O‘zbekiston kitob grafikasi san’ati Darsning maqsadi va vazifasi: Ta’limiy maqsad



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə11/74
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#163984
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74
6 sinf tasviriy sanat

DARS BOSQICHLARI:

Bajariladigan ish mazmuni

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi

3 daqiqa



2

O’tilgan mavzuni takrorlash

Takrorlash, mustahkamlash,
yangi mavzu bilan bog’lash

8 daqiqa

3

Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish

Yangi mavzuni tushuntirish

14 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

5

Dars yakuni va baholash

G’olib guruhni aniqlash, rag’batlantirish. Darsning so’ngi xulosasini chiqarish

3 daqiqa

6

Uyga vazifa

O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi

2 daqiqa


I. Tashkiliy qism.
O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.
1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.

1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:
1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi:
O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Guruhlarda ishlash”
O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirishBuyuk bobomiz Alisher Navoiyning
Haq yolida kim senga bir harf о ‘rgatmish ranj ila,
Aylamak bo'lmas ado oning haqin yuz ganj ila"
degan satrlarida aynan ta’lim-tarbiya beruvchi, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi ustoz nazarda tutilgan. Xalqimizda “Ustoz otangdek ulug‘” deb ishlatiladigan naql ham ustoz va murabbiylaming mehnati nihoyatda mas’uliyatli va sharafli ekanligini anglatadi. Respublikamizda o‘qituvchi va murabbiylar mehnati e’zozlanib, 1997-yildan boshlab 1- oktyabr “0‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Bugun mana shu tabarruk aziz ustozlarimiz bayramiga bag6ishlab tabriknoma tayyorlaymiz. Tabriknomalar xuddi to‘y tadbirlari uchun tayyorlanadigan taklifiiomalarga o'xshab turli bayramlarga har xil shakl va o'lchamda tayyorlanadi. Masalan: “Mustaqillik bayrami”, “Yangi yil”, “Xotin-qizlar bayrami”, “Navro‘z”, “Vatan himoyachilari kuni”, shuningdek, “0‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan bo‘lishi mumkin.
Ustoz va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tabriknomani tayyorlash uchun awalo rasm daftar o‘lchamidagi oq qog'ozni olamiz. “Tabriknomamiz qanday shaklda bo‘lishi kerak?” degan savol bilan qalamda eskiz variantlarini chizamiz, izlanamiz. Masalan, qog‘ozni kvadrat shaklda olib, ikkiga buklash mumkin. Shuningdek, to‘g‘ri to‘rtburchak qog‘ozni olib, ikkiga buklash mumkin.


Tabriknomani murakkabroq shaklda tayyorlayman, desak to‘y va boshqa tadbirlar taklifnomalari shaklini kuzatib, ijodiy izlanib, o‘zgacha shakl tayyorlash mumkin. Qog‘oz ikkiga buklangandan keyin ustiga bayram sanasi va qaysi bayramga bag‘ishlanganligi yozib qo‘yiladi. Bunda yozuvni badiiy jihatdan go‘zal bo‘lishiga e’tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi. Tabriknoma ustiga raqam, yozuvdan tashqari rasm ham chizish mumkin. Ustoz va murabbiylar bayramiga bag6ishlangan tabriknomada kitob, ruchka, kompyuter, stol chiroqchasi, shuningdek, kitob ustida quyosh nur sochgan bo‘lishi mumkin. Eng yaxshi tabriknoma tayyorlash uchun bir necha eskizlar chizish va izlanish talab etiladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə