Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


IX-XII asrlarda hukmron bo‘lgan sulolar davrida kutubxona-



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/71
tarix13.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#105381
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

2. IX-XII asrlarda hukmron bo‘lgan sulolar davrida kutubxona-
arxivlarining shakllanishi. 
Ko‘pgina manbalardan bizga malumki, toxiriylar, 
somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar va xorazmshohlar saroylarida kutubxona- 
arxivlari mavjud bo‘lgan. Bu davrda Marv, Nishopur, Ray, Balx, Hamadon, Tus, 
Buxoro, Samarqand, Urganch, Xiva, Nisa, Termiz va boshqa shaharlarning har 
birida o‘nlab davlat, vaqf va shaxsiy kutubxonalar vujudga kelgan. Ularda ko‘p 
minglab Arastu, Aflotun, Iqlidus, Batlimus, Suqrot, Arximedlarning nodir 
qo‘lyozmalari, shuningdek, qadimgi hind, pahlaviy, yunon, arab, fors va turkiy 
tillarda yozilgan olim, mutafakkirlar asarlarining asl nusxalari, tarjimalari 
saqlangan. Kutubxonachilik yuqori darajada rivojlanib, sifat jihatdan o‘sha davrdagi 
Ovro‘po yoki dunyoning boshqa mamlakatlaridan benihoya ustun edi. Masalan, 
Yevropaning XII asrdagi barmoq bilan sanarli eng mashhur kutubxonalarida 150-


26 
200 jilddan nari borsa 500 nusxa kitob bo‘lgani holda, Buxoro, Samarqand, Marv, 
Nishopur, G‘azna, Urganch shaharlarda minglab kitob nusxalari saqlangan. 
Masalan, birgina Bog‘doddagi “Xizant-ul-Ilm” kutubxonasida Qur’oni Karimning 
yuzlab nusxasi, 10 400 dan ortiq turli mutafakkirlar asarlarining eng nodir, asl 
nusxalari saqlangan. Samarqand, Buxoro, Balx, Hamadon, G‘azna, Urganch va 
boshqa shaharlarning har birida o‘nlab etti iqlimga dong‘i ketgan kutubxonalar 
kecha-kunduz ishlab turgan. 
Kutubxonalar shaxsiy, vaqf (masjid va madrasalarda) va saroyda tashkil 
etilgan. Ularning ko‘pchiligida kitoblar o‘z sohalari bo‘yicha kataloglashtirilgan, 
tartibga solingan, maxsus va malakali xodimlar biriktirilgan. Shuningdek, 
kutubxonalar farroshlar, qorovullar va boshqa xodimlarga ega bo‘lib, to‘la 
moliyaviy ta’minlangan. Ulardagi kitoblarni kutubxonaning o‘zida, shuningdek 
ma’lum garov evaziga, ko‘pincha pulga uyga olib o‘qish mumkin bo‘lgan. 
O‘rta Osiyo kutubxonalari Hindiston, Eron, Istambul, Qohira shaharlarida 
Sharq tili va uslublarida bitilgan, shuningdek, O‘rta Osiyoning yirik shaharlarida 
yashab ijod etgan adib va xottotlar tomonidan tayorlangan kitoblar hisobiga 
kengayib, boyib bordi. Mo‘g‘ullar istilosiga qadar (XI - XII aslar) Marvda saqlangan 
Saljuqiylar va Gurgunchdagi Xorazmshoxlar kutubxonalari juda mashxur bo‘lgan.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə