O’sma kasalliklarining kelib chiqish sabablari va oldini olish oʻsmalar



Yüklə 65,53 Kb.
səhifə3/5
tarix06.06.2023
ölçüsü65,53 Kb.
#115749
1   2   3   4   5
O’SMA KASALLIKLARINING KELIB CHIQISH

O‘smaoldi kasalliklari


Barcha o‘smaoldi kasalliklari 2 turga bo‘linib, ular xavfli o‘smaga ikki xil yo‘l bilan aylanadi:

  1. Fakultativ o‘smaoldi kasalliklari.

  2. Obligat o‘smaoldi kasalliklari.

Fakultativ o‘smaoldi kasalliklari


Fakultativ o‘smaoldi kasalliklariga quyidagilar kiradi: teridagi qarilik keratozi, bachadon bo‘yni leykoplakiyasi, eroziyasi, me’da, yo‘g‘on ichak polipi, fibroz-kistoz mastopatiya, fibroadenoma, teratomalar, kuygandan keyingi chandiqlar, oqma yaralar, bachadon bo‘yni gormonal giperplaziyasi. Ushbu kasalliklar o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lib, uzoq vaqt mobaynida organizmda rivojlanib, 5 foizgacha xavfli o‘smalarga aylanishi mumkin.

Obligat o‘smaoldi kasalliklari


Obligat o‘smaoldi kasalliklari aksariyat hollarda xavfli o‘smaga aylanishi mumkin. Shuni inobatga olib, olimlar xavfli o‘sma kasalliklarining dastlabki simptomlarini obligat kasalliklardan qidirish kerak, deyishadi. Obligat kasalliklar turiga yo‘g‘on ichak polipozi, terining pigmentli kserodermasi, teri Bouen dermatozi, Pedjet kasalligi, bachadon bo‘yni displaziyasi, me’daning tana qismi kallyoz yarasi, eroziv egofagit, yarali rektit, indurativ pankreatit va boshqa kasalliklar kiradi. Ushbu kasalliklarning xavfli o‘smalarga o‘tishi uzoq davrni tashkil qiladi (20-30 yil).

Ushbu maqolani ham o‘qing:
Bolaning biqini og‘risa...

Xavfli o‘smalarning klinik belgilari


Xavfli o‘sma rivojlanishi uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, klinik simptomlar shunga yarasha namoyon bo‘ladi. Klinik simptomlarning rak kasalligida paydo bo‘lishi ko‘p jihatdan xavfli o‘smaning qaysi bir a’zoda paydo bo‘lishiga, uning gistologik strukturasiga, kasallik bosqichiga, metastaza borligiga va klinik shakliga bog‘liqdir. Xavfli o‘sma klinik simptomlarining paydo bo‘lishi, ko‘p jihatdan o‘sma jarayonining rivojlanishiga bog‘liq.
L. Shabad (1979 y.) xavfli o‘smalar organizmda rivojlanishida quyidagi bosqichlardan o‘tadi:

  1. Kasallik rivojlanadigan a’zodagi hujayralarda diffuz giperplaziya, yallig‘lanish yoki regenerativ o‘zgargan to‘qimalar davri;

  2. Diffuz giperplaziya o‘rnida o‘choqli proliferatlar rivojlanadi;

  3. O‘choqli proliferatlar qo‘shilib, xavfsiz o‘sma shaklini qabul qiladi;

  4. Xavfsiz o‘smalar keyinchalik qulay sharoitda xavfli turga aylanadi. Mana shu davrda xavfli o‘smalarning dastlabki simptomlari paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun kasallikni ushbu bosqichda aniqlash maqsadga muvofiqdir.

Xavfli o‘sma kasalliklarining asosiy klinik simptomlari:

  • mahalliy (tugunli o‘smaning aniqlanishi, o‘choqli o‘zgarishlar, o‘smadan qon ketishi, yaralanishi, undan turli ajralmalarning hosil bo‘lishi, og‘riq, boshqa a’zolar faoliyatining buzilishi va boshqalar;

  • umumiy (tana harorati ko‘tarilishi, varaja, terlash, uyqusizlik, kaxeksiya, havo yetishmasligi, qorinda og‘riq, qorin va ko‘krak bo‘shlig‘ida suyuqlik yig‘ilishi va boshqalar);

  • o‘smaning metastatik zararlanish simptomlari (patologik sinish, og‘riq sindromi, havo yetishmasligi, qorin va ko‘krak bo‘shlig‘ida suyuqlik yig‘ilishi, ichki a’zo faoliyatining buzilishi, nevrologik buzilish va boshqalar).

O‘sma kasaliklarini erta bosqichlarda aniqlash uchun umumiy amaliyot shifokorlarining onkologik ehtiyotkorligini va aholi tibbiy savodxonligini oshirish kerak.

Yüklə 65,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə