|
Oʻzbek tili uchun teglangan korpus yaratish”
|
səhifə | 16/26 | tarix | 05.04.2023 | ölçüsü | 0,5 Mb. | | #104313 |
| 001 DISSERTATSIYA 2022 SOBIROV cop 21.06 (1)Teg (belgilash) nomi
|
Ma`nosi
|
Misollar
|
1
|
BBG
|
Biriktiruv bog‘lovchisi
|
Va, hamda
|
2
|
ZBG
|
Zidlov bog‘lovchisi
|
Ammo, lekin, biroq
|
3
|
ABG
|
Ayiruv bog‘lovchisi
|
Yo, yoki, yoxud, goh..goh
|
4
|
IBG
|
Inkor bog‘lovchisi
|
Na…na
|
5
|
ANBG
|
Aniqlov bog‘lovchisi
|
Ya’ni, -ki
|
6
|
SBG
|
Sabab bog‘lovchisi
|
Chunki, negaki, zeroki
|
7
|
SHBG
|
Shart bog‘lovchisi
|
Agar, mabodo, modomiki
|
8
|
MBG
|
Maqsad bog‘lovchisi
|
Toki
|
8-jadval
Bogʻlovchi soʻz turkumiga oid soʻzlarning izohlanish tartibini quyidagi misollar orqali koʻrishimiz mumkin:
BBG – Biriktiruv bogʻlovchisidan keyin ishlatiladi. Masalan: Men hamda/BBG akam uyga qaytyapmiz. Ushbu gapda hamda biriktiruv bogʻlovchisidan soʻng maxsus teg ishlatildi.
ZBG – Zidlov bogʻlovchisidan soʻng ishlatiladi. Masalan: Anvar ishga qaytmoqchi, ammo/ZBG gʻururi bunga yoʻl qoʻymaydi. Ushbu gapda ammo zidlov bogʻlovchisidan soʻng maxsus teg ishlatiladi.
ABG – Ayiruv bogʻlovchisidan keyin ishlatiladi. Shuni ta’kidlab oʻtish joizki, ayiruv bogʻlovchilari yakka (Xudo xohlasa, oʻgʻlimdan yoki nevaramdan polvon chiqaraman) yoki takror (Yo siz keling, yo men boray) holda ishlatilishi mumkin. Takror holatda har bir soʻz uchun /ABG tegi ishlatiladi.
IBG – Inkor bogʻlovchisidan keyin ishlatiladi. Inkor bogʻlovchisi bitta boʻlib “na… na” hisoblanadi va har doim takror holda ishlatiladi. Bu holatda ham har ikkala bogʻlovchidan soʻng
ANBG – Biriktiruv bogʻlovchisidan keyin ishlatiladi. Masalan: Men hamda/BBG akam uyga qaytyapmiz. Ushbu gapda hamda biriktiruv bogʻlovchisidan soʻng maxsus teg ishlatildi.
SBG – Biriktiruv bogʻlovchisidan keyin ishlatiladi. Masalan: Men hamda/BBG akam uyga qaytyapmiz. Ushbu gapda hamda biriktiruv bogʻlovchisidan soʻng maxsus teg ishlatildi.
SHBG – Biriktiruv bogʻlovchisidan keyin ishlatiladi. Masalan: Men hamda/BBG akam uyga qaytyapmiz. Ushbu gapda hamda biriktiruv bogʻlovchisidan soʻng maxsus teg ishlatildi.
MBG – Biriktiruv bogʻlovchisidan keyin ishlatiladi. Masalan: Men hamda/BBG akam uyga qaytyapmiz. Ushbu gapda hamda biriktiruv bogʻlovchisidan soʻng maxsus teg ishlatildi.
Ot, va otlashgan soʻzlardan keyin kelib, ularni boshqa soʻzlarga tobelanish yoʻli bilan bogʻlaydigan yordamchi soʻzlar koʻmakchi deyiladi: Oʻz qoʻli bilan toʻgʻriladi. Koʻmakchi qaysi soʻzdan keyin kelsa, oʻsha soʻz bilan birgalikda bir soʻroqqa javob boʻlib, bir xil gap boʻlagi vazifasini bajaradi. Oʻzbek tilida koʻmakchi ifodalaydigan ma’nolar soni 20 dan oshadi. Ushbu ishda koʻmakchilarning barcha ma’noviy turi uchun bitta teg ishlatildi: /KM.
KM – barcha turdagi koʻmakchilar uchun ishlatiladi. Masalan: Akam bilan/KM mashinada ketayotganda yoʻl chetidagi jiyanni koʻrib qoldik. Yuqoridagi misolda bilan koʻmakchisidan keyin /KM tegi ishlatildi.
Ayrim soʻzga yoki gapga qoʻshimcha ma’no berish uchun ishlatiladigan yordamchi soʻzlar yuklamalar deyiladi. Yuklamalarni ma’noviy guruhiga qarab soʻroq-taajjub, kuchaytiruv-ta’kid, gumon, ayiruv-chegaralov, inkor, oʻxshatish-qiyoslash ajratiladi. Aynan shunday taqsimot sabab, biz mos ravishda 6 ta teg ishlab chiqdik. Ularning roʻyxatini 9-jadvalda keltiramiz:
Dostları ilə paylaş: |
|
|