O‘zbekiston 2030



Yüklə 120,98 Kb.
səhifə4/9
tarix19.12.2023
ölçüsü120,98 Kb.
#152411
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2030 стртегия Жамол ака

(Mas’ul – A.Ochilov, F.Salomov, Z.Aslonova)

22-maqsad: Professional ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish




35-band. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini mahallada aniqlashning samarali tizimini shakllantirish.

Mahallada oilalar bilan manzilli ishlash tizimini joriy qilish, professional ijtimoiy xodimlar korpusini shakllantirish.



2023 yil
oktyabr

Davlat byudjeti mablag‘lari, hamkor tashkilotlar mablag‘lari

A.Ochilov,
F.Salomov

Tuman ijtimoiy himoya milliy agentligi tuman bo‘limi,
kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi

25-maqsad. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish,
ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlash




39-band. Jamiyatda oilaviy zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish ishlarini tizimli davom ettirish.

1. Jamiyatda oilaviy zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish yuzasidan o‘tkaziladigan targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari-ning namunaviy tartibi hamda reja-jadvallarini ishlab chiqish.
2. Xotin-qizlar va bolalarni zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilishda oila instituti va mahallalarning ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish.

2023 yil
oktyabr

2023 yil sentyabr-dekabr





Z.Aslonova

Tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, ichki ishlar bo‘limi, ijtimoiy himoya milliy agentligi tuman bo‘limi

3. Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va jazo muddatini o‘tab chiqqan, profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar bilan yakka tartibdagi profilaktik hamda ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash ishlarini amalga oshirish.

2023 yil sentyabr-dekabr



Z.Aslonova

Tuman ichki ishlar bo‘limi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi




40-band. Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar uchun ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish xizmatini kengaytirish.

1. Xotin-qizlar muammolari bilan ishlash tizimini raqamlashtirish, shu jumladan xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va ularni tizimli ravishda hal etish modulini yaratish va amaliyotga tatbiq etish.
2. “Ayollar daftari” doirasida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj xotin-qizlar bilan manzilli ishlash tizimini yanada takomillashtirish choralarini ko‘rish.
3. Aliment to‘lash va undirish amaliyoti hamda xorijiy tajribani inobatga olgan holda aliment to‘lash tizimi samaradorligini oshirish, shu jumladan aliment majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarayotgan shaxslarni rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish.

2023 yil oktyabr

2023 yil dekabr





Hisob-kitoblarga asosan,
Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari

Z.Aslonova

Tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, oila va xotin-qizlar bo‘limi

26-maqsad: Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash




44-band. Nuroniylar uchun respublika bo‘ylab sayohatlar tashkil etish, ularning mazmunli dam olishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish.



1. Respublikadagi diqqatga sazovor joylarning, xususan tarixiy shaharlar, qadimiy obidalar, ziyoratgohlar va yurtimizning so‘lim go‘shalarining ro‘yxatini shakllantirish hamda ularga faol nuroniylarni va yolg‘iz keksalarni sayohatini tashkil etish.
2. Nuroniylar uchun “Turizm oyligi” tadbirini tashkil etish va sayohatlarni uyushtirish.

2023 yil noyabr
Har yili noyabr oyida

Hisob-kitoblarga asosan “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari

F.Salomov

Turizmni rivojlantirish maqsadida " Nuroniy" jamgʼarmasi boʼlim boshligʼi O.Bozorov va Nuroniylar jamoatchilik kengashi aʼzosi Z.Bobomurodovalar va shuningdek faol nuroniylarimiz oʼz bilim va tajribalaridan kelib chiqqan holda kerakli maslahatlarni tuman hokimi va ishchi gurux bilan oʼrtoqlashdilar. Romitan tumanida joylashgan Xoʼja Аzizon Аli Romitaniy va Xoʼja Muhammad boboyi Samosiy ziyoratgohlarida,shuningdek,”7 Pirlar”ziyoratiga va poytaxt Toshkent shahriga 45nafar Nuroniy olib borildi.




45-band. Nuroniylarga tizimli ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib borish, “Nuroniylar maskani” majmualarida va mahallalarda turli madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazish.

Tumandagi “Nuroniylar maskani” majmuasi va mahallalarga ta’lim va madaniyat muassasalarini biriktirish hamda ularda madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini o‘tkazish. Tadbirlarda nuroniylar va yoshlarni jalb etish.

2023 yil sentyabr

Hisob-kitoblarga asosan mahalliy byudjet mablag‘lari

F.Salomov









46-band. Yoshlar tarbiyasida nuroniylarning o‘rnini yanada oshirish maqsadida “Uch avlod uchrashuvlari”, “Otalar jasorati – ibrat namunasi”, “O‘nta yoshga – bir nuroniy” harakati kabi ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni yanada kengaytirish va manzilli tashkil etish.



1. El-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan, mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shgan taniqli keksa avlod, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar bilan “Uch avlod uchrashuvi”, “Otalar jasorati – ibrat namunasi” tadbirlarini o‘tkazish.
O‘zbekiston Qahramonlari, “El-yurt hurmati” ordeni va boshqa davlat mukofotlari sohiblari, atoqli yozuvchilar, shoirlar, taniqli san’atkor, olim va ziyolilar, hududdagi faollar, mashhur sportchilar, hunarmandlar, fermerlar, yirik korxonalar rahbarlarini jalb etish.
2. “O‘nta yoshga – bir nuroniy” harakati doirasida har bir mahallada ishsiz, tarbiyasi og‘ir, muammoli yoshlardan o‘n nafarini bir faol nuroniyga biriktirish.

2023 yil sentyabr-dekabr

Hisob-kitoblarga asosan mahalliy byudjet mablag‘lari

F.Salomov

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PQ-300-sonli qarori 1-ilovasi 45-46-bandlariga asosan “Nuroniy” jamgʼarmasi Romitan tuman boʼlimi nuroniy otaxon va onaxonlarga tizimli ravishda Jismoniy tarbiya va sport bilan shugʼullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilgan “Nuroniy” maskani”da va mahallalarda turli madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlari doimiy oʼtkazilib borilmoqda.




47-band. “Nuroniylar o‘giti – tarbiya ustuni” tamoyili asosida oila institutini mustahkamlash, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar o‘rtasida umuminsoniy va oilaviy qadriyatlarni targ‘ib etish.

Manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda oilalar va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida “Nuroniylar o‘giti – tarbiya ustuni” tamoyili asosida mahallalarda aholi, shu jumladan yosh oilalar vakillari ishtirokida turli suhbat va uchrashuvlar tashkil etish.

2023 yil sentyabr-dekabr



F.Salomov

Yoshi ulug‘ nuroniylar maslahatiga tayangan holda qo‘l urilgan ish doim xayrli bo‘lgan. Shu bois hayotiy tajribaga ega faol otaxonu otaxonlarning o‘gitlari, pandu nasihatlariga amal qilib ish tutish lozim. Qolaversa, yoshlar tarbiyasi va boshqa muhim vazifalarni amalga oshirishda ularning ishtiroki juda muhim.

27-maqsad: Mamlakatda kambag‘allik darajasini qisqartirish




48-band. Har bir kambag‘al oila uchun ishlab chiqilgan individual dastur asosida kambag‘allikdan chiqarish tizimini joriy etish.

1. Kambag‘al oilalar ro‘yxatini shakllantirish.
2. Kambag‘al oilalarga taqdim etiladigan ko‘maklar bo‘yicha individual dastur ishlab chiqish.
3. Individual dastur asosida kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash.

2023 yil sentyabr

2023 yil oktyabr



Hisob-kitoblarga asosan

A.Ochilov

Tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi

28-maqsad: Aholini daromadli mehnat bilan band qilish, ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish




49-band. Aholining ishchanlik faolligini va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirishga, aholi bandligini oshirishga qaratilgan davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va sifatini oshirish.

1. Bandlik organlarida ko‘rsatilayotgan bandlik sohasidagi xizmatlar sifatini va natijadorligini oshirish choralarini ko‘rish.
2. Bandlik organi xodimlarini lavozim yo‘riqnomalarini va vazifalarini qayta ko‘rib chiqish. Ularni ish samaradorligi oshirish chorlarini ko‘rish.
3. Bandlik organi va hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, bunda, ko‘rsatilayotgan xizmatlarni mahalla darajasiga tushirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish.

2023 yil dekabr



A.Ochilov

Tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi

29-maqsad: Fuqaroni davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish




50-band. Band bo‘lmagan shaxslar, kambag‘al oilalarning ishsiz a’zolari va yoshlarni davlat hisobidan amaliy monomarkaz, davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida kasb-hunar, xorijiy tillar
va tadbirkorlik ko‘nikmalariga tayyorlash, qayta tayyorlash
va malakasini oshirish orqali ularning bandligiga ko‘maklashish ko‘lamini 2 barobar oshirish.

1. Korxona va tashkilotlar buyurtmalari, shuningdek mehnat bozori holatidan kelib chiqib kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishni tashkil etish.
2. Joriy yil ikkinchi yarim yilligida 490 nafar ishsizlarni o‘qishga jalb etish.

2023 yil
dekabr

Hisob-kitoblarga ko‘ra

A.Ochilov

Tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi,



1.4. Yoshlarga oid davlat siyosati va sport yo‘nalishlaridagi islohotlar

Yüklə 120,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə