muhim masala hisoblanadi. Tabiiyki, bunda yuqorida bayon etilgan asosiy talablarga rioya qilinadi.
Insho matnini takomillashtirish, unda yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish ham o`quvchilar uchun o`ta zarur malakalardan biridir.
Ammo afsuski, ko`pchilik o`quvchilar o`zlari yozgan matn ustida deyarli ishlay olmaydilar. Ko`pincha ular ishning qoralama nusxasiga birorta ham tuzatish kiritmay, uni aynan oqqa ko`chiradilar. O`qituchilar esa matnni tekshirayotgan yo undagi barcha atolarni tuzatadilar yoki xatoli o`rinlar ostiga chizish, har xil belgilar qo`yish bilan cheklanadilar.
“Ijodiy yozma ish ustida ishlash usullari” bo`limidan o`quvchilarni quyidagi zarur bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirishni maqsadga muvofiq deb bilamiz:

  • “Ijodiy yozma ish” tushunchasi: rasm asosida hikoya, manzara tasviri, shaxs hayvon, narsa-buyum, voqea-hodisa tasviri.

  • Yozma ishga mavzu tanlash, ayni bir narsa, manzara, voqea, hodisalar asosida turlicha mavzu tanlash;

  • Berilgan mavzu, erkin mavzu;

  • Mavzuni yoritish uchun zarur material, o`quvchining bilimlari, kuzatishlari, taasurotlari, mushohadalari, qiyos va o`xshatishlari, xulosa va hukmlari.

  • Yozma ishning rejasi.

  • Mavzuni yoritishda mazmun izchilligi xat boshi tushunchasi.

  • Yozma ish matni ustida qayta ishlash, qoralama nusxada so`zlar ustida ishlash.

  • Matnning uslubi ustida ishlash.

  • Ishni oqqa ko`chirish.

  • Ishni tekshirilgach, xatolar ustida ishlash yo`llari.

O`quvchilar inshosini baholashda quyidagilar hisobga olinadi:

  1. Insho mavzusining yoritilishi. (Mazmun mavzuga mosmi, ya`ni yetarli yoritilganmi, haqiqatga mos keladimi?)

  2. Reja, kompozitsiya, izchillik. (Reja to`g`ri tuzilganmi, materialni bayon qilish tartibi rejaga mos keladimi, mazmunda takror yo`qmi.)

  3. Janri, uslubi.

  4. Insho hajmi.

  5. Leksika

  6. Sintaksis

  7. Imloviy va punktuatsion savodxonlik, xatolar xarakteri.

  8. Husnixat, tashqi tomondan shakllantirish (hoshiyaga, xatboshidan yozishga, sarlavhani to`g`ri joylashtirishg rioya qilish)

O`quvchilar inshosiga qo`yiladigan bunday talablar uni baholashda real yondashishga imkon beradi.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə