O`quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o`tkazish to`g`risida”



Yüklə 15,67 Kb.
tarix27.04.2023
ölçüsü15,67 Kb.
#107155
imtihon (2)


O`quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o`tkazish to`g`risida”


2023-yil 30-mart Xurromobod MFY
O`quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o`tkazish to`g`risida”



  1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 6-mart kungi “2022-2023-o`quv yilida umumiy o`rta ta`lim muassasalarida o`quvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va o`tkazish to`g`risida”gi 46-sonli buyruqlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

  2. Maktabda o‘quv mashg‘ulotlari 2022-yil 25-mayda tugallanishi belgilab qo‘yilsin.

  3. 9- va 11-sinf o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari 2023-yil 26-maydan 15-iyungacha amalga oshirilsin (“Jismoniy tarbiya” fani bundan mustasno).

  4. 2022-2023-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarining bosqichli nazorat imtihonlarini oʻtkazish bekor qilinsin.

  5. Maktabning 9-sinf o‘quvchilari uchun “Jismoniy tarbiya” fanidan yakuniy nazorat imtihonlari 2023-yil 1-6-may kunlari malakali tibbiyot xodimlarining nazorati ostida o‘tkazilsin.

  6. Yakuniy nazorat imtihonlarini o‘tkazish uchun imtihon komissiyasi 1-ilovaga muofiq tuzilsin.

  7. Maktab o‘quvchilarining davlat ta'lim standarti asosida egallashi lozim bo‘lgan malaka talablariga muvofiq bilimlarini sinovdan o‘tkazish uchun og‘zaki, yozma yoki test sinovlari shaklida davlat attestatsiyasi shaklida yakuni (bitirish) nazont imtihonlari 2-ilovaga muvofiq belgilangan fanlardan tashkil etilsin.

  8. Imtihon komissiyasiga:

  • yakuniy nazorat imtihonlarini shaffof, adolatli, xolis o‘tkazilishini nazoratga olish;

  • 9-11-sinflar o’rtasida tanlov fanlarini aniqlash va 11-sinflarda maktab tomonidan tanlanadigan fanni o‘quvchilar va ota-onalarni fikrlarini inobatga olib tanlash;

  • imtihon o‘tkazilish arafasida har xil pul yig’imlarini yig‘maslik bo‘yicha nazorat o‘rnatish;

  • imtihon natijalari yuzasidan maktabning pedagogik kengashida va kuzatuv kengashida axborot berib borish vazifalari yuklatilsin.

  1. O`IBDO`(S.Rahmonova )ga:

-9-sinf o‘quvchilari uchun “Jismoniy tarbiya” fanidan yakuniy nazorat imtihonlari 2023-yil 1-6-may kunlari o`tkazilishi munosabati bilan jismoniy tarbiya fani o`quv rejani bajarish maqsadida fizika fani bilan 3-apreldan 29-aprelgacha almashtirilsin, 1-maydan 25-may oyigacha fizika fani o`tkizilsin.

  • o‘quvchilarining yakuniy (bitirish) nazorat imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun sharoitlar yaratish;

  • o`quvchilarni tanlov fanlardan tanlagan fanlari bo`yicha imtihon o`tkazish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish;

  • yakuniy nazorat imtihonlarini o`tkazish sanasi va xonalarini belgilangan tartibda tuzib chiqish vazifalari yuklatilsin.

  1. Fan o`qituvchilariga:

  • o‘quvchilarining yakuniy (bitirish) nazorat imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun konsultatsiya jadvaliga muofiq o’quvchilarni tayyorlash;

  • imtihon natijalari yuzasidan holis adolatli baholash vazifalari yuklatilsin.

  1. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.


Maktab direktori: M.Yadgarov
Yüklə 15,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə