Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
DASTRO‘MOL
– ham aksessuar hisoblanadi. Dastro‘molni dazmollangan 
holda shim cho‘ntagi yoki sumkada saqlash kerak. Aksirgandan so‘ng uni qoqib 
o‘tirish nojoiz, darrov olib qo‘ying. Erkakni kostyumini yoki ayolni nafis bezaydigan 
dastro‘mol – boshqa narsa. Erkaklarnikidan kichikroq bo‘lgan bu dastro‘mol 
jamoatda ko‘z-ko‘z bo‘lishga arziydi. Erkaklarning oq rangdagi dastro‘moli ustki 
kiyimning cho‘ntagida bir-ikki santimetr, yoki uchburchak shaklida chiqarib 
qo‘yiladi. Har bir kishida ikkitadan dastro‘mol yurishi shart. 
 
ETIKET
- «Etiket» (odob-axdoqqoidalari) so‘zi fransuzcha so‘zidan olingan 
bo‘lib, u yoki bu jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor shakli, ehtirom ko‘rsatish, va 
o‘zini tuta bilish qoidalarining majmuasini bildiradi. Hamda takallufning mayda-
chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ko‘zini 
quvontiradigan muomala hodisasi sifatida jamiyatdagi ma’lum bir mavqega 
muvvaffaqiyatli erishishning garovi tarzda ish ko‘radi. Zero, kishilarning o‘zaro 
munosabati agar u ijobiy tus olsa, har qanday hoh u jamiyat yoki shaxs ravnaqi uchun 
bo‘lsin muvaffaqiyatli kechadi. Insonning ichki dunyosi, shaxsi, aqli va his – 
tuyg‘ulari uning tashqi qiyofasi – ko‘zlari, chehrasi, shuningdek qaddi – qomati va 
yurish – turishida to‘la aks etadi. Insonnning ichki dunyosi qanchalik mukammal 
bo‘lsa, yurish – turishi ham Shunchalik madaniyatli bo‘ladi. 
 
ETIKET BO‘YICHA MUOMALA QILISHNI BILISH
- avvalambor 
suhbatni olib bora olish qobiliyatidir. Bu yerda ham umumqabul qilingan qoidalar 
mavjud. Suhbatdoshingizni gapini bo‘lmasdan uni eshitishni o‘rganing. Zero, 
suhbatdoshingizni hamdardlik, layoqatlilik, yaxshi niyatliligingizni ko‘rsatib, diqqat 
va sabr-toqat bilan eshita olishning o‘zi - bu iste’dod. Lekin bu iste’dod tug‘ma emas 
– har bir inson uni o‘zida hamda farzandlarida mujassam etib, tarbiya toptirishi 
mumkin. Suhbatdoshingizni tinglayotib iloji boricha uning ko‘ziga qarashga harakat 
qiling. Suhbatdoshingizning gaplariga tasdiq sifatida yo boshingizni silkitib yoxud 
so‘zlar bilan suhbatga bo‘lgan jonli qiziqishni ko‘rsatishga harakat qiling. 


225 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə