Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Profesional etika beshta tamoyilga asoslanadi



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Profesional etika beshta tamoyilga asoslanadi: 
1.
Yaxlitlilik. Siz barcha sohaning ishchan munosabatlarida sodiqlik va to‘g‘rilik 
xususiyatiga ega bo‘lishingiz kerak 


20 
2.
Ob’yektivlik. Ish jarayonida boshqalarga kasbiy va xizmat yuzasidan 
ob’yektiv bo‘lish, hamkasblaringizning ishiga tahdidlar bo‘lishi kerak emas.
3.
Kasbiy kompetentlik va ish haqida qayg‘urish. 
4.
Konfedetsiallik, ya’ni o‘z kasbiy sohangizdagi ma’lumotlardan o‘z 
manfaatlaringiz uchun foydalanish tavsiya etilmaydi. 
5.
Kasbiy xulq-atvor. Har qanday sohada o‘z kasbingizga sodiq bo‘lish darkor. 
Etiketga keladigan bo‘lsak, odob qoidalari etiket qoidalaridan ustun hisoblangan. 
Zero, odob rasm-rusmlar – asosan tashqi ta’sirga emas, balki ichki jihatlarga – 
insoniylikni, xulq va axloqiylik uchun asos sifatida qaratilgan. Ya’ni etiket “muhimi 
qandayligi emas, balki boshqalar uchun qanday ko‘rinishda” shiori ostida o‘zini 
yo‘qotib qo‘ymaslik, aslzodalikning mavjudligini ko‘rsatishga intilish va shu bilan 
jamoatchilikda ijobiy taassurot qoldirish bilan bog‘liq bo‘lgan. Odob insonlararo 
munosabatlarni axloqiylashtirish hamda uni axloqiy anglash orqali takomillashadigan 
tashqi va ichki go‘zallik uyg‘unligi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda, “Odob – 
inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat 
hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy 
urf-odatlarga asoslangan chiroyli hatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi”. Bundan 
tashqari, odob insonlarni ranjitmaslik, Jan Pol Sartr aytganidek, erkin jamiyatda erkin 
bo‘lish, ya’ni boshqalarni erkini ta’minlashga, odamlarni axloqiylikka, ular orasida 
munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan. Ushbu atamalarning ilmiy asosiga murojaat 
qilsak, ularning mazmun-mohiyati yanada aniqroq namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda 
etiketbirinchidan, inson va jamiyat o‘rtasida munosabatlarning qaysi axloqiy 
mezonlarga asoslanishini belgilasa, ikkinchidan, siyosat va ijtimoiy voqelikni bir–biri 
bilan “murosayu – madora” qilishga chaqiruvchi tarbiya vositasi sifatida namoyon 
bo‘ladi. 
Garchi bu ikki soha insoniy munosabatlarini go‘zallashtirishga qaratilgan bo‘lsa-
da, ularning rivojlanishi individual xarakterga ega. Chunonchi, insonlararo 
munosabatlarda Sharq e’tiborni odob va axloqqa qaratib, uni pandnomalar orqali 
rivojlantirgan bo‘lsa, G‘arbda esa etiket qoidalari diplomat munosabatlardagi hatti-
harakatlarga asoslanadi. Bu borada 1716 yilda Hamburgda nashr etilgan Montesning 
“Yuqori tabaqali insonlar va ayollar bilan qanday mulozamat qilish hamda 
ayollarning bizga nisbatan o‘zini qanday tutishi haqidagi kitob” deb nomlangan kitob 
misol bo‘ladi. Unda turli tantanali qabullarning etiket bilan bog‘liq barcha 
murakkabliklari tasnif qilingan.
O‘rta asrlarga kelib etiket qoidalari cherkov talablari asosida belgilandi. 
Ruhoniylarning inson munosabatlarini boshqarishga bo‘lgan intilishi boshqa sohalar 
kabi etiket qoidalari asosida munosabatlar tizimida turg‘unlikni paydo qildi. Ammo 
yangi davrga kelib G‘arbda etiket rivojlana boshladi. Yuqori tabaqali kishilarning 
moliyaviy imkoniyatlarini yo‘naltirish, ularning jamoatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga 


21 
doir etiketning qoidalari takomillashdi. Yigitlarning uylanishi va qizlarnnig 
turmushga chiqishi yoki moddiy imkoniyatlari kam yigitning o‘z mavqeini tiklab 
olish uchun etiket juda katta ahamiyat kasb eta boshladi, hatto dasturxon atrofida 
o‘zini tutish etiketi siyosiy darajaga ham yetdi. Biroq bu kabi munosabatlarda 
me’yorning buzilishi G‘arb ziyolilarini g‘ashini keltira boshladi. Sharqda esa bu 
masalalarning barchasi axloqiy mezonlar asosida rivojlantirildi. 
Misol uchun musulmon Sharqida taom tanovul qilish paytiga kelib qolgan 
mehmon mezbonni rad yetishi, Alloh bergan rizqdan voz kechish, o‘zini Xudodan 
ustun deb hisoblash deb tushunilar edi. Ya’ni taom tanovul qilish ham ma’lum 
ma’noda o‘ziga xos ibodat hisoblandi. Chunki inson kim ekanligini, hayotning 
mayda-chuyda tashvishlarini, muhimi asosiy maqsad – o‘z-o‘zini anglashni unutib 
qo‘ymaslik, tanovul paytida unga rizq bergan Zotning yerdagi ajoyibotlari, borliq 
borasidagi mushohadaga chorlashi lozim edi. G‘arbda esa, taomga taklif qilingan 
mehmon taklifni qabul qilishdan avval bashang va yuksak did bilan kiyingan bo‘lishi 
shart edi. Agar mehmon taklifni qabul qilsayu, yuqoridagi qoidani unutsa, bu holat 
mezbonga nisbatan haqorat tarzida qabul qilinishi mumkin edi. Ya’ni, kiborli 
jamiyatga “arziydigan” inson bo‘lishdan “toyilish” shu jamiyatga qarshi borish bilan 
barobar bo‘lgan. 
Shuning uchun etiket qoidalarini buzuvchi mayda-chuyda jihatlar, arzimagan 
xatolar kechirilmas va kelajakka qattiq ta’sir qilar edi. Bu esa Evropaning yuksak 
darajadagi kiborli jamiyatida yashab kyetish oson emasligini va faqatgina a’lo 
insonlargina bu borada ijobiy natijalarga erishadilar, degan ma’noni anglatar edi. 
Bunday talablar keyinchalik bir qator olimlarni yillar davomida etiketga qarshi borish 
va uni deyarli yo‘qqa chiqarishga intilishiga sabab bo‘ladi. Zero, o‘rta asrlarda 
cherkov aqidalari paydo qilgan turg‘unlik bu paytga kelib sekin-asta o‘z ta’sirini 
yo‘qota boshlagan, ijtimoiy munosabatlar tizimida sharqning axloqiy qadriyatlariga 
asoslana boshlagan edi. Shuning uchun axloqiy tarbiya masalasini etiket qoidalaridan 
yuqori turishini nazariy jihatdan asoslashga harakat qilindi. Masalan, ruhiy tahlil 
falsafasi bu borada o‘ziga xos yondoShuvni vujudga keltirdi.
Bu borada Sigzmund Shhoma Froyd ta’limotiga ko‘ra, bolalik davrini boshidan 
o‘tkazgan inson o‘zi yashab turgan jamiyatning axloqiy hamda estetik mezonlari 
bilan hisoblashishga majburdir. Mayllarning o‘ziga xos kompensatsiyasi esa 
bolalikdan odamlarda xayol o‘yiniga berilishni kuchaytiradi, keyinchalik ular 
xayolotga, kuchli ishtiyoqqa aylanadi. Bu masalalarni Froyd «Shoir va xayolot» va 
«Ruhiy tahlilga kirish. Ma’ruzalar» degan asarlarida izohlab beradi. Uning nazdida 
xayolot manbai onglanmaganlikda mavjud, onglanmaganlik – inson ruhi quvvatining 
makoni. Inson bolalikdanoq tashqi olam cheklovlari hamda jamiyat ta’qiqlari bilan 
hisoblashishga majbur bo‘lar ekan, uning istaklari tufayli vujudga kelgan o‘zaro 
ziddiyatlardan qutulish yo‘li bu – xayolot va uning asosida vujudga keluvchi san’at. 


22 
Xayolotning paydo bo‘lishi nevroz va psixoz atalmish ruhiy kasallikka sharoit 
yaratadi, zero, u keyinchalik turli ruhiy kasalliklarga olib boruvchi onglanmaganlikni 
ongga kuchli ravishda yopirilishdan saqlaydi. Jamiyat inkor qiluvchi istak-
mayllarning Shahs «men»idan siqib chiqarilishi albatta, uning ruhiyatiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Bu esa inson ixtiyor erkinligi, uning tanlovini hurmat qilishga, erkinlikni 
vasf qilishga olib keldi hamda etiket avvalgidek nufuzdagi hayot-mamot darajasidagi 
amal emas, balki jamiyatda Shunchaki xulq-atvorni to‘g‘ri yo‘lga solishga intiladigan 
soha darajasiga tushdi. 
Etiketning mohiyatini tushuntirar ekan, faylasuf Abdulla Sher “Etiket – 
takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida 
ijobiy, kishining ko‘zini quvontiradigan muomala hodisasi. Lekin ayni paytda, u asl 
axloqiy asosini yo‘qotgan majburiy mulozamat tarzida ham namoyon bo‘ladi: etiket 
qoidalarini bajarayotgan kishi aslida o‘z xohish-ixtiyoriga qarshi ish ko‘rayotgan 
bo‘lishi ham mumkin”, - degan fikrni bildiradi. 
Axloq-odob qoidalar majmuiga, pandnomalarga ega bo‘lgan Sharq kishisida 
“bizga etiketni o‘rganishning nima zaruriyati bor”, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu 
borada etiketni fan sifatida o‘rganish, qolaversa, ijtimoiy-maishiy turmush tarzi 
sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan metodologik, axloqiy, iqtisodiy asoslar mavjud. 
Shuningdek, etiketning muhim ahamiyati shundaki, diplomatik, biznesmen, rasmiy 
qabullar va tashriflar kabi zamonaviy etiketlardan tashqari, milliy etiket ko‘rinishlari 
ham mavjud. Ular milliy qadriyatlarni saqlab qolish, ularga nisbatan hurmat va 
ehtirom bilan munosabatda bo‘lishga chorlaydi. Bu o‘ziga xos axloqiy- estetik 
xususiyat kasb etadi. Ya’ni, unda odob bilan go‘zallikning uyg‘unligini ko‘rishimiz 
mumkin, qat’iy odob qonun-qoidalari chiroyli hatti-harakatlar vositasida amalga 
oshiriladi.
Avvalo, etiket mumtoz etika fanining axloqiy madaniyat ruknidagi sohasi 
sifatida o‘tib kelinadi. Ammo axloqiy tafakkur rivoji axloqiy muammolarning 
zamonaviy masalarini tadqiq qilishi natijasida kengaya boshladi. Bu holat natijasida 
etiketni etika fanining alohida qismi sifatida tadqiq etishni taqozo qilmoqda. 
Qolaversa, o‘tgan asrning oxiriga kelib dunyo ijtimoiy-ma’naviy manzarasining 
o‘zgarishi va axloqiy qadriyatlarga munosabatdagi “zamonaviylik” ba’zi axloqiy 
qadriyatlarni noto‘g‘ri tushunilishi yoki ularga mensimaslik bilan munosabatda 
bo‘lish kabi salbiy holatlarni vujudga keltirmoqda. Ayniqsa, insonlararo muomala va 
muloqotdagi qo‘pollikni – to‘g‘rilik, kibr va riyoni – qadr-qimmat, odobsizlikni – 
erkinlik, nomardlik, hiyla va haromni – uddaburonlik, kattalarga nisbatan 
hurmatsizlikni – mustaqil fikrga egalik, madaniyatsizlikni – dangallik deya qabul 
qilish achinarli holdir. Bundan tashqari, yuqoridagi salbiy holatlar har tomonlama 
barkamol avlodni shakllantirish, iqtisodiy jihatdan barqarorlikka ega bo‘lish, axloqiy 
munosabatlarni tartibga solish, o‘z sohasining ustasi sifatida jahon mutaxassislari 


23 
bilan bemalol raqobatlasha oladigan kadr bo‘lib yetishish yo‘lida olib boriladigan 
ishlarga ham monelik qiladi. 
Shuni ta’kidlash zarurki, axloqiy tafakkur etiketni o‘z-o‘zicha axloqiy 
anglashning muhim xususiyatlariga hamda axloqiy tamoyillar, me’yorlar, 
tushunchalarsiz qabul qilib uni ijtimoiy hayotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash bilan 
kutilgan natijani bermaydi. Chunki hozirgi zamon etiket mezonlari, qoidalari va 
talablari barcha ijtimoiy hayot sohalarni qamrab olmoqda. Bugungi etiket inson 
axloqiy munosabatlarini himoyalaydi. Biroq etiketning axloqiy talabi hisoblangan 
nazokat, takalluf, iltifotda samimiylik, ya’ni botiniy axloqning bo‘lmasligi yoki 
sustligi amalga oshirilgan harakatlarni oqlamaydi. Shu ma’noda, bu yo‘lda yuksak 
axloqiy bilim va dunyoqarashga ega bo‘lmay turib, kutilgan natijaga erishish qiyin. 
Zero, ulug‘lar aytganidek, “Vaqtiki ma’lum bo‘ldi, har kishiga ul ilmni bilmak 
vojibdurkim, qilur amalida ul ilmga hojatmand bo‘lg‘ay. Bas, bilgilki, omi(lar) 
hamisha xatardadurlarkim, agar bir amalni qilmoqni xohish qilsalar, ul amal ilmini 
bilmagay...” 
Etiketning qoidalari – odobga, odob – xushxulqqa, xushhulq - axloqiylikka olib 
boradi. Binobarin, axloq – jamiyat, zamon, ba’zan umumbashariy ahamiyatga ega, 
insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy hatti-harakatlar yig‘indisi, 
insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa sifatida nafaqat shahsni, balki 
butun bir jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois etiketni 
bugungi kunga kelib texnika asri kishisining zamon talablariga javob beradigan 
madaniy maishiy turmush tarzini go‘zallashtirishga, o‘zaro munosabatlar tizimini 
madaniylashtirishga xizmat qiluvchi fanning yangi tarmog‘i deyish mumkin.

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə