O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari



Yüklə 9,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/165
tarix22.05.2022
ölçüsü9,06 Mb.
#87660
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   165
SHAXS, JAMIYAT VA DAVLAT
Jamiyat dastlab ijtimoiy hokimiyat, ya’ni hamma odam larning 
hokimiyati kuchi bilan boshqarilgan. Odamlar turli qabilalarga birlashib, 
http:eduportal.uz


22
o‘sha qabilada yuzaga kelgan muhim masalalarni birgalikda hal qilgan. 
Qabila ishlarini boshqarishda hamma ishtirok etgan. Bu demokratiya, ya’ni 
xalq hokimiyatining ilk sodda ko‘rinishi edi. Ishlab chiqarishning o‘sishi, 
taraqqiyot natijasida asta-sekin jamiyatda siyosiy munosabatlar paydo bo‘ldi.
Jamoa hokimiyati (ibtidoiy demokratiya) o‘rniga alohida odamlar ho-
ki miyati paydo bo‘ldi. Jamiyat boylar va kambag‘allar, keyinroq esa bosh-
qa ruvchilar va boshqariluvchilarga bo‘lindi. 
Shunday qilib, boshqaruvchilarning siyosiy hokimiyati sifatida davlat 
paydo bo‘ldi. Bunga qadar insoniyat juda uzoq tarixiy davrni bosib o‘tdi. 
Davlat yuzaga kelgach esa odamlar hayoti butunlay o‘zgarib ketdi. 
Davlat jamiyat rivojining muayyan bosqichida yuzaga kelgan bo‘lib, 
u o‘zining shakllanishi va rivojlanishida uzoq va murakkab yo‘lni bosib 
o‘tgan. Dastlabki bosqichda davlat boshqaruvi eng avvalo majburlash 
usuliga asoslangan.
Lekin asta-sekin umumiy manfaatlar atrofi da birikkan odamlar ittifoqi 
ushbu manfaatlarga erishish uchun, birgalikda faoliyat ko‘rsatish uchun 
muayyan qoida-talablarga ehtiyoj seza boshladi. Mana shu ehtiyoj sabab 
ushbu ittifoqning barcha a’zolari uchun majburiy bo‘lgan huquq-tartibot 
qoidalari – qonunlar yuzaga kela boshladi. Bu esa yagona hududda birikkan 
odamlar ustidan adolatli tarzda hukmronlik qilish imkoniyatini yaratdi. 
Mana shu huquq-tartibot hokimiyatning takomillashuviga olib keldi. 
Natijada hozirgi zamonaviy ma’nodagi davlat ko‘rinishi shakllana boshladi. 
Mana shu davlatni quyidagicha, sodda tarzda ta’rifl ash mumkin: Davlat 
muayyan huquq-tartibot asosida uyushgan, yagona hududda hukmronlik 
o‘rnatgan va yagona hokimiyatga bo‘ysunuvchi odamlar ittifoqidir. 
Lekin bu ta’rif davlatning bugungi kundagi barcha belgilarini o‘z ichiga 
olmaydi. Davlatga to‘laqonli ta’rif berish uchun uning alohida belgilarini 
o‘rganib chiqishimiz lozim bo‘ladi.
Davlatning ibtidoiy, urug‘chilik jamiyatidan ajratib turadigan belgilari 
quyidagilar:
1. Davlat paydo bo‘lgan jamiyatda fuqarolar ma’lum bir hududga 
birlashadilar.
2. Davlat o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun murak kab tizimdan 
tashkil topgan boshqaruv apparatiga ega bo‘ladi va ana shu boshqaruv 
http:eduportal.uz



Yüklə 9,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə