O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/166
tarix30.12.2023
ölçüsü3,87 Kb.
#166332
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   166
ozbekiston davlati va huquqi asoslari 8 uzb

4
4- mavzu
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
1. Rasmlarda O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini ijro 
etayotgan yoshlar, O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i 
va gerbi tasvirlangan. Nima sababdan madhiya, bayroq, gerb 
atamalari oldida davlat so‘zi qo‘shib ishlatiladi. Bu haqidagi 
fi kringizni sinfdoshlarinigiz bilan o‘rtoqlashing.
2. Siz yashayotgan hududda qanday iqtisodiy yoki ijtimoiy muam-
molar bo‘lmasin ularning yechimi o‘sha joydagi hokimiyatga 
borib taqaladi. Buning sababi nimada deb o‘ylaysiz? Javob 
berishda hokimiyat davlat mahalliy boshqaruv organi ekanligini 
e’tiborga oling.
3. Mamlakatimizdagi qonunlar kim tomonidan yaratiladi va 
ularning bajarilishi kim tomonidan nazorat qilinadi? Mana shu 
qonunlarning mavjudligi va ularga itoat qilinishi qay darajada 
zarur? Ushbu qonunlarsiz yashasa bo‘ladimi? Javobingizni 
asoslang.
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
http:eduportal.uz


21
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
21
21
Miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida, 
miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O‘zbekiston hududida ilk davlat-
lar Qadimgi Xorazm, Qadimgi Baqtriya paydo bo‘lgan davrdanoq 
mamlakatimizda davlatchilik asoslari uzil-kesil tashkil topdi.
Qadimgi Xorazm va Baqtriya davlatlari uyushmasi-ittifoqi hududiga 
Sirdaryodan O‘rta Afg‘onistongacha bo‘lgan yerlar kirgan. Xorazm 
davlatining markazi Ko‘zaliqir (Xorazm) shahri bo‘lgan.
Huquqshunoslik fanida “davlat” va “jamiyat” tushunchalari mavjud. 
Ammo davlat bilan jamiyat tushunchalari bir xil emas. Davlat – jamiyatning 
shakllangan siyosiy instituti. Jamiyat taraqqiyotining yetuklashgan muayyan 
davrida paydo bo‘lgan. Shunday ekan, jamiyat qanday bo‘lsa, davlat ham 
shunday bo‘ladi va aksincha. Jamiyat o‘z rivojida qanday bosqichlardan 
o‘tsa, davlat ham shunga mutanosib tarzda o‘zgarib, takomillashib 
boraveradi. Bu – qonuniyat.
Davlatlarning tashkil topishi bu — insoniyatning ibtidoiy jamoa tuzu-
midan sivilizatsiya tomon burilishi edi. Dunyoda birinchi sivilizatsiyalashgan 
davlatlarning paydo bo‘lishi Qadimgi Sharqda miloddan avvalgi IV—III 
ming yilliklar davriga to‘g‘ri keladi. Markaziy Osiyo hududida miloddan 
avvalgi I ming yillikning boshlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo‘la 
boshlagan. 
4. Pul kim tomonidan muomalaga kiritiladi va pulning aylanishi kim 
tomonidan nazorat qilib turiladi? Bunday nazorat qay darajada 
zarur deb o‘ylaysiz?
5. Siz kundalik hayotingizda davlatning ta’sirini qay tariqa sezasiz?
6. Davlatsiz hayot qanday kechishi mumkinligini tasavvur qilib ko‘-
ring. Bu holda siz qanday burch va mas’uliyatlardan holi bo‘lar 
edin giz va qanday muammolarga duch kelar edingiz? 
7. “Davlat” bilan “jamiyat” tushunchalari bir xil ma’noga egami 
yoki turli? Bu tushunchalardan qaysi biri kengroq deb o‘ylaysiz?
8. Nima uchun “bizning davlatimiz” degan iborani ishlatamiz?

Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə