O’zbekiston-filandiya pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti



Yüklə 16,07 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü16,07 Kb.
#143651
O’zbekiston-filandiya pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fa-fayllar.org


O’zbekiston-filandiya pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti


O’zbekiston-filandiya pedagogika instituti


Maktabgacha ta’lim fakulteti
Maktabgacha ta’lim yo'nalishi
103-guruh talabasi Hayitova Sarvinoz
“Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy foalyatga
o'rgatish” fandango
MUSTAQIL ISHI.
TEKSHIRDI:TURAKULOVA FEREZA




Reja:


1-Origami san’atining kelib chiqish tarixi.
2- Origami usulida o’yinchoq yasash.
3-Origami turlari.
4-Origami usulida o’yinchoq yasashga o’rgatish axamiyati .
5- Origami usulida o’yinchoq yasash uchun zaruriy materiallar.
Qog‘ozdan buklash yo’li bilan o'yinchoq yasash
(“origami usuli”).




Qog’ozni buklash yo’li bilan o’yinchoqlar yasash <> so’zining


kelib chiqishi Yapon tiliga mansub bo’lib , ikki ibora “ori”-buklangan va “garni” –
qog’oz degan manolarni anglatadi. Origami deyilganda odatda to’rtburchakli
qog’ozni buklab turli buyum va o’yinchoqlarni yasash tushiniladi.Barchasi bitta so‘z
bilan “origami” deb yuritiladi..
Origami san’at sifatida ilk marotaba IX-XII asrlarda Yaponiyada paydo
bo‘lgan. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib‚ bu san’at Yevropa mamlakatlariga
ham tarqalib, rivoj topa boshladi. Har qanday buyumlarni yasashning izchil tizimiga
ega chizma suratlar sifatida tasvirlash urfga kirdi. Zero, rasmlarga qarab qog‘oz
buklamlaridan turli buyum o‘yinchoqlar yasash 4-5 yoshli bolalardan tortib
maktabning boshlang‘ich sinfi o‘quvchilarining ham tasavvur doirasini
kengaytirishi, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishi shubhasizdir. Bugungi kunga
kelib origami alohida amaliy san’at turi sifatida butun dunyoda keng ommalashgan.







GAZLAMA VA QOG‘OZDAN GULLAR YaSASh TEXNOLOGIYaSI


Har bir bayramda sovg‘a sifatida barcha ayollarga gul sovg‘a qilinadi. Ayol kishi
gullarning xushbo‘yligi, yoqimli ranglari, hidlarini sevadilar. Gullarni tabiiy va
sun’iy gullarga ajratiladi.
Tabiiy gullar - kishidan mehnatni, parvarishni talab qiladi.
Sun’iy gullarni esa mato va yumshoq eguluvchan simlardan, plastmassalardan
yasash mumkin. Gazlamadan gullar yasash uchun kerakli jihozlar asosan
quyidagilar: qaychi, rangli iplar, rangli atlas, chit, shoyi matolar, har xil hajmli
lentalar, gullarni bezash uchun yaltiroq pistonchalar, munchoqlar, tugmachalar‚ igna
ip, dazmol, kraxmal, yumshoq simlar.
Qog‘ozdan yasaladigan gullar uchun kerakli jixozlar: qaychi, qog‘oz turlari (konfet,
gafrili qog‘oz, zar qog‘oz, rangli qog‘oz, yumshoq falga qog‘ozi, g‘ijim krep
qog‘oz)‚ PVA yelimi, sim, karton, qora qalam.




Bajarish usuli. Gazlama orqali bajariladigan gullarni yasashda atlas mato


oldindan
kraxmallab olinadi. Bir litr suvga bir qoshiq kraxmal aralashtiriladi‚ unga
matoni
solib qaynatiladi. So‘ngra mato suvi selgib quritiladi. Dazmolda dazmollanadi.
Matoni 4, 6, 9, 12 marta buklash orqali xohlagan gulning andozasini karton
qog‘ozdan tayyorlab bichiladi. Bichilgan gul parchalari bir biriga biriktirilib
simga
o‘raladi. Ustidan lentachalar o‘raladi. Unga munchoqlar orqali bezak berish
mumkin.







«Atirgul» gulini yasash. Mashg‘ulot vazifalari: bolalarga to‘rtburchak shaklidagi


qog‘oz ikki buklash, oval shaklida qirqish, gul yaprog‘ini qirqib olish, ishni ozodalik
bilan bajarish, boshlagan ishni oxiriga yetkazish malakalarini singdirish.
Mashg‘ulotga tayyorgarlik.
Bolalar bilan tabiat qo‘yinida atirgulning o‘sishini kuzatish, uning turlari haqida
‘zlab berish. Atirgulning tuzMashg‘ulot uchun bolalarga yetadigan miqdorda g‘ijim
qog‘oz, yelim, qaychi, sim,
ozgina paxta beriladi.
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi: bolalar, sizlar bilan bugungi mashg‘ulotimizda birga kuzatgan
atirgullarni yasashni o‘rganamiz. Kerakli ashyolar oldingizga qo‘yilgan. Sizga
atirgulni qanday yasash kerakligini tushuntirib beraman. Diqqat bilan qarab turing,
keyin birgalikda yasaymiz.




. G‘ijim qog‘ozdan 6 ta to‘rt burchak shakl qirqib olinadi.


Uni ikkiga buklab, yuqori qismining burchaklari aylana holda qirqib olinadi.
Shu
tariqa to‘rt-burchak shakl oval shakliga keltiriladi. Har bir qog‘ozning
dumaloq
tomonini qalamga o‘rab, ochib yuboramiz. Natijada kog‘ozning chetlari
qayrilib
qoladi. Har bir kog‘ozni qalamga o‘rab, chetini qayirib chiqamiz. So‘ng,
o‘rtasidan
(bunda qayrilgan tomon yuqorida bo‘ladi) barmoqlarimiz bilan chap va o‘ng
tomonga sindirib, tortsak, g‘ijim kog‘oz tekislanadi va atirgulning gultojibargi
hosil
bo‘ladi. Qolganlariga ham xuddi shunday ishlov beriladi. Navbatdagi ishda
qo‘limizga ueunligi 25-30 sm bo‘lgan yo‘g‘on simni olamiz. Sim uchiga sariq
rangdagi g‘ijim qog‘oz yoki sariq buyoqqa botirilgan paxtani o‘rnatamiz




. Uning


atrofiga cheti qayrilgan va pastki qismi bir tutam qilib yig‘ilgan gul yaproqlarini
birin-ketin joylashtirib, uni ip bilan mahkamlab qo‘yamiz. Yashil rangdagi
qog‘ozdan eni 1 smli kesmalar qirqib, gulning gul osti yaprog‘ini o‘rnatgandan
so‘ng, simga yashil rangdagi kog‘ozni o‘rab chiqamiz. Gul osti yaprog‘i bir iecha
marotaba buklangan yashil rangdagi qog‘ozdan qirqib olinadi. Atirgul bargi ham
alohida tayyorlanadi. Gul bandiga sim o‘ralayotganida gul bargi bandiga qo‘shib,
o‘rab yuboriladi. Gul bargi ikki buklangan qog‘ozdan qirqib tayyorlanadi. Barg
chetlari kungurali bo‘ladi, har bir gul bargini tabiiy bargga o‘xshatib, orasiga
ingichka sim qo‘shib yelimlab, tayyorlab olamiz.
Bolalarga gulning yasalishini tushuntirib bo‘lgandan so‘ng, tushunchalari savollar
yordamida aniqlab olinadi. So‘ngra, ularga atirgulni mustaqil ravishda yasashlari
tavsiya etiladi.







«Gullagan shaftolining novdasi» ni yasash.



Mashg‘ulot vazifalari: bolalarda qog‘ozni bir necha marotaba buklab qirqish asosida
gul barglarini hosil qilish‚ gul barglarini novdaga yelimlab, chiroyli gullagan shaftoli
novdasini yasash malakalarini o‘stirish.
Mashg‘ulotga tayyorgarlik.
Bolalar bilan hovli yoki ko‘chadagi gullagan shaftoli daraxtini kuzatish. Gullarning
tuzilishiga, rangiga, novdada joylashishiga bolalarni e’tiborlarini jalb qilish.
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi: bolajonlar, mana o‘lkamizda bahor fasli. Bahorda tabiatda juda katta
o‘zgarishlar ro‘y beradi. Shoirlarimiz aytganidek:
Keldi bahor, gul bahor‚
Erib bitdi, oppoq qor.
Uchib keldi, qushlarjon
Daraxtlar taqdi marjon.




Ha, «daraxtlar taqdi marjon». Shoirlarimiz, daraxt kurtaklarini marjonga


o‘xshatishyapti, bir oz vaqt o‘tgandan so‘ng, daraxtimiz chiroyli bo‘lib, chaman
-
chaman gullaydi. Keling, bugungi mashg‘ulotda, xuddi shunday gullagan
daraxtlarning novdasini biz ham tayyorlashni o‘rganamiz. Biz sizlar bilan
gullagan
shaftoli novdasini yasaymiz. Kerakli ashyolar oldingizdagi stolga qo‘yilgan.
Novdani oldimizga qo‘yib, pushti rangdagi g‘ijim qog‘ozdan kvadrat shaklini
qirqib
olamiz. Uni ikkiga, so‘ng to‘rtga buklaymiz, natijada kichik kvadratchalar hosil
bo‘ladi.




Buklangan kvadratchaning bir uchini ushlab turib, ochiq uchlarini qaychi


bilan yarim doira tarzida qirqib olamiz, buklangan kog‘ozni ochamiz.
O‘rtasiga
barmog‘imizni qo‘yib tursak gul bargining cheti qayrilib qoladi. Chuqur
joyining
orqasiga ozgina yelim surtiladi. So‘ngra novdaga yelimlanadi. Gullarni
yelimlashdan oldin tarbiyachi bolalarga shaftoli guli novdada qanday
joylashganligini eslatib, tabiiy holiga o‘xshatib, ketma-ket yelimlash kerakligi
uqtiriladi

Gul yaprog‘ini qirqa olmagan bolalarga yakka holda yordam ko‘rsatiladi.







Mashg‘ulot davomida bolalarning yaxshi ishlari rag‘batlantirilib boriladi.


Tayyor novdalarni solib qo‘yish uchun xar bir stolga, bolalarning o‘zlari
yasagan
guldonlar qo‘yib chiqiladi. Bolalar gullagan novdani guldonlarga yaratiladi

Tarbiyachi: bolalar‚ qarang, siz yasagan gullab turgan shaftoli
novdachalaringiz
xonamizni yana ham chiroyli qilib yubordi.
Bolalarni o‘z ishlari natijasidan zavqlanishga o‘rgatib boriladi. Shu tariqa
mashg‘ulot yakunlanadi.







Do‘ppi» ni origami usulida yasash.


Kvadrat shaklidagi katta-kichikligi ihtiyoriy qog‘ozni olib‚ diagonal bo‘yicha uning
markazini aniqlaymiz. So‘ngra teng ikkiga buklaymiz, qolgan burchagining biri
olinib, markaz tomoni bo‘yicha buklanadi, orqa tomoni ham xuddi shunday

buklanadi. Buklangan tomoni ichki tomonga qarata buklanib, boshqa burchagini 1
sm qayirib olinadi, pastki qog‘ozning burchaklari qayirib, buklanib chiqiladi va
chetidagi burchakka kirgizib qo‘yiladi. Orqa tomoni ham xuddi shunday bajariladi.
Manna‚ do‘ppimiz tayyor, endi uni bezatishimiz kerak. Ingichka mo‘yqalamni olib,
oq rangga botiramiz, do‘ppining to‘rt tomoniga garmdori shakli chiziladi.
Do‘ppilarning gulidagi garmdori shaklining tasvirlanishi bolalar chidamli,
qo‘rqmas, matonatli, sabrli bo‘lishi kabi ma’noni anglatadi. Qizlarimiz do‘ppilarni
turli ranglardan foydalanib, har - xil gullar bilan bezatib chiqadilar.




Orqa tomoni ham xuddi shunday bajariladi.


Manna‚ do‘ppimiz tayyor, endi uni bezatishimiz kerak. Ingichka mo‘yqalamni olib,
oq rangga botiramiz, do‘ppining to‘rt tomoniga garmdori shakli chiziladi.
Do‘ppilarning gulidagi garmdori shaklining tasvirlanishi bolalar chidamli,
qo‘rqmas, matonatli, sabrli bo‘lishi kabi ma’noni anglatadi. Qizlarimiz do‘ppilarni
turli ranglardan foydalanib, har - xil gullar bilan bezatib chiqadilar. Bu esa qizlarning
doimo guldek ochilib, chiroyli bo‘lib yurishlarini ifodalaydi hamda bir yo‘la
ularning boshlarini oftob issig‘idan asraydi. Buvijonlarimizning aytishlaricha, bosh
kiyimni juda ehtiyot qilish kerak. Eskirganda ham tashlab yubormay, undan yana
ro‘zg‘orda yordamchi buyum sifatida foydalanish mumkin
Qizlarimizning do‘ppilariga gulni mana bunday chizamiz, gul o‘rtasiga sariq rangli
nuqta quyib, atrofiga qizil rangda gul yaproqlarini chizamiz. Agar uyingizda
do‘ppingiz bo‘lsa, unga qarab gulni chizsangiz ham bo‘ladi. Har xil rangdan
foydalanayotganda mo‘yqalamni yaxshilab yuvib, salfetkada artib olishni
unutmang.






Tuti qush yasash “ origami” usulida yasash.



1. Kvadrat shaklida qog‘oz olamiz.
2. Dioganaliga buklaymiz.
3. Buklangan joydan burma hosil qilamiz.
4. Burma bo‘ylab 2 uchi birlashtiriladi.
5. Buklangan qog‘ozning har bir uchi orqaga qaytariladi.
6. Qaytarilganda avvalgi dioganalidan oshib ketmasligi kerak.
7. Bosh barmoq orasiga kirgizib ko‘rsatkich barmoq bilan buklanadi va uning
bosh
qismi tayyorlanadi.




Qushchaning umumiy shakli tayyor bo‘ldi, shu shakldan o‘zingiz xoxlagan


qushchangizni yasashingiz mumkin. Shakldagi bo‘yalgan joylar qirqilsa,
to‘tiqush
dumi, tumshug‘idan qaychida ozgina chimdib, ichki tomonga mayda
burmachalar
hosil qilinib, ko‘zi chizib qo‘yiladi. To‘tiqush tayyor. Zero, rasmlarga qarab
qog‘oz
buklamlaridan turli buyum o‘yinchoqlar yasash 4-5 yoshli bolalardan tortib
maktabning boshlang‘ich sinfi o‘quvchilarining ham tasavvur doirasini
kengaytirishi, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishi shubhasizdir. Bugungi
kunga
kelib origami alohida amaliy san’at turi sifatida butun dunyoda keng
ommalashgan.






Foydalanilgan adabyotlar



1.Yusupova R.’’Maktabgacha tarbiya pedagogikasi’’T.’’O’qituvchi1993’’y
2.Xasanboyeva O. ’’Maktabgacha ta’lim pedagogikasi’’T.’’Ilm ziyo’’2006y
3.Sodiqova Sh. ’’Maktabgacha pedagogika’’T.’’Tafakkur bo’stoni’’2013y
4.N.Kayumova.’’Maktabgacha pedagogika’’TDPU 2013y
5.Nurmatova M.Sh.XasanovaSh.T.’’Rasm,Buyum yasash va
Bolalarni Tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi’’O’quv metodik qo’llanma
T.’’Cho’lpon’’.2010y.



http://fayllar.org
Yüklə 16,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə