O`z bekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Kashtachilikda ranglar ahamiyati



Yüklə 7,78 Mb.
səhifə16/24
tarix01.06.2023
ölçüsü7,78 Mb.
#114967
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Shamsinur diplom — копия

Kashtachilikda ranglar ahamiyati


Kashtachilikda rang asosiy va muhim o’rinni egallaydi. Kashtaning rangi uning fonidan ya’ni asosidan kelib chiqib, rang kaloriti tanlanadi. Oq bo’z hech qachon sutdek oppoq bo’lmaydi. Uning bir oz kulrang, sarg’ish tusi uzviy kaloritni hosil qilishga bir qadar mosdir. Kashtachilikda rang asosiy va muhim o’rinni egallaydi. Kashtaning rangi uning fonidan ya’ni asosidan kelib chiqib, rang kaloriti tanlanadi. Oq bo’z hech qachon sutdek oppoq bo’lmaydi. Uning bir oz kulrang, sarg’ish tusi uzviy kaloritni hosil qilishga bir qadar mosdir. Rang buyumning shaklini yoki katta kichikligini o’zgartirib kursatishi mumkin. Agar qizil va kuk dog’lar bilan qoplangan yo’zaga qaralsa, bunda qizil dog’lar kuk dog’larga
nisbatan yaqinroq bo’lib, aldab ko’rinishi mumkin. Och va iliq ranglar to’q va sovuq ranglarga qaraganda yaqinroq ko’rinadi. Shuning uchun ranglar buyumlarni kattalashgandek, sovuq ranglar esa, kichiklashgandek kursatadi.
Ranglarning bu xususiyatidan kiyimning ayrim bulaklarini burttiribroq, turtib turgan joylarini silliqroq qilib kursatish uchun foydalansa bo’ladi. O’zoqdan ko’rinadigan buyumlar kashtasini to’q rangdagi iplar bilan tikiladi. Kashta tikish uchun iplarni tanlash, ular rangini xillash buyumning nimaga muljallanganiga, gulning kattaligi va qanday joylanishiga bog’liq bo’ladi.
Odatda, kashta guliga asosiy o’rin berilib, gazlama rangiga qushimcha o’rin beriladi. Shuning uchun gazlama rangi naqsh rangidan ochiq bo’lib ajralib turmasligi kerak. Kashta gulining rangini tanlashni bajarish sanama chok, tekis chok va hokazolarga ham bog’liq bo’ladi.
Iplarni tanlashda ranglarning yug’onlashuvini, ular bir-biriga qanday ta’sir etishini bilish zarur. O’zaro mos ranglarni tanlashda berk spektr qatori ranglaridan iborat ranglar doirasi asos qilib olinadi.
Agar uch qirrali shisha prizmadan nur tarami utkazilsa, u tarkibiy qismlarga bulinib ko’rinadi, rangli yul-spektr hosil bo’ladi.
Tabiatda ranglarning bunday qo’shilishini ko’pincha kamalakda, quyosh nuri shudring zarralaridan utishida ko’rish mumkin. Ko’zga ko’rinadigan spektr uzluksiz o’zgara boradigan qizil, to’q sariq, sariq, yashil, zangori, ko’k, binafsha ranglar qatoridan iborat. Bu ranglar bir-biridan oraliq tuslar gammasi bilan ajralgan bo’ladi. Agar spektr ranglarini o’sha tartibda doiraga joylashtirilsa, ko’k- binafsha va qizil ranglar orasida to’q qizil rang bo’ladi.
Ranglar doirasini diametri bo’yicha bir tomonda qizil to’q sariq va sarg’ish- yashil, ikkinchi tomonida zangori-yashil, kuk, kukish-binafsha ranglar qoladigan qilib ikkiga bulish mumkin. Doiraning qizg’ish-sariq bulagidagi ranglari iliq va ularga qarama-qarshi hamma ranglar turlarini sovuq ranglar deyiladi.
Ular kukimtir ufq, suv, mo’z ranglarni eslatadi. Har qanday rang o’zining tusi, och va to’qligi bilan xarakterlanadi. Rang tusi-qizil, kuk, sariq va hokazo- rangdorlikdir
Agar fon rangli bo’lsa, u holda shu rangga mos kashta ipaklari tanlab olinadi. Ba’zan fon ipaklar bilan birga ornamentning rang – barang mos kashta ipaklar bilan birga ornamentining rang – barang ochilib turishiga xizmat qiladi.
XIX asrda kashtalarda ipakning to’qqiz xilidan tortib, o’n to’rt xiligacha, ba’zan undan ham ortiq ishlatilganini ko’ramiz.
Bunday rang – baranglik so’zanani jozibali bo’lishiga olib keladi.
Asosan oq fonga qizil ranglar solib tikish odatda jozibadorligini oshiradi.
Gullar va doira bezaklari ham qizil ipaklar bilan tikiladi.
Ornametn yaproqlari yashil, ba’zan havorang va zangori shakllar, yaproqlarning markazlari jigarrang, och jigarrang va ko’m – ko’k ipak bilan tikiladi.
Bunday rang – baranglik tabiatdagi o’simliklarning rangiga tabiatan mos keladi. Qizil rang, to’q sariq, och qizil, to’q qizil va yashil ranglar esa ularni yashnatib turadi.Qizil rang, to’q sariq rang kabi turli yoqimli ranglarga taqqoslab tikilib chiqadi. Bular yonida “sovuq” ranglardan to’q qizil va och qizil ranglar tikiladi.
Kashtalarda qo’llaniladigan yashil ranglar ham turli – tuman bo’ladi. Ularda sarg’ish yashil va ko’kish feruza (dengiz suvi rangi) turlari bilan birga to’q havo rang, yashil ranglarning har xil qo’llanilishi mumkin. Sariq va havo ranglarning aralashuvidan hosil qilinadigan yashil rang ham har xil ko’rinishga egadir. Unda goh zarhal, goh havo ranglar tovlanib, ajoyib joziba hosil bo’ladi.
Iplarni tanlashda ranglarning yug’onlashuvini, ular bir-biriga qanday ta’sir etishini bilish zarur. O’zaro mos ranglarni tanlashda berk spektr qatori ranglaridan iborat ranglar doirasi asos qilib olinadi.
Agar uch qirrali shisha prizmadan nur tarami utkazilsa, u tarkibiy qismlarga bulinib kurinadi, rangli yul-spektr hosil buladi.
Tabiatda ranglarning bunday qushilishini kupincha kamalakda, quyosh nuri shudring zarralaridan utishida kurish mumkin. Ko’zga kurinadigan spektr o’zluksiz o’zgara boradigan qizil, tuq sariq, sariq, yashil, zangori, kuk, binafsha ranglar qatoridan iborat. Bu ranglar bir-biridan oraliq tuslar gammasi bilan ajralgan buladi.
Agar spektr ranglarini usha tartibda doiraga joylashtirilsa, kuk- binafsha va qizil ranglar orasida tuq qizil rang buladi.
Ranglar doirasini diametri buyicha bir tomonda qizil tuq sariq va sarg’ish- yashil, ikkinchi tomonida zangori-yashil, kuk, kukish-binafsha ranglar qoladigan qilib ikkiga bulish mumkin. Doiraning qizg’ish-sariq bulagidagi ranglari iliq va ularga qarama-qarshi hamma ranglar turlarini sovuq ranglar deyiladi.
Ular ko’kimtir ufq, suv, mo’z ranglarni eslatadi. Har qanday rang o’zining tusi, och va tuqligi bilan xarakterlanadi. Rang tusi-qizil, kuk, sariq va hokazo- rangdorlikdir.
19 asrning oxiri, 20 asr boshlarida rang berish tubdan oʼzgardi. Badiiy
sanʼatdan grafika uslubiga koʼproq yondoshildi. Bu esa soʼzanalardagi tabiiylikni birmuncha pasaytirdi. Ipaklar analin bilan boʼyalgandan soʼng ularning nafisligi va jozibasi pasaydi,dagʼal va yoqimsiz boʼlib qoldi. Hozirgi kunda ipak iplarni tabiiy boʼyoqlar bilan boʼyash yana qayta yoʼlga qoʼyildi va bu bilan ipaklardagi jozibadorlik yanada ortdi. Ularning yaltiroqligi kashtadagi gullar va barglarning yanada jonli qiyofa kasb etish insonlarda tabiatga, atrof-muhitga, badiiy bezak
sanʼatiga boʼlgan mehrni yanada kuchaytiradi.
Kashtada rangli ipaklar tabiiy boʼyoqlarda boʼyab tikilganda, avvalo, badiiy bezak sanʼatining umrboqiyligi oshadi, avloddan-avlodga meros boʼlib qolish, bir necha yuz yillar holatini saqlab qolish xususiyati kuchayadi.Chunki tabiiy boʼyoqlarga boʼyalgan ipak iplari quyosh nuri, tabiat injiqliklari, tashqi muhit
taʼsirlariga ancha pishiq va mustahkamdir. Tabiiy boʼyoqlarga boʼyalgan ipak iplaridan tayyorlangan goh katta soʼzanalar, goh kichik hajmdagi kashtachilik namunalari boʼlsin, ular inson oliy nerv sistemasiga juda ijobiy taʼsir etadi va
kishiga orombaxsh tuygʼu, hayotga muhabbat, mehnatni qadrlash, Vatanni sevish, sabr-qanoat, atrofdagi odamlarga mehr-oqibatli boʼlish, qadriyatlarni ardoqlash, uni asrab-avaylash kabi hissiyotlarni shakllantiradi.
Tabiiy bo’yoq tayyorlashda eng muhim o’simliklarning qaysi turidan va ularning qanday qismidan bo’yoq olish mumkinligini bilish zarur. Misol
tariqasida bir necha tur o’simliklardan bo’yoq tayyorlash usullarini keltiramiz:
Buning uchun ipak tolalar tabiiy yo’l orqali ranglanadi. Avvalambor, mahalliy sharoitda pilla tolasini yumshatib, bu quyidagicha bajariladi:
I. 10-15 litr suv olinadigan qozonga 1 kg ishqor (saksovul, sho’ra,
g’o’zapoya kuli) doka xaltachaga solinib, qozonga tashlanadi va suv 5-10 minut qaynatiladi. Ipak iplar kalavasi maxsus ishqorlangan 2 ta yog’och tayoqlarga joylashtirilib, qozonga solinadi va goh-gohida ular aylantirilib turiladi. Kalavalar 30-40 minut qaynatiladi. Qaynatilgan ipak ip kalavalari, avval iliq suvda 3-4 marta keyin sovuq suvda 3-4 marta ikki qo’llab, suvda aylantirilib yuviladi. Oxirida yaxshilab siqib, silkitib quritiladi.
Yumshatilgan ipak iplarini tabiiy bo’yoqlar yordamida bo’yaladi.
II. 1 kg ipakni sariq rangga bo’yash uchun – anor po’chog’i ni qorong’u joyga quritiladi. Quritilgan anor po’choqlarini yaxshilab yanchiladi. 500 gr yachilgan anor po’chog’i, 5 gr ishqor. Bu aralashma 40-45 minut past olovda qaynatiladi, so’ng 80 gr achchiq tosh solinadi. Jamlangan ipak solinib, 10-15 minut aralashmada saqlanadi va iplar sariq rangga bo’yaladi.
III. 1 kg ipakni yashil rangga bo’yash uchun – maxsus quritilgan o’sma o’simligi barglaridan 500 gr, 50-60 gr achchiq tosh, 5 gr soda, 200-300gr II yoki III temir oksidi. Aralashma 40-45 minut past olovda qaynatiladi. Qaynatilgan suv aralashmasiga iplar solinadi va 10-15 minut ikki qo’llab aylantirilib turiladi. Iplar yashil rangga bo’yaladi. Men bajargan so’zanadagi iplar rangi asosan usma, anor po’chog’i, piyoz, shotut, yong’oq po’chog’idan olingan



Yüklə 7,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə