|
O’zbekiston ikkinchi jahon urushi yillarida (1929-1945) yillar kirish I – bob o’zbekiston ikkinchi jahon urushi yillarida (1929-1945) yillarUrushdan keyingi yillarda ma’muriy - buyruqbozlik tizimi va
|
səhifə | 3/7 | tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 46,17 Kb. | | #133602 |
| O’ZBEKISTON IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA (1929-1945) YILLAR1. Urushdan keyingi yillarda ma’muriy - buyruqbozlik tizimi va milliy ziyolilarni qatag’on qilishning yangi to’lqini. Urushdan keyin mamlakatda rahbarlik qilish usullari normal xolatga o’tadi, tinch ko’rilishga moslashtiriladi, ijtimoiy - siyosiy hayot demokratlashtiriladi, degan orzu -niyatlar ruyobga chiqmadi. Aksincha iqtisodiyotda, ijtimoiy - siyosiy va ma’naviy hayotda ma’muriyatchilik kuchaydi. Mamlakatni boshqarish partiya -davlat apparatida rahbarlik lavozimlarini egallagan tor doiradagi xodimlar tomonidan tayyorlanadigan, shaxsan Stalin imzosi bilan matbuotda e’lon qilinadigan farmon va qarorlar orqali amalga oshiriladigan bo’lib koldi. Hammani, xususan joylardagi rahbarlarni nazorat ostiga olgan totalitar tuzum Kremlda utirganlarga mamlakatni farmon va qarorlar bilan boshqarish imkoniyatini berardi.
Respublikalarning, jumladan, O’zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohadagi muammolarni xal qilish huquqlari yanada cheklanib bordi. Stalinning g’alabani ta’minlashda rus xalki asosiy rolь o’ynadi, degan
mash’um g’oyasi butun malakatni ruslashtirish siyosatiga aylandi. Ommaviy axborot vositalari, Kompartiya va komsomol tashkilotlari ruslarni «katta», «ulug’ og’amiz» deb baralla targ’ib qila boshladi.
Markaz mutasaddilari, mafkurachilari rahnamoligida o’tgan asrlarning 50 - yillari boshlarida O’zbekistonda boshlanib ketgan ilg’or ziyolilar, ilm -fan, adabiyot, san’at, ma’rifat namoyadalarini kuvgin va ta’qib qilishlar, ular ijodidan kir izlash, ayb topishga urinishlar, shubhasiz, respublika ma’naviy hayotiga jiddiy ta’sir ko’rsatmasdan qolmadi. U ko’plab olimu ijodkorlar, shoiru adiblar, iste’dod sohiblari hayotini tahlikali xolatga duchor etdi. O’zbekiston Kompartiyasi MK, ning 1949 yil 25 iyundagi «O’zbekistan Sovet yozuvchilar soyuzining ishi to’g’risida»gi qarorida A. Qahhorning «Qo’shchinor chiroqlari» romani tanqid qilindi. Yozuvchilardan Oybek, Mirtemir, F. Gulom, U. Rashidov, M. SHayxzoda, M. Boboev, A. Qayumov va boshqalar badnom qilindi. «SHarq yulduzi», «Zvezda vostoka» jurnallarining tahririyatlariga bir qator «yaramas» asarlarni chop etishga yo’l qo’ygan, degan jiddiy ayblar quyildi.3
Dostları ilə paylaş: |
|
|