15-mavzu. Boshqaruv funktsiyalari va tuzilmasi



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə1/8
tarix11.12.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#144761
  1   2   3   4   5   6   7   8
15-mavzu

Mavzu.Boshqaruv funktsiyalari va tuzilmasi

Rejalar:

  • Boshqaruv funktsiyalari va tuzilmasi. Tashkiliy tuzilmaning shakllanish jarayoni. Boshqaruv bo’g’ini, boshqaruv pog’onasi. Chiziqli bo‘g’inlar. Funktsional bo‘g’inlar.
  • Boshqaruv tashkiliy tuzilmalarining turlari. Boshqaruvning murakkab tizimlari egiluvchanligini ta’minlash.
  • Ijtimoiy menejmentning tashkiliy tuzilmasini maqbullashtirish mezonlari. Boshqaruv kadrlarining guruhlarga bo‘linishi. Rahbarlar, mutaxassislar va yordamchi personal.

Boshqaruv funksiyalari

  • Funksiya - lotincha so’z bo’lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma‘nolarni bildiradi.
  • Vazifa - amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo’lgan masala, erishilishi lozim bo’lgan, ko’zda tutilgan maqsad. Yoki biror-bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal.
  • Funksiya tushunchasi-vazifa tushunchasiga nisbatan tor ma‘noga ega. Zero, funksiya faqat o’z faoliyat doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi. Masalan, marketologning ishini bajarish korxona muhandisining funksiyasiga kirmaydi, chunki u bevosita marketolog faoliyati doirasidagi yumushdir.
  • Vazifa esa o’z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo’lishi mumkin. Boshqarish funksiyasi deganda u yoki bu obyektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmuasi tushuniladi.

Demak, boshqaruv muayyan funksiyalar orqali amalga oshiriladi. Funksiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va o’rganish boshqaruv jarayonini to’g’ri tashkil qilishning muhim shartidir. Boshqarishning asosiy funksiyalari:

    • Rejalashtirish – boshqarishning asosiy va dastlabki funksiyasidir. Har qanday boshqarish reja tuzishdan boshlanadi.
    • Tashkil qilish – bu funksiya boshqaruv obyekti doirasida barcha boshqariluvchi va boshqaruvchi jarayonlarning uyushqoqligini ta‘minlaydi. Shu nuqtayi nazardan tashkil qilish ichki va tashqi shart- sharoitlarning o’zgarib turishiga qarab, amaldagi tizim tarkibini takomillashtirish yoki yangisini tuzishdir. Bu funksiya joriy va strategik rejalarning ijrosini ta‘minlash bo’yicha birinchi qadamdir.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə