O‘zbekiston kitob grafikasi san’ati Darsning maqsadi va vazifasi: Ta’limiy maqsad



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə19/74
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#163984
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74
6 sinf tasviriy sanat

V I. Uyga vazifa
Darslikdagi 10-darsni o‘qib takrorlash.




Bu maktabning taraqqiy etib, rivojlanish davri XV-XVI asrlarga to‘g‘ri keladi.
0‘sha davrda Sulton Mahmud II o‘z saroyiga rassomlar va xattotlami to‘plagan. 1425-yilda saroy ustaxonasida 29 ta rassom va naqqosh ijod qilgan. Turk miniatyura ustalari о z ijodlarida Sharq san’ati maktablari ish uslubidan keng foydalanganlar. “Sulton Sulaymon tarixi”ga ishlangan miniatyuralarda turk miniatyurasiga xos fazilatlar voqelikni shoshilmay bayon etishga, kompozitsiyani birmuncha perspektivplanda yechishga intilish seziladi. Turk miniatyura maktabining mashhur rassomlari Usmon, Nigoriy, Shayx Hamidullalar, shuningdek, turk sidtoni saroyida 0‘rta Osiyo va Xurosondan kelgan Bobo Naqqosh, Shayx Mustafo, Tojiddin Girehbandiy, Abdulg‘ani Og‘a Mirak, Shayx Kamoniy, Shohquli, Jalolzoda Mustafo kabilar samarali ijod qilganlar. Jalolzoda Mustafoning “Sulton va uning a’yonlari”, Usmonning “Xusrav va Sulton Salim П portreti”, Nigoriyning “Sulton Sulaymon I portreti”, Nizomiyning “Xamsa” asariga ishlangan Boysun Mirzo, Amir Temur va Temuriylar avlodlari tasvirlangan miniatyuralar, Bahrom Mirzo, Shoh Ismoil albomlari Turkiyaning To‘pqopi saroyi kutubxonasida saqlanmoqda.


0‘rta Osiyo miniatyura maktabi
0‘rta Osiyo, umuman, 0‘rta Sharq madaniyatida kitobni bezash, xattotlik, miniatyura san’ati uzoq tarixdan o‘ziga xosligi, jozibasi bilan alohida ajralib turadi. Mazkur san’atning taraqqiy etishida 0‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon, Afgconiston rassomlari katta hissa qo‘shdilar.
Osrta Osiyo, 0‘rta Sharq miniatyura maktablarining mashhur rassomi Kamoliddin Behzod taxminan (1455 — 1535) Hirotda Alisher Navoiy davrasida va homiyligida ijod qilgan bo‘lsa-da, keyinchalik u ko‘pgina xattot va rassomlar bilan Buxoroga ko‘chib o‘tdi. Behzod Buxoroda 1507— 1522-yillarda yashab ijod qildi. U mashhur asari Shayboniyxon portretini yaratdi. Behzod o‘z ijodini hayotda ko'rgan voqea-detallar bilan boyitib, asarlarining realistik yo’nalishini kuchaytirdi. U Sharq miniatyurachi rassomlari orasida serqirra hayot jozibasini o‘ta nozik va nafis talqin qila olardi. K. Behzodning o(z kompozitsiyalariga real manzara, me’morlik detallarini kiritishi, asar g ‘oyasini ochishda obraz harakatlaridan o'rinli foydalana olishi miniatyura san’atini rivojlanishida muhim о‘rin egalladi. Kamoliddin Behzod 1522-1524-yillarda Tabrizda yashab, 1524-yilda Hirotga qaytib, umrini oxirigacha shu yerda ijod qildi. Behzod buyuk shoirlaming asarlariga jang, ov manzaralarini tasvirlovchi miniatyura kompozitsiyalari, illyustratsiyalar, portretlar ishladi. U Sa’diyning “Bo‘ston”, “Guliston”, Nizomiyning “Xamsa”, Xisrav Dehlaviyning “Xamsa”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Temur zafamomasi”, Alisher Navoiyning dostonlarini o‘z miniatyura kompozitsiyalari bilan bezagan. Kamoliddin Behzod tomonidan ishlangan Navoiy, Jomiy, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon portretlari rassomning mazkur san’atda yetuklikka erishganini anglatib turadi. 0‘rta Osiyo miniatyura maktabining mashhur rassomlaridan Mahmud Muzahhib, Behzod ta’sirida kamol topib, o‘zining yuksak malakaviy mahorati bilan ajralib turadi. Uning kitob bezash mahoratini yuqori baholab, “Muzah-hib-oltin suvi yuntuvchi” taxallusi bilan atadilar. Alisher Navoiyning hassaga tayanib turgan holatidagi portreti Muzahhibning ilk asari hisoblanadi. Rassom asarida Navoiyning ichki ruhiy holatini ochishga harakat qilib, Behzod an’analarini davom ettirgan.
XVII asming 30-50-yillari Mu-zahhib ijodining gullagan davriga to‘g‘ri keladi. Uning mashhur asar- laridan “Sulton Sanjar va to‘quvchi qari kampir uchrashuvi” miniatyura kompozitsiyalari diqqatga sazovor boldi. O’rta Osiyo miniatyura maktabining mashhur ras somlaridan bin Muhammad Murod Samar- qandiydir. Uning ijodida shohlaming qabul marosimlari, ov manzaralari, qahramonlik mavzulari asosidagi miniatyura kompozitsiyalari o‘z ifodasini topgan. Samarqandiy Abdulbosit Firdavsiyning “Shohnoma” qo‘lyozmasiga 115 ta miniatyura kompozitsiyalarini ishlagan. Rassom yirik obrazni birinchi rejada tasvirlaydi. Samarqandiy ijodining о ‘ziga xos xususiyati и obrazlami kamaytirib, ulami soddaroq tasvirlaydi. Obrazlar xatti- harakati, yuz, qo 7 mimik o(zgarishlari g(oyaviy maqsadni yoritishga xizmat qiladi. XVII asr boshlari 0‘rta Osiyo miniatyura san’atining yuksalish davri bo‘ldi. Samarqand miniatyura maktabi rassomlari tomonidan Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafamoma” asariga ishlangan miniatyuralar alohida o‘rinni egallaydi. Shuningdek, bu davrda xon va shoirlar portretlari ishlandi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə