O’smirlik davri shaxsiga xos ilmiy-nazariy yondoshuvlar usmonov Rahimjon



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix11.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#109542
1   2   3   4   5   6   7
o-smirlik-davri-shaxsiga-xos-ilmiy-nazariy-yondoshuvlar

MUHOKAMA 
O’z-o’zini anglash xissini tarkib topishi, o’ziga nisbatan go’yo aloxida mustaqil shaxs 
sifatidagi munosabatning vujudga kelishi bu davrdagi har ikki jinsdagi va istagan temperament 
tipidagi o’smirlar uchun muxim xususiyatlardir. O’smir o’g’il-qizlar shaxsining kamol topishida, 
o’zini anglash jarayonida o’ziga baho berish mayli va istagi o’zini boshqa shaxslar bilan 
taqqoslash, o’ziga bino qo’yish ehtiyoji paydo bo’ladi. Bular esa o’smirning psixik dunyosiga 
aqliy faoliyatiga, tevarak-atrofga munosabatning shakllanishiga ta’sir qiladi. Ilk o’smirlik 
davrida ko’pchilik o’smirlar o’zlariga salbiy shaxsiy xarakteristika beradilar. Katta bo’lgan sari 
o’smirning o’z-o’ziga bergan bahosi differentsial xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlarda 
o’zini tutishga va ayrim xatti-harakaglari)da namoyon bo’la boshlaydi. 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
123 
O’g’il bolalar va qiz bolalarning ijtimoiy rollari turlicha bo’lishi to’g’risidagi jamiyatda 
tarkib topgan tushunchalar bilan bolalar tomonidan o’zlashtirilgan tasavvurlar o’smir yoshidagi 
shaxsning shakllanish yo’llarini belgilab beradi. O’smir o’z kuchi va kuvvati, chidamliligi 
ortayotganini, bilim saviyasi kengayayotganini anglay boshlaydi. 
O’smirlar ustanovkalari muhim funktsional axamiyatga ega bo’lib, uning ma’lum bir 
faoliyatni samarali bajarishga tayyorligi sifatida namoyon bo’ladi. Uning asosiy vazifalari; 
1) faoliyat amalga oshirishning qat’iy xarakterini belgilab beradi; 
2) o’smir shaxsini standart vaziyatlardagi faoliyatlar kechishini erkin xolda nazorat qilish 
va qaror chiqarishdan ozod qiladi. 
O’smirlik davri xususiyatlarini talqin qilgan olimlarning ta’kidlashicha, o’g’il va 
qizlarning bu yoshda o’rtoqlari bilan munosabatlarga intilishi, tengdoshlari jamoasining hayotiga 
qiziqishi yorqin namoyon bo’ladi. Ushbu o’zgarishlar ta’sirida bolalar jismoniy va aqliy 
imkoniyatlarini o’sib borish munosabati bilan o’zlariga ko’proq ishona boshlaydilar, ular endi 
oilaviy muammolar muhokamasida ham ishtirok eta boshlaydilar. 
XULOSA 
Aslida o’smir yoshidagi bolalarning psixik holatlarini va psixik rivojlanish 
xususiyatlarini hisobga olish, psixik muammolarini erkin va to’g’ri yechishlari uchun yordam 
berish, ularga psixologik yoqdashish zarur. Kichik o’smir yoshdagilar bilan ishlayotganda 
o’quvchining har bir tashqi va ichki reaktsiyasi ortida uning o’z psixologik sabablari borligini 
bilish muhimdir, Bu 
"madaniyatsiz", "zararli", "tushunib bo’lmaydigan" 
deb nom olgan xatti-
harakatlar bir qarashda shunday baholanadi, lekin bu xatti-harakatlar shaxs qaror topishining 
maxsus bosqichi uchun xos xususiyatdir. Kichik o’smirda o’z-o’zini xurmat qilish va o’zini 
anglashni shakllantirishning bir qancha yo’llari mavjud. Masalan: bu davrda kattalarga taqlid 
qilish yoki oilada o’z xurmatini talab qilish, o’z so’zini o’tkazish, o’zini xurmatli, obro’li katta 
yoshli kishini obraziga o’xshatib rivojlantirish kuchli bo’ladi. Ularga biror so’z yoki tanbeh bilan 
murojat qilsangiz, u o’zini mustaqil fikrlay olishi va biror ishni albatta uddasidan chiqa 
oladigandek ko’rsatadi. Vaholanki, hali o’smirni psixologik imkoniyatlari yetarli emas yoki 
rivojlanmagan bo’lishi mumkin. Kattalar, o’qituvchilar o’smirdagi bu jarayonni psixologik 
nuqtai nazardan baholay olishlari, unta soxta, yuzaki yondashmay, aksincha, unta o’z 
imkoniyatlarini o’stirishga o’z ichki va tashqi qobiliyatlarini to’g’ri rivojlantirishga 
yo’naltirishlari muhim xisoblanadi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə