Қорин чурралари



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/54
tarix25.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#83107
növüРеферат
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54
qorin devorining xirurgik anatomiyasi

Simptomlari.

 Bemorlar jismoniy harakat paytida va qisilish bo‟lganda bo‟rtma sohasida og'riq 

sezadilar,  yotishda  odatda  og'riq  bo‟lmaydi.  Churra  qisilib  qolganda  bemorning  ko‟ngli  aynib, 

qusadi. 


Meda  kasalliklari  –  gastrit,  bundan  tashqari  rak  kabi  kasalliklar  bilan  differentsial  diagnostika 

o‟tkaziladi.  Me‟da  kasalliklarida  og'riq  ovqat  yeyish  bilan  bog‟liq,  vaholanki  churralarda  og'riq 

jismoniy  harakat  qilganda  paydo  bo‟ladi.  Bemorlarda  epigastral  sohada  og'riq  bo‟lgan  hamma 

hollarda me‟da va 12 barmoqli ichakni maqsadli  rentgenologik tekshirish zarur. 



Davolash.

 Oq chiziq churralarini operativ davolashda quyidagi usullar qo'llaniladi: O‟rtacha va 

katta  hajmdagi  churralar  Sapejko  yoki  Meyo    usulida  operatsiya  qilinadilar.  Qorinning  old  devori 

churralari  oq  chizig‟ining  diastazi    bo'lsa  albatta  diastaz  bartaraf  qilinadi.  Ko‟pchilik  holatlarida 

Napalkov  va  Martinov  usulida  aponevrozning  plastika  qilganida  yaxshi  natijalar  beradi.Bu  usullar 

xozir  tarixiy  axamiyatga  ega.  Xozirgi  vaqtda  asosan  alloplastika  ya'ni  polipropilen  setka  Onlay 

usulida qo‟yiladi. 

Napalkov  usuli

  –  churra  xaltasi  ochilib,  aponevroz  qirralari  bir-biriga  tikiladi.  To‟g‟ri 

mushaklarning  medial  kirasidan  parallel  holda  ikkita  kesma  o‟tkaziladi.  Ularning  ichki  qin 

aponevroz qavatlari tikiladi. Bu choklarni qo'yishda birinchi qavat choklar kumiltiriladi. 

Xudi shu tarzda to‟g‟ri mushaklar aponevrotik qinining tashqi varag‟i tikiladi. 

Martыnov  usuli

  –  to‟g‟ri  mushaklar  diastazlari  quyidagicha  bartaraf  qilinadi:  to‟g‟ri 

mushaklardan  birining  medial  qirrasidan  kesma  qilinadi  (butun  diastaz  bo‟ylab).  Ana  shu  varaqlar 

mushaklar  olinmasdan  tikiladi.  Uning  ustidan  oldingi  devor  qinidan  hosil  qilingan  aponevroz 

varaqlari tikiladi. 


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə