nitritga qaytarilishdagi nitratreduktaza va azotfiksatsiya qiluvchi mikroorganizmlarda
gaz holidagi azotni ammoniyga aylantirish uchun javobgar bo’lgan nitrogenazalar
tarkibiga kiradi.
Yuqori o’simliklar nitratreduktazasi - bu flavoproteid, molekulyar masCasi 2OO-
3OO kD atrofida bo’lib, tarkibida gem va molibden tutadi. Hozirgi davrda
nitratreduktaza yuqori o’simliklarni tarkibiga kiruvchi birdan-bir ferment hisoblanadi.
Muhit tarkibiga nitratlar va molibden qo’shilgandan keyin O,5-3 soatda
nitratreduktaza fetmenti hosil bo’ladi.
Nitratreduktaza fermentini faolligi o’simlikni nitrat bilan oziqlantirilganda, ammiak
bilan oziqlantirgandagiga nisbatan 10 barobar faolligi ortadi. Molibden trikarbon
kislotalar siklidagi suksinatdegidrogenaza fermentini faollashtiradi.
Molibden yetishmasligini birinchi belgilari eskirgan barglarni xlorozga uchirashi.
Bu element yetishmasligi natijasida azot almashinuvi buziladi: oqsil sintezi
kamayadi, shuning bilan bir vaqtda aminokislotalar va ularning amidlarini miqdori
pasayib ketadi. Molibdensiz o’simlik tarkibida askorbin kislota miqdori keskin tushib
ketadi. Bu ME ni yetishmasligidan fosfor almashinuvi buziladi.
Bor.
Bu mikroelemetlar hujayralarni cho’zilishida, nuklein kislotalar sintezida,
hujayralarni garmonlar ta’siriga reaksiyasi, membranalarni normal funksiyasi uchun
zarurligi, bironta fermentlar tarkibiga kirmaydi, lekin, fermentativ reaksiyalar
tezligiga ta’sir qiladi, fermntlar o’zi faollashmasdan yoki inaktivatsiya bo’lmasdan,
ularni substratiga ta’sir qiladi. Borni muhim xususiyatlaridan biri oddiy qandlar,
polisaxaridlar, spirtlar, fenollar va boshqa moddalar bilan komplek birikmalar hosil
qiladi. Borni saxaroza bilan qilgan birikmasi, uni osonlik bilan membranadan o’tib,
floemada tez harakat qilishiga yordam beradi. Atmosferadagi CO
2
nishonlab
o’takazgan tajribalar shu narsani ko’rsatdiki, bor bilan oziqlantirilganda fotosintezda
hosil bo’lgan maxsulotlar, o’simlikni boshqa organlariga tezroq oqib o’tadi. Ehtimol
bu holat bor ishtirokida o’simlikni tez gullashiga sabab bo’lsa kerak.
Bor glyukoza-1-fosfatni kraxmalga aylanishini tormozlab qo’yadi, shuning uchun
o’simlikda bor yetishmasligidan barglarda kraxmal va qandlar ko’p to’plpnib qoladi,
ularni poyasida, ildizida va mevasida aksincha uglevodlar oz bo’ladi. Bor oksidlanish
jarayonlarini faollashtiradi, oqsillar, ATF sintezi, ildizlar orqali kalsiyni yutishi,
toksik fenollar hosil bo’lishini katalizlovchi ayrim fermentlarni ingibitori bo’ishi ham
mumkin.
Bor yetishmasligidan nuklein kislotalar sintezi izidan chiqadi. Bu element boshqa
to’qmalarni meristemasini shakillanishida zarur bo’ladi, bor elementisiz organik
kilotalarni aminlanishi tormozlanadi.
Dostları ilə paylaş: