O’rmon huquqi faniga oid glossariy gar



Yüklə 16,98 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü16,98 Kb.
#139272
1   2   3
glossary

O’rmon zararkunandalari – o’rmon o’simliklariga zarar yetkazuvchi organizmlar.
O’rmon kasalliklari – atrof tabiiy muhitning salbiy noqulay omillari yoxud organizmlar ta’sirida kelib chiqqan, kasal o’simlikdan sog’lomga o’tuvchi hamda o’simliklar tarkibi o’zgarishi yoki ularning nobud bo’lishiga sabab bo’luvchi patologik jarayonlar.
O’rmon qo’riqchiligi – o’rmon xo’jaligi korxonalarida o’rmonlarni qo’riqlash va muhofaza qilishni ta’minlash maqsadida tuziladigan xizmat turi. O’rmon qo’riqchiligining mansabdor shaxslari ayni bir vaqtda davlat o’rmon xo’jaligi organlarining inspektorlari sanaladi. O’rmon qo’riqchiligi mansabdor shaxslarining asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat: yuridik va jismoniy shaxslarning o’rmondan foydalanishga haqli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish; o’rmonlarni muhofaza qilish, qo’riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko’paytirish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risida bayonnomalar tuzish, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni tegishli organlarga olib borish; qonunga xilof ravishda qo’lga kiritilgan o’rmon mahsulotini hamda uni qo’lga kiritish vositalarini olib qo’yish; huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish to’g’risidagi materiallarni tegishli organlarga yuborish; o’rmon to’g’risidagi qonun hujjatlarining talablarini buzish oqibatida yetkazilgan zararning o’rnini qoplash haqida sudga da’vo taqdim etish; yuridik va jismoniy shaxslarga o’rmon to’g’risidagi qonunbuzarliklarni bartaraf etish haqida ko’rsatma berish.
O’rmon tuzish – o’rmonlarni muhofaza qilish, qo’riqlashga, o’rmon xo’jaligi va o’rmondan foydalanish oqilona yuritilishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar tizimi. O’rmon tuzish o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: davlat o’rmon fondi uchastkalarining chegaralarini belgilash va davlat o’rmon fondining o’rmondan doimiy foydalanuvchilar foydalanishidagi hududining ichki xo’jaligini tashkil etish; topografiya-geodeziya ishlarini bajarish va o’rmonlarni maxsus xaritaga kiritish; davlat o’rmon fondini hisobga olish; o’rmonlarning yetilish yoshini belgilash, o’rmon xo’jaligini yuritish bilan bog’liq o’rmon daraxtlarini kesish rejasini, daraxtlarni kesish hajmini hamda o’rmondan foydalanishning boshqa turlari miqdorlarini aniqlash; o’rmonlarni muhofaza qilish, qo’riqlash, qayta tiklash va barpo etish borasidagi ishlar hajmini, shuningdek boshqa o’rmon xo’jaligi ishlari hajmini aniqlash; o’rmon tuzish loyihalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish. O’rmon tuzish loyihalari davlat ekspertizasidan o’tkaziladi hamda davlat o’rmon xo’jaligi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. O’rmon tuzish hamma o’rmonlarda yagona tizim bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi o’rmon xo’jaligi bosh boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda o’tkaziladi.

Yüklə 16,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə