Қорин чурралари



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/54
tarix25.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#83107
növüРеферат
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
qorin devorining xirurgik anatomiyasi

Son  kanali.

  Mushak  va  tomir  lakunalari  normada  bo`sh,  oraliq  yo`q.  Son  kanalining  ichki 

teshigi bo‟lib – son halqasi, tashqi teshigi esa qiyshiq chuqurcha (sonning keng fassiyasidagi teshik, 

undan v.saphena magna o‟tadi) hisoblanadi. 

Son  kanali  uch  qirrali  shaklga  ega:  oldingi  devori  –  son  serbar  fassiyasining  o`roqsimon 

chekkasi va chov bog‟lami, orqa devorini – son fassiyasining chuqur varag‟i, tashqi devorini – son 

venasining medial devori va fassial qin tashkil qiladi. 

Son kanali sohasidagi tomirlarning anomal joylashuvi katta amaliy ahamiyatga ega. Ko‟pincha 

kanalning  lateral  devoridagi  son  venasini  operatsiya  paytida  tikib  qo'yish,  uni  yirtib  yuborish 

holatlari  kuzatiladi.  Undan  tashqari  10-25  %  holatlarda  a.obturatoria  a.hypogastrica  ning  tarmogi 

bo‟lib,  son  churrasi  bo'ynida  yopishgan  bo‟lishi  mumkin.  Son  churrasini  ajratishda,  ayniqsa  ular 

qisilgan  holatlarda  shu  arteriyani  shikastlash  mumkin.  Bunday  holatlarda  juda  katta  mikdorda  qon 

yukotilishi (“corona mortis” – “ajal toji”) mumkin. 

Son  churralari  joylashuviga  ko‟ra  tomir  –  lakunar,  jimbernat  –  bog‟lam,  va  mushak  – 

muskulyar turlarga ajratish mumkin. 

Son  churrasining  eng  ko‟p  uchraydigan,  ya‟ni  tipik  turi  tomir  –  lakunar  turi  hisoblanadi.  Son 

churralari  aksariyat  churra  hosil  bo‟lishiga  anatomik  moyillik  tugdiradigan  omillari  bo‟lgan 

ayollarda  kuzatiladi,  chunki  ulaning  chanog'i  katta  alohida  qiyalikka  ega,  son  halqasi  o‟lchamlari 

katta, oval teshik katta va uning yuqori shoxi kattalashgan bo‟lishi mumkun. 

Diagnostikasi.

  Son  churralari  Pupart  bog‟lamidan  pastroqda  son  oval  chuqurchasi  zonasida, 

qov  dumbokchasidan  pastda  lateral  joylashgan    kichikroq  shish  borligi  bilan  xarakterlanadi.  U 

chovda  og'riq  bo‟lishi  yoki  qabziyat  bilan  birga  kechadi.  Qorin  bo‟shlig‟iga  kiritib  bo‟lmaydigan 

churra ichida ko‟pincha charvi bo‟ladi. 

Churraning hamma tipik sipmtomlari – kuchanishda kattalashadigan va yotganda yo‟qoladigan 

bo‟rtma, yo'tal turtkisi bo‟lganda, Pupart bog‟lamining medial yarmidan pastdagi tipik joylashuvida 

diagnoz qo'yish oson. Juda semiz va tula xotinlarda churraning munosabatini aniqlash qiyin bo‟ladi. 

Bundan tashqari, son churralarining differensial diagnostikasini Urug‟ tizimchasi lipomasi, oval 

chuqurcha  limfadeniti,  son  venalarining  varikoz  kengayishi,  xavfli  usma  metastazi,  son  tomirlari 

anevrizmasi bilan o'tkazish kerak. 

Davolash.

  Son  churralari  faqatgina  operativ  usulda  davolanadi.  Operatsiyalarning  hamma 

usullarini ikki turga ajratish mumkin: 

I.  Chov kanali tomonidan o‟tkaziladigan operatsiyalar. 

II.  Son tomonidan bajariladigan operatsiyalar. 

Qorin bo‟shlig‟iga kiritib bo‟lmaydigan katta o‟lchamli son churralarida T-simon kesmalardan 

ham foydalaniladi. 


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə