Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy fanlar va texnika fakultet iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 123,01 Kb.
səhifə5/19
tarix04.07.2023
ölçüsü123,01 Kb.
#119267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Adizov R (2)

Birinchisi “liderlik sifatlari nazariyasi”dir yoki xarizmatik nazariya. Uning mohiyati shuki, hamma ham lider bo‘la olmaydi, ayrim shaxslarda shunday sifatlar yig‘indisi tug‘ma mavjud bo‘lib, bu sifatlar majmui uning guruhda lider bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan 1940 yilda amerikalik K.Berd 79 sifatdan iborat bo‘lgan liderlik qirralari ro‘yxatini tuzdi. Bu ro‘yxatda, jumladan, tashabbuskorlik, muloqotga kirisha olish, yumor hissi, o‘ziga ishonch, tez va aniq qarorlar qabul qila olish, tashkilotchilik kabi sifatlar bor edi. Lekin bu nazariyaning xatoligi shunda ediki, birinchidan, u yuqoridagi sifatlar qanday qilib namoyon bo‘ladi-yu, qanday shakllanishi tushuntirib bera olmadi, ikkinchidan, so‘roqlar mobaynida birorta sifat ham mutlaq ko‘p marta qayd etilmadi. Tadqiqot nihoyasida o‘sha boshida taklif etilgan sifatlarning atigi 5 foizigina aksariyat rempondentlar javobida qayd etildi. Bu liderlik modelini yaratish oson emasligi to‘g‘risida xulosaga kelishni taqozo etdi.
Ikkinchi nazariya liderlikning vaziyatga bog‘liqligi nazariyasidir. Bu yerdagi asosiy g‘oya – lider vaziyatning mahsuli degan g‘oyadir. Har bir odamda liderlik sifatlari bor, lekin ayrim vaziyatlar ayrim shaxslarning o‘zlarini ko‘rsatishlari, lider bo‘lishlari uchun qulay hisoblanadi.
Yuqoridagi ikki nazariyani tanqid qilish natijasida paydo bo‘lgan uchinchi nazariya liderlikning sintetik nazariyasidir. Bu nazariya liderning guruhiy munosabatlarinig bevosita mahsuli deb qaraydi, liderning ro‘yobga chiqishida guruhning birlamchi rolini ilgari suradi.
Ko‘plab olimlar, jumladan, rossiyalik ijtimoiy psixologlar oxirgi yillarda rus psixologi A.N.Leontyevning faoliyat konsepsiyasiga tayangan holda, liderlikni faoliyat mahsuli, guruhning ushbu faoliyatga munosabati va guruhda qabul qilingan normalar va ijtimoiy kutuvlarga kim ko‘proq javob berishiga qarab liderni aniqlash mumkin, deb hisoblashmoqda. Bundan tashqari, ijtimoiy kutuvlar nazariyasi hozirda ko‘pchilik tomonidan ma’qul yondashishlardan biri deb qabul qilinmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, butun dunyoda ishlab chiqarish va uni boshqarish borasida modernizatsiya siyosatining tan olinishi, barcha davlatlarning o‘ziga xos demokratiya tamoyillari asosida jamiyatni, xususan, mehnat jamoalarini boshqarish siyosatiga o‘tishi munosabati bilan boshqaruv masalalariga ham munosabat o‘zgardi.
Har bir lider yoki boshliq o‘zicha individual va qaytarilmasdir. Buning boisi har bir boshliq o‘z ish faoliyatini o‘ziga xos tarzda tashkil etishidadir. Sotsial psixologiya da batafsil o‘rganilgan muammolardan biri – turli boshqaruv uslublaridir. Bu sohada nemis olimlari G.Gibsh va M.Forverg, rus olimlari V.D.Parigin, L.N.Uminskiy, M.Y.Jukov va boshqalarning ishlari ayniqsa diqqatga sazovordir. Barcha ilmiy tadqiqolarni umumlashtirgan holda Sotsial psixologiya da qabul qilingan uch asosiy boshqarish uslublariga tavsif berib chiqamiz. Bu uch uslub – avtoritar, demokratik va liberal boshqaruv uslublaridir.

Yüklə 123,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə