O’zbek I ton respubl I kas I ol I y va o’rta tal


Menejment fanining mazmuni va izlanish uslublari



Yüklə 280,15 Kb.
səhifə3/55
tarix22.03.2024
ölçüsü280,15 Kb.
#181059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
O’zbek I ton respubl I kas I ol-www.hozir.org

Menejment fanining mazmuni va izlanish uslublari
Har qanday fan o’z mazmuni, nazariyasi va uslubiga egadir. Mazmun fan nima bilan
shug’ullanishi, uning qaysi sohaga tegishli ekanligini belgilaydi. Nazariya bu sohada ro’y beradigan
jarayon va hodisalarning ro’y berish qonuniyatlarini aniqlaydi.
İ
zlanish usullari nazariyadan kelib chiqqan holda kishilar ilmiy va amaliy faoliyati qanday
amalga oshishini ko’rsatib berishi, fanning shu sohasida hodisalarni umumlashtirish va
o’rganishning turli vositalari va usullari tizimini ishlab chiqish lozim.
Menejment mohiyati xo’jalik yuritishning barcha darajalarida boshqarishning qonunlari
(qonuniyatlari), tamoyillari va munosabatlarini o’rganishdan iboratdir. Boshqaruv munosabatlari
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning ajralmas qismi bo’lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy,
mehnat, ruhiy va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi. Boshqaruv munosabatlari boshqaruv qo’l ostidagi
xodimlar o’rtasidagi aloqa va o’zaro tasirning murakkab majmuini ifodalaydi, demak, menejment,
avvalo, kishilarni boshqarishdir.
İ
qtisodiyotni boshqarishda bevosita boshqaruv obekti mehnat jamoalari va alohida
xodimlardan iboratdir. Faqat ularning mehnat faoliyati vositasida ishlab chiqarishning moddiy
unsurlari, yani mehnat qurollari va predmetlariga tasir etiladi.
Boshqaruvning asosiy bilish uslubi - dialektik uslub. U menejmentga o’rganilayotgan
ijtimoiy hodisalarning mohiyatini ochishga yordam beradi.
Menejmentga quyidagi boshqa uslublar ham xos: voqelik hodisalarini o’rganishga
aniqtarixiy yondashuv; xo’jalik yuritish barcha elementlarini bir vaqtning o’zida tahlil qilish va
to’liq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi tarkibiy yondashuv, tarkibiy tahlil,
iktisodiy tajriba va boshqalar.
Menejment mahorati uning barcha uslublarini egallash, ularni to’g’ri qo’llash, har bir aniq
vaziyatda eng samaralisini topish qobiliyatiga ega bo’lishdan iboratdir.

Yüklə 280,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə