Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/71
tarix13.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#105381
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

 
Savol va topshiriqlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi qachon tashkil topdi? 
2.O‘zR MDA tomonidan qaysi ko‘rsatgichlar nashrga tayyorlandi? 
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan fondlar 
xususida nimalarni bilib oldingiz? 
4.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan shaxsiy fond 
hujjatlari asosida mustaqil ishi tayyorlash. 
5. Mustaqillik yillarida O‘zR MDA da qanday ishlar amalga oshirildi.
Manba va adabiyotlar 
1. Арафонова З.И., Халфин Н.А. Путеводитель. – Ташкент,1948.-Б.182.
2. Ланда Л.М. Путеводитель. - Ташкент.,1960.-Б.332. 
3. Путеводитель по фондам Центрального Государтвенного Архива Узбекской 
ССР. – Ташкент.,1986.-Б.136. 
4. Путеводитель по фондам Центрального Государственного Архива 
Республики Узбекистан. – Ташкент.,1996.-Б.142. 
5. Путеводитель по фондам Центрального Государственного Архива 
Республики Узбекистан. Часть V. – Ташкент., 2013.-Б.104. 
6. Исакова М. Становление и развитие архивного дела в Узбекистане. – 
Тошкент: Университет, 2012.-C.204. 
7. Набиев А. Тарихий ўлкашунослик. – Тошкент: Ўқитувчи, 1979.-Б.166.


102 
11-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi kino surat ovozli hujjatlar 
Markaziy davlat arxivi 
Reja: 
1.O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat 
arxivining tashkil topishi. 
2. O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat 
arxivida saqlanayotgan fondlar. 
3. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar 
Markaziy davlat arxivining faoliyati. 
1. O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy 
davlat arxivining tashkil topishi. 
O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli 
hujjatlar Markaziy davlat arxivi (O‘R KSOH MDA) ikkinchi jahon urushining eng 
qizg‘in pallasida ya’ni 1943-yili tashkil topdi. Vatanimiz tarixini o‘zida aks ettirgan 
foto hujjatlarbundan ancha oldin to‘plana boshlangan edi. Turkiston ASSR 
XKSning 1921-yil 25-yanvardagi qaroriga binoan tashkil etilgan arxivlarda 
qo‘lyozma hujjatlar bilan birga nashr qilingan materiallar va fotohujjatlar ham 
yig‘ila boshlandi. Mazkur hujjatlarni saqlash choralari ko‘rildi. Ushbu jarayon 1935- 
yil oktyabr to‘ntarishi Markaziy davlat arxivi tarkibida foto bo‘limini tashkil 
etilganidan yanada tartibli ravishda amalga oshirila boshlandi. 
 
Biroq, 1939-yilda bo‘lim yopilgandan so‘ng fotohujjatlar 1943-yilgacha, 
ya’ni kino, surat va ovozli hujjatlar markaziy davlat arxivi tashkil etilguncha 
nazoratsiz qoldi. Bu hol respublikamiz tarixiga oid ko‘pgina fotohujjatlarning 
yo‘qolishiga yoki ularga shikast etishiga sabab bo‘ldi.
1943-yil 18-martda Toshkent shahrida kino, surat, ovozli hujjatlar Markaziy 
davlat arxivi tashkil etilishi munosabati bilan 25m
2
maydonga ega bo‘lgan xona 
ajratilib, unga Qirg‘iziston Sovet Respublikasida shunday arxiv tashkil etishda 
ishtirok etgan shaxs – A.S.Etdelmen direktor etib tayinlandi.
II jahon urushi davridagi reportajlar foto hujjatlarinng yangi taraqqiyot 
bosqichi bo‘ldi. Urush foto-yilnomalarini yaratishda turli mamlakatlar 
fotoreportyorlari katta xissalarini qo‘shdilar. 1950-80-yillar hujjatli foto san’ati, 


103 
jahonning eng yirik agentliklari tomonidan jo‘natilgan reportyorlarning sayohatda 
yaratgan janrli fotografiyalari rivoji bilan xarakterlanadi. 
O‘zbekiston hududiga XIX asrning 2-yarmida Yevropadan kelgan ko‘plab 
sayyoh-tijjoratchilar va boshqa kasb egalari yurtimizni bebaho madaniy merosi, 
ayniqsa, ularni hayratga solgan mirobchilik (irrigatsiya) san’ati, nafis 
hunarmandchilik san’ati va odamlarning yashash tarzi madaniyatini aks ettirgan va 
bu tasvirlarni tarqatishgan. 
Dastlabki o‘zbek fotoustalaridan biri xivalik Xudoybergan Devonov 1907-
1908-yillar Peterburgga borib bu kasbni chuqur o‘rganish bilan birga o‘sha davrning 
eng ilg‘or foto-texnikasini olib kelgan va juda ko‘plab o‘ta yuksak tarixiy, badiiy 
mahorat namunalari bo‘lgan fotosuratlar yaratgan. 
1940-yillarda O‘zbekiston foto hujjatlarining ijodiy uslublari ko‘paydi, janriy 
shakllar ortdi va fotograflar turli sohalar bo‘yicha ixtisoslasha bordi (mas, E. 
Yuditskiy – me’morlik, Romeev – teatr, A. Palexov – portret, R. Albekov – bolalar 
hayoti, R. Shamsiddinov, S. Beznosov – maishiy janr, S. Mahkamov – madaniyat 
bo‘yicha ixtisoslashdi). O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi fotoseksiyasi, yirik 
korxonalarda tashkil topgan fotoklublar respublika foto san’atining va xujjat 
turlarining rivojida muhim rol o‘ynadi. 
Bir yil ichida arxiv xodimlari tomonidan arxiv saqlovxonasiga qabul qilinishi 
kerak bo‘lgan hujjatlarni aniqlash va ularni qabul qilish bo‘yicha uslubiy 
ishlanmalar tayyorlashga hamda hujjatlarni fondlar bo‘yicha xisobga olishdan voz 
kechib, saqlov birligiga ko‘ra ro‘yxatga olishga o‘tildi. Biroq arxiv faoliyatini 
sustlashtiruvchi omillar ham mavjud bo‘lib, ular malakali kadrlarning etishmasligi 
va arxiv ishining markazlashgan holda boshqarilishidan iborat bo‘lgan. 
1959-yil 5-iyunda arxivning markaziy davlat arxivi tarkibiga kiritilishi va uni 
kino, surat, ovozli hujjatlar bo‘limiga aylantirilishi hujjatlarni saqlash ishiga ancha 
zarar etkazdi. To‘rt kishidan iborat bo‘lgan bo‘lim o‘z faoliyatini amalga oshirishda 
mustaqil qarorlar qabul qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan edi. 
1960-yillarda hukumat vakillaridan iborat bo‘lgan maxsus komissiya 
tomonidan amalga oshirilgan tekshirishlar natijasida arxivni qayta tashkil etish 


104 
borasidagi bir qator asosli xulosalalar yozildi. 1970-yili A.A. Mirzaboevning 
tashabbusi bilan O‘zbekiston SSR kino, surat, ovozli hujjatlar Markaziy davlat 
arxivi binolarining qurilish ishlari nihoyasiga etdi. Alim Mirzaboevning 
ko‘rsatmalari bilan qurilish ishlari davomida maxsus saqlovxonalar loyihalari ishlab 
chiqilgan. 1973-yil fevralda O‘zbekiston hukumati tomonidan “Respublika arxiv 
ishini qayta tashkil etish to‘g‘risidagi” qaror qabul qilinib, unga asosan kino, surat, 
ovozli hujjatlar markaziy davlat arxivi qayta tiklandi.
 
1974-yildan O‘zbekiston SSR kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivi 
1991-yil sentyabrdan O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar 
Markaziy davlat arxivi (O‘R KSOH MDA) deb nomlana boshlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat 
arxivi O‘rta Osiyodagi eng yirik va O‘zbekistondagi yagona, maxsus hujjatlar 
saqlovi uchun ixtisoslashgan arxivdir. O‘R KSOH MDA O‘zbekiston 
Respublikasida o‘z soxasiga tegishli bo‘lgan maxsus hujjatlar bilan ishlashda ilmiy-
uslubiy markaz hisoblanadi. 
Amerika Qo‘shma Shtatlarida ushbu arxivning jamiyatdagi o‘rni xususida 
Antonina Burton o‘zining “Archive Stories facts, fictions and the writing of history” 
asarida shunday deydi: “Butun dunyo bo‘ylab tarix ustida haqiqatni so‘zlash 
to‘g‘risidagi tushunchalar siyosiy, moddiy ahamiyat kasb etib bordi. Shuning uchun 
arxiv hujjatlarining tarixchi olimlar uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini 
tushunish mumkin. Arxiv hujjatlaridagi topilgan maxfiy sirlar ataylabdan 
o‘zgartirilgan, yolg‘on dalil va ma’lumotlar millatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini 
namoyon etadi. Yangi ming yillikda ajoyib hodisalardan biri shunda ediki, endilikda 
arxiv hikoyalariga qonun tashqarisidagi turli sohalarda ham duch kelish mumkin 
edi”. (Antonina Burton. Archive Stories facts, fictions and the writing of history). -
London.2005.-P.4.). 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə