O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

Lingvistik protsessorlar - 
tabiiy tilda kompyuter bilan muloqot qilishni 
ta’minlashga yordam beradigan dasturlar. XX asrning 70-yillarida AQSHda 
kompyuter bilan cheklangan muloqotni ta’minlaydigan tabiiy tilli interfeys tizimi 
(
LIFER
– Language Interface Facility with Ellipsis and Recursion) yaratildi. 1985 
yilda “Semantek” korporatsiyasi tomonidan 
Q&A
dasturi, “Karnegi gruppa” 
kompaniyasi tomonidan 
Language Craft
dasturiy ta’minoti ishlab chiqildi. Bu 


149 
turdagi dasturlar hozirda ingliz tilining standartlasgan so’zlashuv uslubida uncha 
katta bo’lmagan lu’g’at zahirasi bilan ishlamoqda. 
Lingvistik universaliya
- barcha tillarga yoki dunyo tillarining mutlaqo 
ko’pchilik qismiga xos umumiy qonuniyatlar. 1941 yilda Aginskiy tomonidan 

The Importance of language universals”
sarlavhali maqola e’lon qilindi. 1961 
yilda Nyu York shahrida universaliyalarga bag’ishlangan xalqaro konferensiya 
o’tkazildi. Unda J.Grinberg, J.Jenkins, Ch. Osgudlar 
“Lingvistik universaliyalar 
haqida memorandum”
mavzusida chiqish qildilar. Konferensiyada Ch.Osgud 
shunday yozadi: 
“Biz ushbu konferensiyada qonsiz inqilobning guvohi bo’lamiz”
.
Fonologiya, morfologiya, sintaksis, semantika sohalarida aniqlangan 
lingvistik universaliyalar 2000 yilga kelib 1600 tani tashkil etdi. Germaniyaning 
Konstanz universitetida lingvistik universaliyalarning bazasi (
Universals Archive

yaratildi va u har yili yangi ma’lumotlar bilan boyitib boriladi. Mazkur baza 
internetda 
http://www.ling.uni-konstanz.de/pages/proj/sprachbau.htm
saytiga 
joylangan.
Matematik lingvistika
- XX asrning 50-yillarida (1952 yilda) yuzaga kelgan 
amaliy tilshunoslikning alohida yo’nalishi bo’lib, unda tabiiy tillarning matematik 
modellarini (bunday formallashgan til 
metatil
deb ataladi) ishlab chiqish, xususan, 
sun’iy tillarni yaratish algoritmini tuzish bilan shug’ullanuvchi fandir. Bu fanning 
shakllanishida Kopengagen struktural tilshunoslik maktabi (glossematika)ning 
asoschisi Lui Yelmslevning g’oyalari o’ziga xos „turtki“ vazifasini o’tagan. U 
hatto til hosidalarini matematik bayonda tushuntiradigan fanning nomini ham taklif 
etgan. Olimning fikricha, bu fan „

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə