Ov. Bkkiston kkspl blikasi



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə49/53
tarix22.12.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#153984
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Dinshunoslik. Maxkamov Q (2) (3)

Xalqaro Krishnanianglash jamiyati Shrila Bxaktivedanta Svami Prabxupada nomi bilan tanilgan asli hindistonlik Abxay Charan De (1896-1977) tomonidan tashkil etilgan. U 1947 yilda "Veda" falsafasi bilimdoni sifatida "Bxaktivedanta" (sanskr. "sodiqlik", "fidokorona xizmat") unvoniga sazovor bo’ladi. Sanskrit tilidan ingliz tiliga ko’pgina "Veda" matnlari, jumladan, "Bxagavadgita" ("Xudo qo’shiqlari")ni sharhlar bilan tarjima qildi. 1959 yilda 63 yoshida dunyodan voz kechishga ahd qiladi va Svami ("Aql va hissiyotlar egasi") unvoniga erishadi.
1965 yilda A.Ch.Bxaktivedanta Svami AQShga ko’chib o’tdi va "Xalqaro Krishnani anglash jamiyati"ga asos soldi. Bu davrda Sharq mistik ta’limotiga nisbatan katta qiziqish Krishnani anglash falsafasini targ’ib qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi va harakat tez rivoj topdi. M a’lumotlarga ko’ra, bugungi kunda dunyoning turli burchaklarida ulaming 150 dan ortiq ibodatxonalari mavjud.
Krishnachilik (vayshnavizm) odam qiyofasidagi xudo Krishna (Vishnu)ga e’tiqod qilishga asoslangan hinduiylikning ikki asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Krishnachilikning muqaddas yozuvlariga "Bxagavatgita"dan tashqari boshqa "Veda" matnlari ham kiradi.
Krishnachilik yakkaxudolikka, ya’ni yagona va mutloq xudo - Krishnani tan olishga asoslanadi. U abadiy, yaratilmagan va cheksiz shakllarga kirish qobiliyatiga ega. Krishnachilik ta’limotiga ko’ra, olam ruhiy va moddiy dunyoga bo’linadi. Insonning ruhi tanasiga nisbatan
144
birlamchidir. Krishnachilar ruhni rivojlantirib ichki komillikka erishish va shu yo’l bilan xudoga qo’shilishni oliy maqsad, deb biladilar.
Har bir inson o’zida Krishnani anglash qobiliyatini rivojlantirishi mumkin. Buning uchun bir qancha harakat shakllarini o’z ichiga olgan va xudoga muhabbatni rivojlantirish hamda uni butunlay ruhiy anglashga sho’ng’ishga qaratilgan bxakta-yoga mashqlar tizimi ishlab chiqilgan. Ayni paytda, inson o ’zini moddiy ehtiyojlardan xoli qilishi, go’sht, baliq, tuxum, mast qiluvchi narsalaming barchasi, jumladan, spirtli ichimliklar, tamaki, qahva, choy iste’mol qilish, nikohsiz jinsiy hayot kechirish va qimor o ’yinlardan voz kechishi zarur, deb hisoblanadi.
Krishnachilikda meditatsiya deb ataluvchi, ibodatxonada o ’tkaziladigan diniy marosimlar har kuni soatlab bajariladi. U maxsus harakatlar, Sankirtana - birgalikda xudo Krishnani "Xare Krishna, Xare Krishna, Krishna Xare, Xare, Xare Rama, Xare Rama, Rama, Rama, Xare, Xare" degan, maxamantra ("ozod bo’lishning buyuk qo’shig’i")ni kuylash bilan sharaflash amaliyotini qamrab oladi. Bulaming hammasi, ularning ta’biricha, aqlni tozalash, fikrni tashqi dunyodan xalos etish, butun diqqat-e’tibomi xudoga nisbatan muhabbatga yo’naltirish uchun bajariladi.
"Xalqaro Krishnani anglash jamiyati"da o ’z ergashuvchilarining mol-mulklarini jamiyat hisobiga xayr-ehson qilishlari hamda ibodatxonada ruhoniylik vazifasiga o ’tishlari rag’batlantiriladi. Bu ta’limotni qabul qilgan har bir kishiga yangi - sanskritcha nom beriladi. Jamoa a’zolari sari, dxoti va boshqa hind milliy liboslarini kiyadilar.
Krishnachilar tomonidan missionerlik faoliyati o ’tgan asming 70-yillarida boshlangan. Ular tomonidan amalga oshiriladigan targ’ibotchilik harakatining o’ziga xos xususiyatlari qatorida ko’chalarda ibodat kiyimlarida yurib qo’shiqlar aytish va adabiyotlarini tarqatish, "Hayot uchun ozuqa" deb nomlanadigan, bepul oziq-ovqat tarqatish aktsiyalari o ’tkazilishini ko’rsatish mumkin. Bunday harakatlaming asosiy ob’ektlari sifatida odatda talabalar, maktab o ’quvchilari, qariyalar va mehribonlik uylarida istiqomat qiluvchilar tanlab olinadi.
145
1. “Kibermakon” tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. Kibermakon kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydonini ifodalovchi voqelik sifatida 1990 yildan boshlab keng miqyosida rivojlanib, takomillashib kelmoqda. Kibermakon tushunchasini dastlab kanadalik yozuvchi Uilyam Gibson 1982 yil
«Sojjenie Xrom» («Burning Chrome») nomli hikoyasida yozadi.
Keyinchalik, Gibsonning 1990 yilda yozib tugatgan “Neuromancer” (“Asabli manzaralar tasvirlovchisi”, “Nervo-sochinitel”) nomli texno-utopik fantastik trilogiyasida qo’llagan. Bu asardagi kibermakon tushunchasi millionlab odamlarning jamoaviy sarob, xayolparastlikning o ’ziga xos ko’rinishi sifatida tasvirlangan. Bu erda jamoaviy sarob yoki xayolparastlik inson ongida sub’ektiv psixologik holat sifatida namoyon bo’ladi.
Ijtimoiy nuqtai-nazardan kibermakon deganda kompyuter tarmog’i orqali bir-biri bilan bog’langan va bir vaqtning o’zida turli geografik nuqtada kesishuvchi har qanday mavjud kompyuteming grafik sifatidagi ma’lumotlariga o’ralashib qolgan kishilar jamoasi tushuniladi.
Hozirgi davrda fan, texnika va asosan kompyuter taraqqiyoti mahsuli bo’lgan kibermakon va uning boshqaruvchi qiyofasi
«superkorporatsiya» texnologiyalaming insoniylikdan begonalashuvi natijasida din niqobidagi ijtimoiy va madaniy buzg’unchilikni sodir etishga bo’lgan urinishlar tobora kuchayib bormoqda. Jumiadan, bugungi kunda kiberterrorchilik tuzilmalari o’z g ’arazli maqsadlari yo’lida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga urinmoqda.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida quyidagicha ta’kidlangan: «Taassufki, ba’zan islom dini va diniy aqidaparastlik tushunchalarini bir-biridan farqlay olmaslik yoki g ’arazli maqsadda ulami teng qo’yish kabi holatlar ham ko’zga tashlanmoqda. Shu bilan birga, islom dinini niqob qilib, manfur ishlami amalga oshirayotgan mutaassib kuchlar hali ongi shakllanib ulgurmagan, tajribasiz, g ’o ’r yoshlami o ’z tuzog’iga ilintirib, bosh-ko’zini aylandrib, ulardan o ’zining порок maqsadlari yo’lida foydalanmoqda. Bunday

146
nojo’ya harakatlar avvalo muqaddas dinimizning sha’niga dog’ bo’lishini, oxir-oqibatda esa ma’naviy hayotimizga salbiy ta’sir ko’rsatishini barchamiz chuqur anglab olishimiz va shundan xulosa chiqarishimiz zarur».


“Kibermakon”da din niqobidagi “kiberhujum”lar tahdidi: din niqobi ostidagi ekstremistik saytlarda asosan davlat to’ntarilishi va xunrezlik urushlari haqida gap boradi. Jumladan, bugungi kunda dunyoda eng katta xavf solib turgan IShID guruhining internet kibermakonidagi axborot hujumi va tahdidini keltirib o ’tish mumkin. Ularda IShID go’yo Islom yo’lida “qurbon” bo’layotgani aks etgan videolavhalar va fotosuratlar joylashtirilgan.
Terrorchilaming targ’ibot-tashviqotlari kun sayin avj olib
bormoqda. “Odnoklassniki”, “Facebook”, “Instagram”, “Twitter”, “Vkontakte” ijtimoiy tarmoqlarida buzg’unchilik va yot g ’oyalami targ’ib qiluvchi yuzlab guruhlar mavjudligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Shuningdek, Islom dinini noto’g’ri, qabih maqsadlarda talqin etish, dinga siyosiy tus berib, hokimiyatni qo’lga kiritish hisoblanadi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə