Oxirgi yillarda analitik kimyo fan sifatida katta o‘zgarishlarga yuz tutdi


Yodning aniq titrlangan eritmasini tayyorlash



Yüklə 154,51 Kb.
səhifə5/8
tarix04.05.2023
ölçüsü154,51 Kb.
#108464
1   2   3   4   5   6   7   8
D.Talibjanova KURS ISHI

Yodning aniq titrlangan eritmasini tayyorlash
Qaytaruvchilarni yodometrik usulda aniqlash uchun yodning titrlangan ishchi eritmasi kerek bo’ladi.Yod eritmasining konsentratsiyasi natriy tiosulfat yordamida aniqlanadi.Yodning molyar– ekvivalent massasi, gramm – atomiga, ya`ni 126,9 » 127 g teng 0,050 n 250,0 ml yodning eritmasini tayyorlash uchun:

Yodning suvda yomon erishini bilgan holda, yodni KJ ning to’yingan eritmasida (2-3 g KJ ozgina suvda) eritiladi, bunda quyidagi tenglamaga muvofiq qizil – qo’ng’ir tusli va suvda eruvchan kompleks birik K[J3] hosil bo’ladi:
J2 + KJ ↔ K[J3]
Tenokimyoviy tarozida 0.65 yod (byuksda)tortib olinadi va u sig’ma 250 mlli o’lchov kolbasiga o’tkaziladi,uning ustiga 10 ml 25%li KJ eritmasidan quyib eritma xajmi kolba sig’imining yarimigacha yetkaziladi.Aralashmani chayqatib kristallarining to’liq erishiga erishiladi.Shundan so’ng eritmaning xajmi kolba belgisiga qadar yetkaziladi va eritma chayqatilib aralashtiriladi.
II. TAJRIBA QISM
II.1. Natriy tiosulfat eritmasi titrini kaliy dixromat bo’yicha topish
Kaliy dixromat eritmasi juda barqaror va titrlashda aniq natija beradi. Tiosulfat eritmasi titrini aniqlashda yordamchi kaliy yodid eritmasi ishlatiladi. Kaliy dixromat bo’yicha natriy tiosulfat eritmasi titrini aniqlash moxiyati shunda.
Kaliy dixromat oksidlovchi sifatida kaliy yodiddan erkin yodni ajratadi,bu ajralgan yod miqdori kaliy dixromatning olingan tortimi massasiga ekvivalent miqdorda bo’ladi.Ajralib chiqqan yodni natriy tiosulfat eritmasi bilan titrlanadi.
Tayyorlanadigan kaliy dixromat eritmasi konsentratsiyasi xam natriy tiosulfat eritmasi konsentratsiyasi kabi 0.01 n bo’lish kerak.

Analitik tarozida kaliy dixromatning tortimi o’lchab olinadi,250 ml xajmli o’lchov kolbasiga o’tkaziladi,distrlangan suvda eritiladi,eritma xajmi distillangan suv qo’shib ,kolba belgisiga yetkiziladi,kolba tiqini bekitilib,eritma yaxshilab aralashtiriladi.Olingan tortimning aniq massasi bo’yicha kaliy dixromat eritmasi normalligi xisoblanadi.
Natriy tiosulfat eritmasi titri quyidagicha bajariladi. Konussimon kolbaga pipetkada 25 ml kaliy dixromatning standart eritmasidan o’lchab solinadi,ustiga 15-20 ml 4 n sulfat kislotasi eritmasidan qo’shiladi. So’ng 3-5 gr KJ qo’shilib ,5 minut qorong’u joyga qolba ichidagi aralashmasi bilan qo’yiladi.
Shundan so’ng esa 100-150 ml distrlangan suv qo’shilib,normalligi topilishi lozim bo’lgan natriy tiosulfat eritmasi bilan titrlanadi. Avval titrlashni indikatorsiz olib boriladi, eritma och-sariq tusga kirgach 2-3 ml kraxmal eritmasi qo’shiladi va eritmaning ko’k rangi yo’qolib, Cr3+ ioni xosil bo’lishi xisobiga yashil rang xosil bo’lguncha titrlanadi. SHu tarzda titrlashni 3 marta takrorlanadi.


Yüklə 154,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə