15-mavzu. Boshqaruv funktsiyalari va tuzilmasi



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə3/8
tarix11.12.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#144761
1   2   3   4   5   6   7   8
15-mavzu

Boshqarish funksiyalari.

  • Boshqarish rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni rag‘batlantirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu yerda muvofiqlashtirish barcha funksiyalar jarayonida o‘z aksini topadi.
  • Bu funksiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlarga ega bo‘lib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud bo‘ladi. Ularni , shuningdek , boshqaruvning hamma tomonlarini qamragan funksiyalar deyish ham mumkin, yaunki ular boshqaruv tizimini ham bo‘yiga (vertikaliga), xam eniga (gorizontaliga) qamrab oladi

Boshqarish funksiyasini tasniflashning ikkinchi yondoshuvida

  • Boshqarish funksiyasini tasniflashning ikkinchi yondoshuvida boshqarish ishini aniq ijrochilar bo‘yicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi. Bunda bir butun aniq funksiyalar tizimi ajratiladi. Masalan. Zamonaviy g‘arb firmalarida ishlab chiqarishga oid 20-25 tadan kam bo‘lmagan funksiyalar ajratiladi.
  • Bular quyidagilardir:
  •  asosiy ishlab chiqarishni boshqarish;
  •  qo‘shimcha ishlab chiqarishni boshqarish;
  •  ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarishni boshqarish;
  •  marketingni boshqarish;
  • moliyaviy boshqarish;
  •  sifatni boshqarish;
  •  mehnatni boshqarish;
  • xodimlarni boshqarish;
  •  innovatsiyani boshqarish va xk

Asosiy funksiyalar:

  • 1. Rejalashtirish. Boshqarishning asosiy va dastlabki funksiyasidir. Har qanday boshqarish reja tuzishdan boshlanadi. Bu rejada boshqaruv maqsadlari va vazifalari, ularni amalga oshirish muddatlari belgilanadi, vazifalarni amalga oshirish usullari ishlab chiqiladi, xalq xo‘jaligi bo‘g‘inlarining o‘zaro aloqalari o‘rnatiladi.
  • 2. Tashkil qilish. Bu funksiya boshqaruv ob’yekti doirasida barcha boshqariluvchi va boshqaruvchi jarayonlarning uyushqoqligini ta’minlaydi.

Asosiy funksiyalar:

  • 3. Muvofiqlashtirish va tartibga solish. Rejalashtirish boshqarishning strategiyasi hisoblansa, muvofiqlashtirish boshqarishning taktik masalalarini hal qiladi. Muvofiqlashtirish mablag‘larni tejash maqsadida boshqaruvdagi parellelizm va bir-birini takrorlashni bartaraf qilish imkonini beradi. Tartibga solish muvofiqlashtirishning davomi bo‘lib , u sodir bo‘lib turadigan o‘qishlarni bartaraf qilish yo‘li bilan ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishni maqsad qilib quyadi. Uning yordami bilan vujudga kelishi ehtimoli tug‘ilgan o‘qishlarning oldi olinadi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə