15-mavzu. Boshqaruv funktsiyalari va tuzilmasi


Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə7/8
tarix11.12.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#144761
1   2   3   4   5   6   7   8
15-mavzu

Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari.

  • Ijtimoiy tartibga solish usullari turli guruxlar va shaxslar maksadi va manfaatlarini aniqlash va rostlash yuli bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va uyg‘unlashtirish maqsadida qo‘llaniladi.
  • Boshqaruvning psixologik usullari jamoada maqbul psixologik xolat tashkil etish yuli bilan kishilar urtasidagi munosabatlarni tartibga solishga karatilgandir. Psixologik usullarga kichik gurux va jamoalarni tashkil etish, mexnatni insoniylashtirish, malakali kadrlar tanlash va ularni ukitish va x.k.lar kiradi.

Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari.

  • Inson faoliyati ma’lum ragbatlantiruvchi omillarga asoslangan bo‘lib, ma’lum maksadga erishishga karatilgandir. Ragbatlantiruvchi omil - maqsad munosabati inson faoliyati o‘zagidir. Umumiy ma’noda ragbatlantiruvchi omil - bu insonni faoliyat yuritish uchun undovchi omil bo‘lib, maqsad esa inson uni amalga oshirish natijasida erishishni hohlagan narsadir.
  • Raxbarga xos bo‘lgan muxim xususiyat kishilar faoliyatini rag‘batlantiruvchi omillarni yaxshi bilish, xar bir kishini u yoki bu vazifani bajarishga qiziqtira olishdir

Boshqaruvning tashkiliy-tuzilishi

  • Korxonani boshqarishning maqsadga muvofiq strukturasini vujudga keltirish tadbirkor hal etishi kerak bo’lgan muhim vazifalardan biridir.
  • Korxonaning boshqaruv strukturasi deganda, boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funktsiyalirni bajaruvchi, bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi.
  • Boshqaruv strukturasi ishlab chiqarish strukturasi deb ham yuritiladi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi hamda xizmat ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo’limlari va ularga xos bo’lgan boshqaruv apparati tuziladi. Bo’linmalar yig’indisi, ularninng tarkibi va o’zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish strukturasini tashkil etadi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə