|
Oʻzbek tili uchun teglangan korpus yaratish”
|
səhifə | 14/26 | tarix | 05.04.2023 | ölçüsü | 0,5 Mb. | | #104313 |
| 001 DISSERTATSIYA 2022 SOBIROV cop 21.06 (1)Teg (belgilash) nomi
|
Ma`nosi
|
Misollar
|
1
|
HRV
|
Holat ravishi
|
Toʻsatdan, birdan, tez
|
2
|
MIRV
|
Miqdor ravishi
|
Koʻp, bir qancha, talay
|
3
|
ORV
|
Oʻrin – payt ravishi
|
Oldinga, pastda, yaqinda
|
4
|
PRV
|
Payt ravishi
|
Avval, oldin, ilgari
|
5
|
SRV
|
Sabab ravishi
|
Noiloj, ilojsizlikdan
|
6
|
MARV
|
Maqsad ravishi
|
Ataylab, joʻrttaga
|
7
|
SDRV
|
Sodda ravish
|
Tez
|
8
|
QRV
|
Qo`shma ravish
|
Shu payt
|
9
|
JRV
|
Juft ravish
|
Asta-sekin
|
10
|
TRV
|
Takror ravish
|
Koʻp-koʻp
|
6-jadval
Ravish turkumiga doir soʻzlarning izohlab chiqilish tartibini quyidagi misollar orqali koʻrishimiz mumkin:
HRV – Holat ravishlari uchun ishlatiladi. Misol: Toshni zoʻrgʻa/HRV koʻtardi. Bu yerda holat ravishiga, ya’ni zoʻrgʻa soʻziga /HRV tagi berildi.
MIRV – Miqdor ravishlari uchun ishlatiladi. Misol: Tepalikka qarab ancha/MIRV yugurdik. Bu yerda miqdor ravishi hisoblangan ancha soʻziga /MIRV tagi berildi.
ORV – Oʻrin ravishi uchun ishlatiladi. Misol: Maqsad sari olgʻa/ORV qadam bosing. Bu oʻrinda olgʻa soʻzi oʻrin ravishi hisoblanadi.
PRV – Payt ravishlari uchun ishlatiladi. Misol: Kechqurun/PRV uyga qaytmoqchiman. Bu yerda payt ravishiga, ya’ni kechqurun soʻziga /PRV tagi berildi.
SRV – Sabab ravishlari uchun ishlatiladi. Misol: Uni noiloj/SRV kuzatib qoʻydim. Bu yerda sabab ravishiga, ya’ni noiloj soʻziga /SRV tagi berildi.
MARV – Maqsad ravishlari uchun ishlatiladi. Misol: Meni ataylab/MARV chalib yiqitdi. Bu oʻrinda maqsad ravishi, ya’ni ataylab soʻzi maxsus teg bilan belgilanmoqda.
SDRV – Sodda ravishlar uchun ishlatiladi. Misol: Meni ataylab/MARV chalib yiqitdi. Bu oʻrinda maqsad ravishi, ya’ni ataylab soʻzi maxsus teg bilan belgilanmoqda.
QRV – Qoʻshma ravishlari uchun ishlatiladi. Misol: Har doim/QRV ishga kechikib keladi. Bu yerda ravishning tuzilishiga koʻra qoʻshma turi ishlatilgani sababli ikkala soʻzga /QRV tagi berildi.
JRV – Juft ravishlar uchun ishlatiladi. Misol: Dushman qoʻshinlari asta-sekin/JRV harakatlanmoqda. Bu oʻrinda ravishlarning tuzilishiga koʻra juft turi, ya’ni asta-sekin soʻzi maxsus teg bilan belgilanmoqda.
TRV – Takror ravishlari uchun ishlatiladi. Misol: Tez-tez/TRV gapir, seni eshitib oʻtirishga vaqtim yoʻq. Bu oʻrinda ravishning takroriy turi, ya’ni tez-tez soʻzi maxsus teg bilan belgilanmoqda.
Harakat ma’nosini bildiruvchi soʻzlar fe’l deyiladi. Fe’l turkumiga oid barcha soʻzlar uchun umumiy xususiyat zamon bilan bogʻliq holda yuz beruvchi hodisani ifodalashdir. Ana shu umumiy xususiyatiga koʻra fe’llarning barchasi bir umumiy soʻroqqa – nima qilmoq soʻrogʻiga javob boʻladi. Fe’llar boshqa soʻz turkumlariga qaraganda leksik-semantik va grammatik xususiyatlari jihatidan murakkab hisoblanadi. Ushbu ishda fe’l soʻz turkumiga oid 20 ta teg ishlab chiqilgan. Ularning toʻliq roʻyxati bilan 7-jadvalda tanishishimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: |
|
|