O`z bekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Kashtachilikda naqshlarning qo’llanishi va kompozistion masalasi



Yüklə 7,78 Mb.
səhifə11/24
tarix01.06.2023
ölçüsü7,78 Mb.
#114967
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Shamsinur diplom — копия

Kashtachilikda naqshlarning qo’llanishi va kompozistion masalasi Naqsh- arabcha tasvir, gul degan ma’noni anglatadi. Kashtado’zlik san’atida
har bir millatning o’ziga xos eng ko’p qo’llaydigan naqshlari bo’ladi. O’zbek kashtalarida usimliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko’p bo’lsa, rus kashtachiligida geometrik, usimliksimon shakllar, gullar, qush va mevalar ko’p tasvirlanadi, qozoq va qirg’iz kashtachiligida esa ko’proq hayvonlar, shox va to’yoqlarni eslatuvchi elementlar tasvirlanadi.
Rang-tasvir vositalar yordamida ishlangan, nur va soyalar hajmni keltirib chiqaradigan, shu bilan birga uylamay-netmay tabiatdan aynan kuchirishga intilmagan rasmchini naturadan yaqinroq bulishi mumkin. Kashta gulini yaratishda naturaga qarab rasmni chizib oladi, keyin uni naqshga va turli naqshdor kompozistiyaga aylantiriladi. Naqsh bilan amaliy san’at buyumlari bezatiladi, shuning uchun u buyumning ajralmas qismi bo’lib, usha buyumning shakliga, vazifasiga va qanday materialdan tikilishiga butunlay bog’liq bo’ladi. Rasmni naqshga aylantirishda uning (guli va hokazo) xarakterli belgilari tanlanadi. Usimlik, qush motivlarini aniq kursatishga intilmay, faqat asosiy chiziqlarigina burttirib kontur qilib chiziladi.
Biror buyumni tikishdan oldin uning badiiy echimini uylab ko’rish, bezakning undagi ayrim bulaklarining buyum yo’zasiga qanday joylashtirishni, elementlarning nisbatlarini, qanday rangda tikishni, ya’ni kompozistiya tushunchasiga kiradigan hamma narsani aniqlab olish kerak. Kompozistiya xarakteri ko’proq ritmga-naqshdagi alohida elementlarga bog’liq bo’lib, bu kompozistiyaning ifodali bulishiga aniq idrok etilishiga yordam beradi.
Kompozistiya (mujassamot) - lotincha "Kompositio" so’zidan olingan bo’lib, to’qish, to’zish, bir-biriga solishtirish, naqshni g’oyasi, xarakteri va vazifasiga, muvofiq uyg’un hamda mutanosib joylashtirish degan ma’noni anglatadi.
Ritm - naqsh kompozistiyasining ma’lum bir qismi, ma’lum bir masofada doimiy ravishda bir tekisda takrorlanib kelishi bo’lib, naqshdagi harakatning o’zluksiz va go’zal ko’rinishini ta’minlaydi. Simmetriya - grekcha so’zdan olingan bo’lib, ulchovlarning bir-biriga munosibligi tushuniladi.

Yüklə 7,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə