Mis.
Mis ham temir kabi nafas olishda va fotosintezda elektron transporti zanjirida
qatnashadi. Masalan; Fotosintez elektron transport zanjirida mis tutuvchi ko’k rangli
oqsil
plastotsianin
tarkibiga kiradi. Misnni ko’p qismi(barg tarkibidagi misni 75%)
xloroplastlarda bo’ladi va shuning bilan birga fenollarga elektron biriktirishda yoki
askorbin kislotani kaytarishda ishtirok etuvchi difenoloksidaza va askorbinatoksidaza
fermentlari tarkibiga ham kiradi. Bu fermentlarda mis oqsil bilan sulfigidril gruppa
orqali birikkan bo’lishi mumkin. Bu jarayonlardan tashqari mis nitratreduktaza va
proteaza fermentlarini faollashtiradi demak, oqsil va azot almashinuvida ham ishtirok
etar ekan. Misni kuchli defitsidligida muddatidan ilgari barglari to’kilib ketadi,
o’sishi tormozlanadi va bor, rux margeneslar o’z funksiyasini bajarmaydi.
Dostları ilə paylaş: |