Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


 Parfiya va Tuproqqal’a arxivining topilishi hamda o‘rganilishi



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/71
tarix13.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#105381
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

2. Parfiya va Tuproqqal’a arxivining topilishi hamda o‘rganilishi.
Markaziy 
Osiyoda yozuv paydo bo‘lishi bilan muhim voqea-hodisalarni qandaydir qattiq 
narsalarga-devor, tosh, sopol buyumlar, metal taxtacha, yog‘och va yog‘och 


16 
taxtachalarga qayd qilib borish an’analari paydo bo‘ldi. Shunday qilib, muhim 
voqealar hujjatlashtirilib borilgan va hujjatlarni saqlash an’anasi paydo bo‘lgan.
Shunga qadar Markaziy Osiyoda arxivchilik an’anasining paydo bo‘lganligi va 
rivojlanganligini tasdiqlaydigan arxivlar topilgan. Qadimgi Nisadan topilgan Parfiya 
ish yuritish hujjatlari podshohning sharob saqlanuvchi omborxonasidan topilgan 
2700 dan ortiq ostrakon (sopol taxtacha)lardan iborat bo‘lib, kimga, qancha yoki 
kim, qaerdan vino olib kelganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Mazkur 
ostrakonlar hisob hujjatlari vazifasini o‘tagan. Hujjatlar oromiy alifbosiga 
asoslangan parfiya tilida yozilgan. 
Hujjatlar tasodifiy ravishda bir joyda to‘plangan bo‘lib, miloddan avvalgi I 
asr va milodiy II-III asrlarni o‘z ichiga oladi. Hujjatlardagi ma’lumotlar cheklangan 
bo‘lishiga qaramay, umumiy holda ular Parfiya jamiyati hayotining turli tomonlari 
to‘g‘risida axborot beradi. Ular yordamida podshohlik xo‘jaligining ayrim jihatlarini 
o‘rganish mumkin. Xususan ular Parfiya podshohligining ma’muriy-huquqiy 
tuzilishi, boshqaruv tizimi, ijtimoiy qatlami to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga 
yordam beradi. 
1945-1950-yillarda S.P.Tolstov tomonidan Qorakalpog‘istonning Elliqqal’a 
tumanida joylashgan Tuproqqal’a harobalaridan Xorazm hujjatlari sanalgan ulkan 
arxivining topilishi fanga katta ma’lumotlarni olib kirdi. Tarix fanida bu arxiv joy 
nomi bilan “Tuproqqal’a arxivi” deb yuritiladi. Hujjatlardan ma’lumki, Xorazmda 
devonxona ish yuritish va arxivlashtirish ishlari juda yaxshi rivojlangan. Ayniqsa, 
ma’muriy-xo‘jalik tizimi turkumiga kirgan arxiv xujjatlarining topilishi Xorazm 
davlatidagi ish yuritish an’anasi uzoq davrlardan buyon davom etib 
kelayotganligini bildiradi.
Eramizning boshlari va milodiy II–III asrlarda, Tuproqqal’ada Xorazm 
shohlarining qarorgohini o‘rganish davomida to‘plangan ashyoviy manbalarda, 
ayniqsa, haykaltaroshlik namunalarida Kushon podsholigi davri madaniyatining 
ta’siri yaqqol seziladi. Xorazmda yozuv o‘z yo‘nalishida davom etgan va oromiy 
alifbosi asosida qadimgi xorazm yozuvi shakllangan. Qadimgi Xorazm davlati 
poytaxti – Tuproqqal’a arki-a’losidagi podsho qarorgohi bo‘lib xizmat qilgan saroy 


17 
majmuini o‘rganish jarayonida III asrga oid Xorazm podsholari arxivi topilgan. 
Tuproqqal’a saroyidagi podsho arxivida 1947–1949 yillarda S.P. Tolstov 
rahbarligidagi Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi a’zolari qadimgi 
xorazmliklarning teri va yog‘ochga yozilgan 140 ta hujjatini topishdi. Shundan 122 
tasi teriga yozilgan bo‘lib, ularning ko‘pi chirib ketgan. Teriga yozilgan hujjatlardan 
18 tasi, taxtaga yozilganlardan esa 8 tasi yaxshi saqlangan. Bu hujjatlarning asosiy 
qismi ma’muriy-xo‘jalik masalalariga doir bo‘lib, oromiy tipidagi alifboda yozilgan. 
Hujjatlarning tili A.A. Freyman va boshqa tilshunoslar tekshirgan Xorazmning XIII 
– XIV asrlardagi o‘ziga xos eroniy (forsiy) tiliga o‘xshaydi. Ayrim hujjatlarning yili 
ham ko‘rsatilgan. Ular teriga yozilgan bo‘lib, noma’lum davr sanalari – 207, 231 va 
232 yillar bilan belgilangan. Hujjatlar topilgan madaniy qatlam Xorazm tarixining 
kushon-afrig‘iylar davri oralig‘i, ya’ni III-IV asrlarga oiddir. 
Tuproqqal’a hujjatlari Mug‘ qal’asidan topilgan Panjikent hokimi Devashtich
arxivi kabi O‘rta Osiyoning qadimgi davriga xos ijtimoiy munasabatlarni 
o‘rganishda beqiyos muhim manba hisoblanadi. Ilk o‘rta asrlarga oid teriga bitilgan 
boshqa bir Xorazm hujjati Yakkaporson ko‘shkida, 1959 yilda Xorazm arxeologik-
etnografik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan topilgan. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə