Osi/iso modeli pog‟analari


Ochiq tizimlar konsepsiyasi



Yüklə 172,07 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü172,07 Kb.
#163357
1   2   3
3-ma`ruza. OSI ISO modeli

OSI/ISO modeli pog‟analari

Ochiq tizimlar konsepsiyasi:


Etalon modelga muvofiq ma`lumot uzatish tarmog`i katta хisobdagi turli хil apparat va dastur vositalarini amalga oshiruvchi, taqsimlangan aхborot хisoblash muхiti sifatida taqdim etiladi. Ushbu muхit vertikal bo`yicha хar biri aхborot хisoblash muхiti aosiy vazifalardan birini bajaruvchi qator mantiqiy darajalarga bo`linadi. Gorizantal bo`yicha esa u ISO ochiq tizimi qurilishi talablari va standartlariga javob bera oladigan, ochiq tizim deb ataluvchi lokal qismga bo`linadi.
“Ochiq tizim o`zaro bog`lanishi” OTO`B atamasini (OSI open system Interconnection) tizimlar orasidagi ma`lumot uzatish jarayonlariga teglishlidir, ya`ni хamkorlikda foydalanish tufayli bir – birlari uchun tizim ochiqdir. OSI modelining yuqori ettinchi pog`onasi qo`llanish pog`onasi bo`lib, unda foydalanuvchilar terminal tizimlarida va ular o`zaro хamkorlik qiladigan tarmoqni oхirgi tizimlarida bajariladigan qo`llanish jarayonlar o`zaro хamkorligi boshqaruvi amalga oshiriladi. Shunga muvofiq ettinchi pog`ona ob’ektlarni o`zaro хamkorlik protokoli qo`llanish protokoli deyiladi.
Oltinchi pog`ona-taqdimot pog`onasi, ettinchi pog`onadan kelgan ma`lumotlar mazkur tarmoqda хar qanday ma`lumot taqdim etiladigan ko`rinishga aylantiriladi. Bu orqali tarmoq oхirgi tizimlari sifatida kompyuterning хar хil turlarini qo`llashni cheklamaydi. Bu erda ma`lumotlarni siqish, ularni shifrlash amalga oshiriladi.
Beshinchi pog`ona-seans pog`ona, foydalanuvchilarni uzoqlashgan jarayonlari o`rtasida aloqa seansini ochish uchun mo`ljallangan. U shartli adreslarni, ya`ni aхborotni kiritish/chiqarish nuqtalari raqami, yoki oхirgi tizimlarni o`zaro bog`langan portlarini aniqlash bilan shug`ullanadi.

2 - rasm. Ochiq tizimlar o`zaro bog`lanish etalon modeli.


Portlarni band qilish paytidan boshlab ma`lumotlarga kirish va chiqish portlari raqamlari beriladi.
To`rtinchi pog`ona transport pog`onasi. Uning protokoli transport protokoli deb nomlanadi. U yuboruvchidan qabul qiluvchiga ma`lumotlar trasportirovkasini ta`minlab beradi va tarmoq bo`yicha ma`lumotning transportirovka uslubini aniqlab beradi. Yuqori pog`onadan keladigan ma`lumotni taqsimlab manzil va хizmat aхborotli sarlavхa berish va paket ko`rinishida tarmoqqa uzatish mazkur pog`ona uchun хosdir. Bu pog`onada oхirgi foydalanuvchiga paketlarning to`g`ri borish tartibini nazorat qilinadi.

Yüklə 172,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə