O’sma kasalliklarining kelib chiqish sabablari va oldini olish oʻsmalar



Yüklə 65,53 Kb.
səhifə5/5
tarix06.06.2023
ölçüsü65,53 Kb.
#115749
1   2   3   4   5
O’SMA KASALLIKLARINING KELIB CHIQISH

Ushbu maqolani ham o‘qing: Kamqonlik profilaktikasi uchun...

Ichki a’zolarda joylashgan xavfli o‘smalarda klinik simptomlar ko‘pincha o‘tib ketgan bosqichda namoyon bo‘ladi. Bemorda o‘z-o‘zidan ozib ketish, og‘riq paydo bo‘lishi, ishtaha bo‘g‘ilishi, ko‘ngil aynashi, qayt qilish, ich ketishi yoki qotishi, ichakdan patologik ajralmalarning ketishi (qon, shilimshiq, hidli ajralma, ichning qora kelishi, axlatda yoki siydikda qon paydo bo‘lishi, qayt qilganda qon bo‘lishi, yo‘talganda balg‘am bilan qon ketishi, qorin yoki ko‘krak qafasida suyuqlik yig‘ilishi, oyoq yoki qo‘lning o‘sma rivojlanishi natijasida sinishi) dardning o‘tib ketgan bosqichlarida aniqlanadigan simptomlaridir. Aksariyat holatda ichki a’zolar xavfli o‘smasida klinik simptomlar dastlabki bosqichda yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin.


Ko‘pchilik bemorlar (80 foizgacha) onkologiya muassasalariga kasallikning o‘tib ketgan bosqichlarida xuddi shunday simptomlar bilan murojaat qiladi. Kasallikni erta bosqichda aniqlash uchun xavf omillari bor bemorlarga ko‘proq e’tibor qaratish kerak, ularni dispanser hisobiga olib, tez-tez davolash, morfologik tekshiruvlarini o‘tkazib turish kerak (surunkali kasalliklarda, xavfsiz o‘smalarda, irsiyatga moyil bo‘lgan yallig‘lanish jarayoni ko‘p xuruj beradigan aholi guruhlarida). Aholi orasida xavf guruhi ichida klinik simptomlar rivojlanishiga va namoyon bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak. Albatta, ushbu guruhga mansub aholi orasida zamonaviy tibbiy asbob-anjomlar bilan tekshirishni yo‘lga qo‘yish kerak (magnit-rezonans tomograf, multispiral kompyuter tomografiya, dopler ultratovush tekshiruvi, endoskopik tekshiruvlar, radioizotop tekshiruvi, pozitron-emission tomografiya).
Aholi orasida xavf guruhi ichida klinik simptomlar rivojlanishiga va namoyon bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak. Albatta, ushbu guruhga mansub aholi orasida zamonaviy tibbiy asbob-anjomlar bilan tekshirishni yo‘lga qo‘yish kerak (magnit-rezonans tomograf, multispiral kompyuter tomografiya, dopler ultratovush tekshiruvi, endoskopik tekshiruvlar, radioizotop tekshiruvi, pozitron-emission tomografiya).
Shuni aytish mumkinki, xavfli o‘sma kasalliklarini barvaqt aniqlash imkoniyati mavjud. Birinchi navbatda, kasallikning klinik simptomlarini to‘g‘ri talqin qilish, aholi orasida xavf guruhiga mansub bo‘lgan insonlarni to‘liq tekshirish va dispanser hisobiga olish, o‘z vaqtida o‘smaoldi kasalliklarini aniqlash, ularning nazoratini olib borish va davolash, zamonaviy tibbiy usullarni keng miqyosda qo‘llash (molekulyar-biologik, molekulyar-genetik, endoskopik, ultratovush, kompyuter tomografiya) maqsadga muvofiqdir. Bu asosiy vazifa umumiy amaliyot shifokoriga yuklatiladi, sababi, bemor birinchi marotaba umumiy amaliyot shifokoriga murojaat qiladi.
Xavfli o’smalarni kimyoterapiya orqali davolash – bu dori vositalari yordamida o’sma hujayralarini proliferatsiyaga uchrashi yoki ularni o’sishini oldini oluvchi jarayondir.
«Kimyoterapiya» nomi bilan o’smaga qarshi dari vositalari ta’sirida olib borilgan barcha davolash usullari tushuniladi, bunday usulda davolovchi bo’lim xam «Kimyoterapiya bo’limi» deb yuritiladi. Kimyoterapiya bilan davolash bo’limlari endigina yaratilgan 1960-70 yillarga nisbatan, xozirgi kunda xavfli o’sma kasalliklarini davolashda dori vositalar qamrovi juda keng, u yillarda dori vositalari kam bo’lgan. Kimyoterapiya mutaxassisligi nomi ancha tarixga boy bo’lsa xam, zamonaviy shifokor-kimyoterapevtlar o’z ish jarayonida klassik tsitostatiklar (kimyo vositalari) bilan bir qatorda yangi dori vositalarini, xatto o’smaga qarshi bir necha doridan iborat bo’lgan vositalar sinfini xam qo’llashmoqda – endokrinoterapiya, target (nishonli) terapiya, immunoterapiya va boshqalar.
Xavfli o’smalarni dori vositalari, xususan kimyoterapiya usuli bilan davolash – ushbu kasallik bilan og’rigan bemorlarni davolashdagi zanjirning asosiy tizimlaridan biri xisoblanadi. Asosan, solid (nogemotologik) o’smalarni davolashda, uni kombinirlashgan davo usullari bilan birgalikda qo’llaniladi, ya’ni jarroxlik amaliyotlari, nur terapiyasi bilan birgalikda. Bu davo ta’sirini (o’zaro mustaxkamligini) oshiradi, ya’ni, bir usulni qo’llagandan ko’ra barcha davo usullarini birgalikda qo’llash yaxshi natija beradi. Ko’p hollarda davoning bu usullari xavfli o’sma kasalligi erta bosqichlarda aniqlanganda qo’llaniladi. Bunday hollarda jarroxlik amaliyotidan oldingi (neoad’yuvant) va keyingi (ad’yuvant) kimyoterapiya, mikroskopik o’sma xujayralarini (mikrometastazlarni) yo’q qilish xususiyatiga ega bo’ladi. Birlamchi o’smani jarroxlik amaliyoti usuli bilan olib tashlanganiga qaramay, dori vositalari bilan davolash usullari o’tkazilmasa, mikrometastazlar o’zini xayot jarayonini saqlab qoladi va bir qancha vaqt o’tishi bilan kasallikni qaytalanishi (retsidivlanishi)ga olib keladi, bu esa kasallik bashoratini ancha susaytiradi. Misol uchun, 1940-50yillarda ko’krak bezi saratonini erta bosqichlarida jarroxlik amaliyoti (radikal mastektomiya) bajarilganligiga qaramasdan, bemorlarning yarminigina yashash davomiyligi yaxshi bo’lgan. Dori vositalarini ad’yuvant usulda qo’llash bemorlarni 90%ni sog’ayishi imkonini yaratadi. Bundan tashqari, ad’yuvant (neoad’yuvant) davo usulini qo’llash xavf jarayoniga ta’sirini susaytirmasdan, o’tkaziladigan jarroxlik amaliyotlari xajmini qisqartirishga yordam beradi, ya’ni ko’krak bezi butunlay olib tashlanmaydi (radikal mastektomiya), shu tufayli bunday xajmi qisqartirilgan jarroxlik amaliyotini tez-tez qo’llash imkoni ko’paymoqda. Yo’g’on va to’g’ri ichak saratoni, osteogen sarkoma, bosh-bo‘yin, oshqozon, o’pka va tuxumdonlar saratoni bilan og’rigan bemorlarda xam ad’yuvant kimyoterapiya usulini qo’llash katta muvaffaqitlarga sazovor bo’lgan.
O’smalarni dori vositalar bilan davolash alohida terapiya bo’lib qo’llanilishi ham mumkin. Ko’p hollarda bunday davodan uzoq metastazlar paydo bo’lganida foydalaniladi. Xavfli o’smalarda uzoq metastazlar paydo bo’lganligi davolay olmaslikni sinonimi bo’lmay qoldi. Trofoblast, moyak, tuxumdonlar germinogen o’smalarida, kolorektal saratonida, osteogen sarkomasida, Yuing sarkomasi oilasiga mansub o’smalarda, o’pka mayda xujayrali o’smalarida jarroxlik amaliyoti yoki nur terapiyani qo’llash yoki qo’llamaslikdan qat’iy nazar dori vositalari bilan davolash yaxshi natijalar berdi. Masalan, moyak germinogen o’smalarida ko’plab metatastazlar borligiga qaramay kimyoterapiyani to’g’ri qo’llash 90% bemorlarni yashab qolishini ko’rsatdi. Biroq bu kasallikdan butunlay sog’ayib ketish mumkin emas ekan, zamonaviy o’smaga qarshi kimyoterapiya ko’p o’smalarni uzoq yillar davomida avj olishiga qarshilik ko’rsatish imkoni borligini tasdiqladi. O’pka, buyrak, oshqozon saratoni, melanoma bilan og’rigan bemorlarni ko’pchiligida (uzoq metastazlar bilan) kimyoterapiya istiqboli keng ekanligini ko’rsatdi, oldin shifokorlar bunday hollarda bemorlarni davolashda xech nima taqdim eta olishmagan.
Kimyoterapiya ta’sirini yaxshilash bir necha yơnalishda, ya’ni yangi usullarni yaratishga, organizmga zarar yetkazmaydigan lekin ơsma xujayralariga chuqur ta’sir etishiga, dori vositalarini qơllash usullarini optimallashtirishga (rejim, dozasi), ikkita va undan kơp dori vositalarini kombinatsiyasiga (poliximioterapiya), kompleks va kombinirlashgan davo usullarini mukammallashtirishga, ơsmaga qarshi dori vositalarni nojơya ta’sirini kamaytirish maqsadida boshqa dorilarni qơllashga boğliq. Asosiy diqqatni dori vositalarini farmakokinetika va farmakodinamikasiga, ularni ta’sir qilish mexanizmi va o’sma xujayralarini tsitokinlarga tabiiy va yaratilgan barqarorligini yengishga qaratiladi. Olingan ma’lumotlar asosida tanilgan davo usullarini ratsional qo’llash yo’llari va yangi o’smaga qarshi samarador vositalar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Xujayralar qonuniyligini va mexanizmini nazorat qilish molekulyar biologiya yutuqlari, yadro retseptorlariga boriladigan xabarlarni genetik turg’unligi yangi molukulyar yullangan yangi dori vositalarni ishlab chiqishga turtki bo’ldi (trastuzumab, imatinib, erlotinib, gefitinib, ipilimumab, vemurafenib, sunitinib, pazopanib va b.). Klinik amaliyotga antigormonlarni (antiandrogenlar, anti estrogenlar, aromataza ingibitorlari, superagonistlar LH-RH) tadbiq qilish gormonga bog’liq o’smalarni davolashda kam toksikli, lekin yuqori samarali ekanligidan dalolat beradi. Biologik ta’sirchan modifikatorlarni (immunoterapiya) xavfli o’sma kasalliklariga qarshi qo’llash, kimyoterapiya bilan davolashda keng imkoniyatlar yaratdi.
Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Kimyoterapiya bo’limi 1967 yildan beri faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Markazda ikkita kimyoterapiya bo’limi bo’lib, biri 22, ikkinchisi 40 o’ringa mo’ljallangan. Xar yili bo’limda 1000dan ortiq xar hil xavfli o’sma kasalliklari bilan og’rigan bemorlar kimyoterapiyaning o’zini yoki biror bir davoning boshqa usullari bilan birga kompleks va kombinirlashgan holda qollangan usulda davolanadilar.
Yüklə 65,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə