Ov. Bkkiston kkspl blikasi



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə25/53
tarix22.12.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#153984
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53
Dinshunoslik. Maxkamov Q (2) (3)

Pravoslavie marosimlari.


Xuddi katolik yo’nalishidagi kabi pravoslavieda ham marosimlarga katta ahamiyat beriladi. Pravoslavie marosimlarining ко’pi cherkovda o ’tadi. Katolik cherkovlarida ibodatlar paytida dindorlar bemalol stullarda o ’tiradilar, pravoslavie cherkovlarida esa dindorlar tikka turadilar. Katolik cherkovlarida organ musiqasi sadolari ostida ibodat qilinadi Pravoslav cherkovlarida ibodat paytida musiqaviy kuylar chalish odat emas. Pravoslavie va Katolik cherkovlarining ichki tomonini bezatishda ham farqlari bor. Masalan, pravoslavie cherkovlarida, ibodat uylarida butlar juda ko’p. Bibi Maryam Iso, avliyolaming ko’pdan-ko’p haykallari ham mavjud. Pravoslavie cherkovlari va ibodat uylari nim qorong’i, shamlar bilangina yoritilgan holda, sirli sharpalar, mungli munojot madhiya emas, balki marsiya ohanglari eshitilgan holda marosimlar o ’tadiki, bunday holat pravoslav ruhoniylarining fikriga ko’ra, dindoming e’tiqod ruhiyatini kuchaytiradi. Agar yop-yorug’ elektrlar yonib turgan holda ibodat qilinsa, dindorlar ibodatda chalg’ishi mumkin, deb hisoblaydilar.
Pravoslav bayramlari ham juda ko’p bo’lib, ularning umumiy soni bir yildagi 365 kunning har biriga bir nechta bayrami to’g’ri keladi. Pravoslav bayramlari ulug’lash ob’ektiga qarab Iso, Bibi Maryam va avliyolar sharafiga o ’tkaziladigan bayramlarga, tantanavorligi jihatidan - ulug’, o ’rta va kichik bayramlarga va o ’tkazish vaqti jihatidan -

64
surilmaydigan, oyning ayni bir xil chislolariga to’g’ri keladigan bayramlarga, hamda suriladigan, ya’ni pasxa kunlariga qarab, kalendar kunlari bo’yicha almashib turadigan bayramlarga bo’Iinadi. Ulug’ bayramlar ro’yxati pasxadan boshlanadi, undan keyin o ’n ikki bayram turadi.


988 yilning yozida Kiev knyazi Vladimir Vizantiya davlatidan pravoslavie mazhabiga qabul qilishni so’radi va Konstantinopol patriarxligiga qabul qilindi. Rossiya xristianlikni shu tariqa qabul qildi. Vizantiyadan Rossiyaga kelgan messioner pravoslav ruhoniylar Kiev ko’chalarida oliy tabaqaga mansub kishilami Dnepr daryosida cho’qintirdilar. Lekin oddiy odamlar yangi dinga kirishni xohlamasdan cho’qinishdan bosh tortganlari ham bor edi, ular majburan cho’qindilar. Shundan keyin Moskva, Novgorod, Tver, Pskov, Vladimir, Nijniy Novgorod knyazliklari ham birin-ketin cho’qintirilib yangi dinni qabul qilganlar.
Pravoslavie mazhabida hozirgi paytda yagona markaz yo’q. Hozir
15 avtokefal, ya’ni biri-biridan mustaqil bo’lgan pravoslav cherkovlari bor. Bular Konstantinopol (Turkiya), Aleksandriya (Misr), Antioxiy (Suriya), Quddus, Rus, Kipr, Gruziya, Serbiya, Ruminiya, Bolgariya, Ellada, Albaniya, Polsha, Chexiya, Amerika avtokefal cherkovlaridir.
Pravoslavieda ahloqiy ta’limotga ham alohida ahamiyat berilgan. Yaqin kishilaringni sev, yomonlik qilma, yaxshilik qil, o ’ldirma, o ’g ’irlik qilma kabi pand-nasihatlar o ’ta talabchanlik bilan ta’kidalanadi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə