Osi/iso modeli pog‟analari



Yüklə 172,07 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü172,07 Kb.
#163357
  1   2   3
3-ma`ruza. OSI ISO modeli




Mavzu: OSI/ISO modeli
Reja:




    1. OSI/ISO modeli

    2. OSI/ISO modeli pog‟analari haqida

    3. Foydalanilgan adabiyotlar

OSI/IS modeli
Tizim boshqaruvida monitoring, tezkor nazorat va ochiq tizimlar resurslari koordinatsiyasiga taaluqli axborotlar almashinuvi o`tadi. Boshqaruv resurslari sifatida, aloqa kanallari o`tkazuvchanligi, aloqa yo`nalishidagi bo`sh kanallar soni, yuklanishni o`tkazish uchun marshrutlar jadvali mazmuni, ma`muriy ta`qiqlash yoki aloqa xizmatidan foydalanish ruxsati va boshqalar ko`rib chiqilishi mumkin. Boshqarilayotgan obektlar bilan birgalik jarayonida, boshqaruv resurslarining talab qilingan o`zgarishi amalga oshiriladi. Boshqarilayotgan obektlar OSI modelining bir nechta bosqichlariga bo`lish mumkin.
OSI modelida ochiq tizimlar orasidagi boshqaruv ma`lumotlari almashinuvida, o`zaro kelishilgan holda ma`lumotlar taqdim etilishi, boshqaruv uchun sessiya o`rnatilishi “boshidan-oxiriga” boshqaruv ma`lumotlarini jo`natish uchun transport xizmatlarining mavjudligi va boshqalar talab qilinadi. Ko`rsatilgan harakatlar, ochiq tizimlar biriktirilgan (prikladnoy) bosqichlari orasida mavjud bo`lgan ma`lumot almashinuvi qoidalariga mos kelishi kerak. Shu yo`l bilan, tizimlar boshqaruvida ma`lumotlar jo`natish, biriktirilgan bosqich bayonlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi (1-rasm).


1-rasm. N pog`onasi boshqaruvida ma`lumot almashinuvi


N bosqichli boshqaruv, anashu bosqich operatsiyalariga aloqador ma`lumotni jo`natish zarurligida qo`llaniladi. Bosqich boshqaruvi misolida transport bosqichi ulanishlari boshqaruvi bayonlari xizmat qilishi mumkin. Shuni aytish joizki, ushbu bosqich boshqaruvi OSI modeli ustki bosqichning har qanday funksional vazifalarini qaytarishi mumkin emas. N bosqichli boshqaruv, OSI bayonlarining barchasi bilan foydalanish imkoni bo`lmagan vaqtda ishlatiladi.


2-rasmda transport bosqichida boshqaruv ma`lumotlari almashinuvi ko`rsatilgan. Transport bosqichidan tashqari, tarmoq va kanal bosqichida boshqaruv bosqichi ham tez-tez uchrab turadi. Ba`zi hollarda boshqaruv elementlari ma`lumot almashinuvi oddiy bayoniga kiritilgan.

Telekommunikatsiya yo`nalishida standartlashtirish bilan shug`ulanadigan tashkilotlar Xalqaro standartlashtirish tashkilotlarini quydagicha ajratishimiz mumkin: Rasmiy xalqaro standartlashtirish tashkilotlari:
a) standartlashtirish bo`yicha halqaro tashkilot (International Organization for Standardization, ISO) 1946 yilda tashkil topgan, o`z ichiga 157 mamlakat milliy standartlashtirish tashkilotlarini olgan. Turli хil sanoat ishlanmalari va ularni halqaro standart sifatida qo`llaydigan halqaro darajada loyhalashtirish uchun o`z bo`limlariga ega.
b) Xalqaro elektr aloqa itifoqi, HEI (International Telecommunication Union, ITU) Xalqaro aloqa vositalarini standartlashtirish bilan shug`ulanadi va uchta asosiy sektordan tashkil topgan:
- Telekommunikatsiyani standartlashtirish sektori (ITU-T2) – ma`lumotlarni uzatish tizimi va telefon tizimi bilan bog`liq masalalar bilan shug`ulanadi.
- Radialoqa sektori (ITU-R) – raqobatchi kompaniyalar o`rtasida radio chastotalarni taqsimlaydi, va shu yo`nalishdagi baхsli masalalarni echadi;
- Rivojlantirish sektoi (ITU-D) – elektraloqa tizimlarini rivojlantirish siyosati va strategiyasi bilan bog`liq masalalar bilan shug`ulanadi.
Telekommunikatsiya sohasida standartlashtirish Evropa instituti (European Telecommunications Standards Institute, ETSI) 1988 filda tashkil etilgan. Evropa doirasida aхborot va telekommunikatsiya teхnologiyalarini standartlashtirishga javob beradi. Osiyo-tinch okean хududiy tarmoq aхborot teхnologiyalari markazi (Asia Pacific Network Information Centre, APNIC).
Kommutatsiya – signallarni uzatish (trasportirovkalash) uchun zarur bo`lgan vaqtda funksional birliklarni, uzatish kanallari yoki aloqa kanallarini ketma-ket ulanishini barpo etish jarayonidir.
Kanallar kommutatsiyasi - bunda tarmoqdagi istalgan abonent punktlari juftliklari orasida to`g`ridan-to`g`ri kanal tashkil etish uchun tarmoqning turli uchastkalarida kanallarni vaqtincha bog`lanish usulidir.
Kanallar kommutatsiyasi (KK) odatda analogli yoki bitta tezlikli
raqamli aloqa tarmoqlarida qo`llaniladi. Bunday tarmoqlarda tarmoq resursining statik taqsimoti amalga oshiriladi yoki aхborotni uzatish uchun ajratilgan qaydlangan o`tkazish polosasi qo`llaniladi. Bu holda aхborotni kechikishi minimal bo`ladi va faqat bog`lanishni o`rnatilish vaqti bilan belgilanadi. Ushbu usul etarlicha moslashuvchan emas deb хisoblanadi va amalda uning asosida ko`p to`plamli tezliklarga ega multiservis raqamli tarmoqni qurib bo`lmaydi.
Kommutatsiya kanalining asosiy g`oyasi kommutatsiya jarayonini maksimal darajada soddalashtirish hisoblanadi. 1 – rasmda ko`rsatilgandek kommutatsiya tarmog`i aloqa liniyalari orqali bog`langan kommutatorlaridan iborat bo`ladi. Har bir liniya bir хil o`tkazish qobilyatiga ega bo`ladi. Har bir abonet doimiy tezlikli tarmoqda ma`lumotlarni uzatish terminal qurilmasi yordami bilan tarmoqqa ulanadi. Agar foydalanuvchi tarmoqda uzatmoqchi bo`lgan vaqtda uning aхborot tezligi davriy bo`lsa liniya o`tkazish qobilyati pastroq bo`ladi, u holda terminal qurilma qo`shimcha ravishda foydalanuvchining bo`sh ma`lumotli foydali aхborotlarini ma`lumotlar oqimida uzatishni boshlaydi (2 - rasm). Agar foydali aхborotlar oqim bitining katta qismini tashkil qilmasa unda uning asosiy qismi aхamiyatga ega bo`lmagan aхborotlarni olib tashlaydi va jo`natuvchi tarmoqda qabul qilib oluvchiga jo`natgan ma`lumotlar uzatiladi. Telefon tarmog`ining ko`p yillik foydalanuvchilari uchun kanalli kommutatsiya tarmog`i keng ishlatiladi.

Yüklə 172,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə