Қорин чурралари



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/54
tarix25.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#83107
növüРеферат
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54
qorin devorining xirurgik anatomiyasi

Davolash. 

Operativ usulda va qonservativ davolanadi. 

Operatsiyaga  mutlak  qarshi  ko‟rsatmalar  –  tug‟ma  yurak  nuqsonlari,  bolaning  oy  kuni  ancha 

to‟lmasdan tugilishi va og'ir darajadagi  bosh miya shikasti. 

Diametri 5-7 sm li churralarda qorinning oldingi devori qavat-qavat qilib tikiladi. 

Diametri 7-9 sm li churralarda esa faqatgina teri tikiladi. 

Katta  o‟lchamli  churralar  qorin  ichki  bosimining  hayot  uchun  xavfli  darajada  oshib  ketishi 

sababli  operatsiyaga  nisbiy  qarshi  ko‟rsatma  hisoblanadi.  Bunday  hollarda  churraga  steril  bog‟lam 

quyiladi  va  qorin  devori  yopishkoq  plastir  tilishlari  bilan  tortib  qo‟yiladi.  Bunday  chaqaloqlarning 

talaygina qismi sepsis va peritonitdan nobud bo‟ladi. 

Agar bu kasalliklar oy kuni to'lib va qo'shilib keladigan og'ir rivojlanish nuqsonlarisiz tugilgan 

bo'lsa Gross bo‟yicha ikki bosqichli operatsiya qilish yoki nuqsonni alloplastik material bilan yopish 

mumkin. 

Chaqaloqlarda kindik churralari xayotining dastlabki oylarida rivojlanadi yoki keyinchalik hosil 

bo‟ladi. Bolalarda kindik churralari ular  yig'laganda, qattiq yo'talganda, fimozda doimiy kuchanish 

natijasida,  ariqlab  ketganda  rivojlanadi.  Bolalarda  kindik  churralari  odatda  katta  o‟lchamda 

bo‟lmaydi va oson tug'irlanadi. Qisilib qolish hollari kamdan kam hollarda uchraydi. 

Davolash asosan churraning turiga va bolaning yoshiga bog‟liq. Chaqaloqlar va yosh bolalarda 

qorin old devori mushaklarining yaxshi   rivojlanishi jarayonida odatda bola 3-5 yoshga, ba‟zan 5-6 

yoshga yetganda churraning uz-uzidan tuzalib ketishi kuzatiladi. Ba‟zan kechroq muddatlarda kindik 

halqasi uzicha yopilmaydi, operatsiya qilib davolash kerak bo‟ladi. 

Kengaygan kindik halqasi yopilishiga quyidagi tadbirlar yordam beradi: 

1)  Kindik sohasiga paxtaga o‟ralgan  yassi karton parchasini qo'yish. Uning chekkalari churra 

teshigining chekkalarini yopib turushi lozim. Bog‟lam bir oy qo‟yilib, so‟ng almashtiriladi. 

2)  Qorin  old  devorining  mustaxkamligini  rivojlantirishga  qaratilgan  massaj  va  gimnastika 

qilish. Davolash bolaning bir oyligidan boshlanadi. 

3) Qorin mushaklarini doimiy tarang qilib turadigan asosiy kasallikni davolash. 

4)  To‟g‟ri rejim, va onalar to‟g‟ri ovqatlanish. 

Konservativ  davo  yordam  bermasa  (odatda  2-3  yildan  so‟ng)  va  churra  qisilishi    holati 

kuzatilganda zudlik bilan operatsiya qilish zarur. 

Katta  odamlardagi  kindik  churralari  tashqi  qorin  churralarining  3-5  %  ini  tashkil  qiladi. 

Ko‟pincha  qorin  to‟g‟ri  mushaklari  diastazi  bilan  birga  keladi  va  ko‟p  tuqqan  yoki  juda  semirib 

ketgan ayollarda uchraydi. 

Kindik  churralarining  paydo  bo‟lishida  bir  tomondan  kindik  halqasining  anatomik  tuzilishiga 

va ikkinchi tomondan qorin bo‟shlig‟idagi bosimning oshishi, qorin old devorining chuzilishi sabab 

bo‟ladi.  Kindik  halqasidagi  fassiyaning  tug‟ma  rivojlanmay  qolishi  nasliy  kindik  churrasi  paydo 

bo‟lishida  katta  ahamiyatga  ega.  Boshqa  etiologik  omillardan  assit,  har  xil  o‟smalar,  qabziyat  va 

boshqalar. 

Kindik  churralarining  klinik  belgilari  churraning  hajmiga,  churra  darvozasining  kattaligiga, 

churra  qopchasidagi  bitishmali  holatning  rivojlanish  bosqichlariga  hamda  semizlikning  darajasiga 

bog‟liq. Churra kattalashib ketgan hollarda churra halqasi kichik bo'lsa churra chiqqan paytda og'riq 

bo‟ladi. 

Kindik  churralari  bilan  bemorlar  hozirgi  kunda  faqatgina  xirurgik  usulda  davolanadi.  Ayrim 

mualliflarning  ma‟lumotlariga  ko‟ra  kichik  churralarni  operatsiya  qilgandan  keyin  15  %  gacha 

retsidiv  bo'lsa,  katta  churralardan  keyin  esa  30  %  va  undan  ortik  retsidiv  holatlari  uchraydi.     

Churra teshigining o‟lchamlari har xil: juda tor teshikdan serbar teshikkacha va juda katta teshiklar 

ko‟ndalang yo‟nalishga ega. Churra qopchasi noto‟g‟ri shaklda to'siqlar va divertikullar hosil qiladi. 

Kindik  churralari  kichik  burmachalardan  tortib  katta  hajmli  o‟smalargacha  bo‟lishi 

mumkin.Kindik churralari ko‟pincha to‟g'irlanmaydigan bo‟ladi, koprostaz va qisilib qolish holatlari 

uchraydi. 




 

 

Churralar og'ir  yuk  ko'targanda,  shuningdek churra o'zicha  chiqqanda  og'riq beradi. Aksariyat 



kindik  churralari  terining  bichilishi  yoki  kiyim  kechak  tor  bo‟lib,  ishkalanishi  natijasida 

yallig‟lanishi mumkin. Shunday katta yallig‟lanishlar natijasida churra xaltachasi ichida bitishmalar 

hosil bo‟ladi va churra to‟g'rlanmaydigan bo‟lib qoladi. 

Kindik  churralari  operativ  usulda  davolanadi.Churra  ichidagi  a‟zolar  churra  qopchasi  bilan 

bitishmalardan ajratilgach qorin bo‟shlig‟iga kiritiladi. 

Churra  qopchasining  ichida  shishib  qalinlashgan  charvisi  bo‟lgan  to‟g'irlanmaydigan  kindik 

churralarida charvini rezeksiya qilish lozim. 

Bolalardagi kichik churralarda churra darvozalari plastikasi Lekser bo‟yicha o‟tkaziladi: teshik 

atrofii  aponevroziga  kiset  choki  quyiladi.  U  tortilgandan  keyin  halqa  berkitiladi,  so‟ngra 

aponevrozga ko‟ndalang yo‟nalishda tugunli ipak choklar quyiladi. 

Hozirgi kunda kindik churralarini xirurgik davolashda asosan autoplastik usular qo'llaniladi. 

Meyo  usuli  (1901)

.  Og'riqsizlantirish  umumiy.  Teri  churra  do‟mbog'i  ustidan  yoysimon  holda 

ko‟ndalang kesma qilinadi. Churra qopchasi asosida aponevroz atrof to‟qimadan ajratiladi, gemostaz 

qilinadi.  Churra  qopchasi  ochilib,  ichki  a‟zolar  qorin  bo‟shlig‟iga  yuboriladi.  Bordiyu  charvi 

bitishma  hosil  qilgan  bo'lsa,  bir  qism  charvi  bitishmalar  bilan  birga  rezeksiya  qilinadi.  Churra 

qopchasi kesib olinadi va churra halqasi ko‟ndalangiga kengaytiriladi. Aponevroz «П»simon choklar 

bilan dublikatura hosil qilib tikiladi. 

Meyo usuli bilan plastika qilish katta kindik churralarida qo'llaniladi. 



Sapejko  usuli  (1900)

.  Yoysimon  kesma  churra  dumbogi  ustidan  uzunasiga  qilinadi.  Bundan 

asosiy  maqsad  o'zgargan  terini  kindik  bilan  birga  olib  tashlashdir.  Churra  uncha  katta  bo'lmasa 

kindikni saqlab kolsa ham bo‟ladi. Churra qopchasi atrof to‟qimadan ajratiladi, aponevroz qirrasidan 

kesib  olinadi.  Churra  darvozasi  ichkariga  va  pastga  kesiladi.  yuqoriga  qilingan  kesma  chegarasi 

to‟g‟ri  mushaklar  diastazigacha  yetishi  kerak.  Qorinning  old  devori  plastikasi  «П»simon  choklar 

bilan dublikatura hosil qilinib, uzunasiga tikiladi. 

Sapejko  usuli  Meyo  usuliga  nisbatan  fiziologik  jihatdan  ancha  ustundir.  Bu  usulda  to‟g‟ri 

mushaklar diastazini bartaraf qilish qulaydir. Agar bemor juda semiz bo'lsa kosmetik jihatdan Meyo 

bo‟yicha kesma qilinib, Sapejko usulida plastika qilgan ma‟quldir. Juda katta kindik churralarida va 

retsidiv holatlarda sintetik va biologik plastik materiallar qo'llaniladi. 


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə