Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy fanlar va texnika fakultet iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 123,01 Kb.
səhifə10/19
tarix04.07.2023
ölçüsü123,01 Kb.
#119267
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Adizov R (2)

Boshqarish funktsiyalari - koʻp qirrali tushuncha. Shu sababli ularni muhim belgilar boʻyicha turkumlarga ajratib oʻrganish zaruriyati tugʻiladi (6-chizma).
Boshqaruv funktsiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini oʻrganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida taʻkidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funktsiyalarida namoyon boʻladi. G’arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funktsiyalarini tasniflashda, eng avvalo, uning quyidagi asosiy (umumiy) funktsiyalariga ustuvorlik beradi:
rejalashtirish;
tashkil qilish;
tartibga solish va muvofiqlashtirish;
nazorat; ragʻbatlantirish (motivlashtirish). Bu funktsiyalar boshqaruvning barcha boʻgʻinlarida va hamma bosqichlarida quyidagi izchillikda amalga oshiriladi
Demak, boshqarish rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni ragʻbatlantirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu yerda muvofiqlashtirish barcha funktsiyalar jarayonida oʻz aksini topadi. Bu funktsiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos boʻlgan umumiy xususiyatlarga ega boʻlib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud boʻladi. Ularni, shuningdek, boshqaruvning hamma tomonlarini qamragan funktsiyalar deyish ham mumkin, chunki ular boshqaruv tizimini ham boʻyiga (vertikal), ham eniga (gorizontal) qamrab oladi.Boshqarish funktsiyasini tasniflashning ikkinchi yondoshuvida boshqarish ishini aniq ijrochilar boʻyicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi. Bunda bir butun aniq funktsiyalar tizimi ajratiladi. Masalan, zamonaviy G’arb firmalarida ishlab chiqarishga oid 20-25 tadan kam boʻlmagan funktsiyalar ajratiladi. Bular quyidagilardir:
asosiy ishlab chiqarishni boshqarish;
qoʻshimcha ishlab chiqarishni boshqarish;
ishlab chiqarishga xizmat qiluvchu ishlab chiqarishni boshqarish;
marketingni boshqarish;
moliyaviy boshqarish;
sifatni boshqarish;
mehnatni boshqarish;
xodimlarni boshqarish;
innovatsiyani boshqarish va hokazo.
Bunday holda ishlab chiqarishni boshqarish faoliyatining ayrim turlari va sohalari alohida ajralib turadi. Boshqarishning yuqorida sanab oʻtilgan asosiy funktsiyalari ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida muhim oʻrin tutishi zarur boʻlganligi tufayli ularni mufassal koʻpib chiqamiz (1-jadval).
Boshqarish faoliyatining turlariga koʻra, funktsiyalar quyidagicha boʻladi: *Boshqarishning iqtisodiy fynktsiyalari, yaʻni:  mablagʻlarning doiraviy aylanishini amalga oshirish;
mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish; marketing xizmatini uyushtirish; foyda olishni ta’minlash va h.k.
*boshqarishning sotsial funktsiyalari, yaʻni:
mehnat sharoitini yaxshilash;
xodimlarning uy-joyga boʻlgan ehtiyojini, sotsial madaniy-maʻnaviy ehtiyojlarini qondirish,
moddiy ragʻbatlantirishni taʻminlash; ijtimoiy himoyani taʻminlash va h.k.
*boshqarishninr maʻnaviy-maʻrifiy funktsiyalari, yaʻni:
xodimlarni insoniylik, yaxshulik, mehr-shafqatli va oʻzaro munosabatlarda sabr-toqatli boʻlish ryhida tarbuyalash;
xodimlarni vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbuyalash, adolat tuygʻusini, bulum va maʻrifatga intulishni tarbuyalashga xuzmat qulish va h.k.
*boshqarishning tashkiliy funktsiyalari, yaʻni:  ishlab chiqarishni tashkil qilish;
 oʻzaro aloqalarni oʻrnatish va muvofiqlashtirish;
barcha boʻgʻin va boʻlimlar oʻrtasida vazifalar taqsimoti, vakolat va boshqarish apparati xodimlari oʻrtasida masʻuluyatlarni belgilash;
boshqarishning aniq uslubini tanlash va qaror qabul qulishda ish tartibi izchilligi, axborotlar oqimini tashkil qilish va h.k.
Qayd qilingan funktsiyalar bir-biri bilan bogʻliq va maʻlum darajada tartibga solingan koʻp unsurlardan, tarkibiy qismlardan iborat boʻlib, ular yaxlitlikka ega. Shuning uchun ham boshqarish jarayonida ularning birortasi ham eʻtibordan chetda qolmasligi kerak.
Boshqarishninr funktsiyalaridan yana biri - bu tarmoqli boshqarish bilan hududiy boshqarishning mutanosibligini taʻminlash. Har bir korxona qandaydir bir tarmoqqa (sektor tarkibiga) kiradi. Ayni vaqtda, u bir tuman hududida joylashganligi jihatidan mahalliy ishlab chiqarish hududiy majmuiga kiradi. Boshqarish jarayonida bu funktsiya ham hududiy, ham tarmoq manfaatini koʻzda tutishi lozim. Tarmoqqa doir boʻlgan boshqaruv funktsiyalari zarur. Buningsiz tarmoq “yoʻqoladi”, yagona texnik va texnologiya siyosatini amalga oshirish va butun tarmoqqa taalluqli boshqa masalalarni hal etish qiyin boʻladi.Biroq ayni vaqtda, boshqarishning hududiy funktsiyaari ham zarur. Bu funktsiya muayyan tuman, viloyat hududida joylashgan turli tarmoqlar
(sektorlar)ga qarashli korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ratsional aloqalarni oʻrnatilishini taʻminlaydi. Hududiy funktsiyalar idorachilik gʻovlarini yoʻqotish, noratsional tashuvlarni kamaytirish va pirovard oqibatda samaradorlik darajasini oshirish imkoniyatini beradi.Qayd qilingan funktsiyalardan tashqari boshqarishning oʻziga xos aniq funktsiyalari ham bor.
Boshqarishning oʻziga xos aniq funktsiyalari deganda, muayyan boshqaruv organiga va uning boshqaruvchisiga aniq biriktirilgan ishlar, masʻuliyat, maqsad va unga erishish vositalari majmui tushuniladi. Tegishli funktsiyalarning toʻla-toʻkis va sifatli bajarilishiga ishlab chiqarishning umumiy rahbarlari - direktor (rais), uning oʻrinbosarlari, boʻgʻin va boʻlimlar boshliqlari, brigadirlar, shuningdek, xizmat koʻrsatish boʻlimlari rahbarlari - kadrlar boʻlimi boshligʻi, rejaiqtisod boʻlimi boshligʻi va boshqalar masʻuldirlar. Quyida (2-jadval) korxona (firma, jamoa xoʻjaligi)ni boshqarishning oʻziga xos aniq funktsiyalari va ularning asosiy mazmunini keltiramiz.

Yüklə 123,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə