Oxirgi yillarda analitik kimyo fan sifatida katta o‘zgarishlarga yuz tutdi



Yüklə 154,51 Kb.
səhifə7/8
tarix04.05.2023
ölçüsü154,51 Kb.
#108464
1   2   3   4   5   6   7   8
D.Talibjanova KURS ISHI

III.XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish kerakki bugungi kunda “Analitik kimyo” fani boshqa fanlar bilan bevosita bog’liqdir. Analitik kimyo qishloq xo’jaligida xam katta axamiyatga egadir. Ekinlardan mo’l xosil olish va chorvachilikda maxsuldorlikni oshirish vazifasi tuproq tarkibini o’rganish,o’g’itlar, yem-xashak tarkibini mukammal bilish talab etadi.
Yodometriya metodiga keladigon bo’lsak, bu metod yod barcha galogenlar singari elektronlarini oson bera oladigan moddalardan elektronlarni qabul qiladi,shuning uchun erkin yod kaliy permanganatlardan deyarli kuchsiz oksidlovchi xisoblanadi.
Yodometriyada indikator sifatida kraxmal eritmasidan foydalaniladi. Ma’lumki,erkin yod kraxmal eritmasini zangori rangga bo’yaydi. Agar biror qaytaruvchi eritmasi kraxmal ishtirokida yod eritmasi bilan titrlansa, ekvivalent nuqtaga erishilgandan so’ng eritmaga ortiqcha bir tomchi yod eritmasi qo’shilganda barqaror zangori rang paydo bo’ladi.
Aksincha, ya’ni yod eritmasiga kraxmal ishtirokida qaytaruvchi eritmasidan oz-oz qo’shib titrlash xam mumkin. Keyingi xolatda ekvivalent nuqtani aniqlashda eritmaning zangori rangi yo’qolishidan foydalaniladi.
Yodometriyani ikki guruxga ajratish mumkin:
a) Qaytaruvchilarni aniqlash;
b) Oksidlovchilarni aniqlash;
Shunday qilib, yodometrik titrlash yo’li bilan qaytaruvchilarni aniqlashda standart eritma sifatida yod eritmasi ishlatiladi,oksidlovchilarni aniqlashda esa ishchi eritmasi sifatida natriy tiosulfat eritmasi ishlatiladi.
Yodometrik metoddan, yuqorida ko’rib o’tilgan qaytaruvchi va oksidlovchilarni aniqlashdan tashqari, kislotalarni aniqlashda xam foydalanish mumkin.
Har bir titrlash metodining kamchiliklari va afzalliklari bo’lgani singari, Yodometirik titrlash usulining kamchiliklari va afzalliklari ham bor. Ular quydagilardir.
Yodometrik titrlash usulining kamchiliklari:
1. J2 uchuvchan.
2. J- havo О2 ta`sirida oksidlanadi.
3. Yodometrik titrlash usulini ishqoriy muhitda olib borilmaydi,chunki disproporsiyalanish reaksiyasi boradi.
4. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi sekin boradi.
5. Reaksiya natijasida hosil bo’lgan cho’kma yoki boshqa aktiv moddalarda J2 adsorbsiyalanadi.
6. J2 va Na2S2O3 eritmalari vaqt o’tishi bilan titrini o’zgartiradi.
Yodometrik titrlash usulining afzalliklari:
1. Yodometrik usul bilan ko’pgina J2 va J- bilan reaksiyaga kirishmaydigan moddalarni aniqlash mumkin: Masalan: Н2О ni Fisher usuli bilan.
2. Boshqa oksidlanish-qaytarilish usullariga nisbatan aniqligi katta.
3. J2 o’ziga hos rangga ega bo’lganligi sababli ekvivalent nuqtani indikatorsiz ham aniqlash mumkin.
4. J2 suvli eritmadan tashqari organik erituvchilarda yahshi eriydi, shu sababli titrlashni suvsiz eritmalarda ham olib borish mumkin.

Yüklə 154,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə