O’smirlik davri shaxsiga xos ilmiy-nazariy yondoshuvlar usmonov Rahimjon


TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix11.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#109542
1   2   3   4   5   6   7
o-smirlik-davri-shaxsiga-xos-ilmiy-nazariy-yondoshuvlar

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
O’smir yoshdagi bolani birinchi galdagi intilishi, u o’zini endi kichkina bola emas, balki 
katta bo’lib qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan iboratdir, Mustaqil ishlar qilishiga uringan 
o’smir shunday qilishga haqqi borligiga o’zini-o’zi ishontiradi, chunki men endi "katta bo’lib 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
121 
qoldim" deb o’ylaydi. Shuning uchun xam psixologlar "katta bo’lib qolganlik tuyg’usi"ni 
shaxsning o’smirlik yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar. 
O’smirlik yoshida psixologik jixatdan eng muxim xislat - voyaga yetish yoki kattalik 
hissining paydo bo’lishi aloxida axamiyatga ega. Kattalik hissi ijtimoiy-ahloqiy soxada, aqliy 
faoliyatda, qiziqishda, munosabatda, ko’ngil olish jarayonida, xulq-atvorning tashqi shakllarida 
o’z ifodasini topadi. O’smirlik yoshiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni o’rgana turib, 
o’smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib, kamolotga erishish yo’llarini va unga ta’sir etadigan 
biologik va ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini tushunish mumkin. Jinsiy yetilish o’smirning 
bu yoshdagi xulq-atvoriga asosiy biologik vosita sifatida ta’sir o’tkazadi. Lekin bu bevosita 
ta’sirdir. Kichik o’smir psixologik "mexanizmi" sxematik ravishda quyidagicha baholanadi. 
Endokrin garmonlarini paydo bo’lishi va ularning markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilishi bilan 
bog’liq bo’lgan jinsiy yetilishning boshlanishi bolalar faolligining jismoniy va psixologik 
imkoniyatlarini oshiradi xamda ularning o’zlarini kattalardek his etish, mustaqil bo’lish 
tuyg’ularini tuyushlari uchun qulay shart-sharoitlarni olib keladi. Biroq, psixik rivojlanishning 
bu bosqichida ham bola hali mustaqil harakat qilishga to’la tayyor bo’lmaydi. Ijtimoiy omillar 
esa quyidagilardir: kichik maktab yoshidan o’rta maktabga o’tish, ya’ni yakka o’qituvchi 
rahbarligidan ko’pchilik o’qituvchilar tasarrufiga o’tish va muloqotdagi o’zgarishlar ijtimoiy 
foydali ishlarni kengaytirib borish, mustaqil va amaliy ishlarni ko’proq bajarish, shu bilan birga 
bolaning oiladagi o’rnining ham o’zgarishidir. Katta o’smirlarga nisbatan kichik o’smirlarda 
paydo bo’ladigan kelisha olmaslikni ulardagi jinsiy yetilish bilan emas, balki atrofdagi shart-
sharoitlar, oiladagi ota-ona, aka-ukalarning unga munosabati, mahalla-ko’y, ya’ni ijtimoiy 
sharoitlar ta’siri bilan bog’lash zarur. Mana shu ijtimoiy sharoitlarni ulardagi psixologik iqlimni 
o’zgartirish yo’li bilan o’smirlarning xulq-atvoriga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatish, yomon 
xulq-atvor, o’jarlik, kamchiliklarini tan olmaslik kabi salbiy xislatlarning oldini olishi mumkin. 
Bu davrda o’smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin kattalar xayotida hali o’z o’rnini topa 
olmagan holatda bo’ladi. O’smir o’zining qobiliyati va kuchini to’g’ri baholamay turib, 
murakkab hayotiy masalalarni hal qilishga urinadi, ammo fikr yuritish qobiliyati yuzaki 
bo’lganligi sababli kundalik hayotida qator kamchiliklarga yo’l qo’yadi. Lekin u o’z xatosini tan 
olishdan ko’ra kattalar bilan bahslashishni afzal ko’radi. Tanqid qilgan kishilarni yoqtirmaydi, 
har bir tanqid go’yoki uni mensimaslik belgisi, atayin qilinayotgan ish bo’lib ko’rinadi. U 
mustaqil, o’zboshimchalik bilan ish tutishga urinadi, kattalarning maslahatiga e’tibor bermaydi. 
Ayrim o’smirlar o’zining kattalar safiga qo’shlganligini namoyish qilish uchun turli xil salbiy 
odatlarga o’rgana boshlaydilar. O’smir xulqidagi bunday o’zgarishlar o’qituvchi va ota-onalarni 
qattiq tashvishga soladi. Ularni ijobiy tomonga o’zgartirish uchun esa kattalardan psixologik 
bilim va tajribani talab etadi. Bu yoshda kattalar o’smirlarni bilib-bilmay qo’yayottan kamchilik 
va xatolarini ko’pchilik ichida uyaltirib, kamsitib, qoralab emas, balki psixologik yo’l bilan 
yondashgan holda yerdam berish uni 
"katta bo’lib qolganlik" 
tuyg’usini so’ndirib emas, balki 
katta odam qanday bo’lishi va qanday talablarga javob berishi kerakligini anglatishi zarur. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə