Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti ish mazmuni



Yüklə 2,89 Mb.
tarix19.12.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#152647
Menejment fanidan Shoxista opam


Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti ish mazmuni . Respublika maktabgacha ta'lim metodika kabinetining tuzilishi va vazifalari.
Reja:
  • Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti ish mazmuni.
  • Metodik kabinetining tuzilishi .
  • Respublika maktabgacha ta'lim metodika kabinetining vazifalari.

Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi xonasi
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi
huzurida tashkil etilib, mazkur soha bo'yicha yetakchi tuzilma
sifatida barcha maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini
uslubiy jihatdan boshqaradi va muvofiqlashtirib boradi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti o'z
faoliyatida amaldagi qonunchilik, Maktabgacha ta'lim vazirligi
tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa
me'yoriy hujjatlarga asoslanib ish yuritadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va
tumanlar maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetlariga
uslubiy yordam ko'rsatish, pedagogik jarayonlar va ta'limtarbiya ishlarini takomillashtirish, «Ilk qadam» dasturini to'liq
bajarilishini ta'minlaydi;
Ilg'or ish tajribalarni o'rganadi, umumlashtiradi va
ommalashtiradi (maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari,
maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetlari, nazoratchimetodist, mudiralar, metodistlar va tarbiyachilar, murabbiylar
faolyatini tahlil etish asosida.
Maktabgacha pedagogika ilg'or pedagogik tajribalarni,
pedagogika, psixologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar
fanlar sohasida qo'lga kiritilgan yutuqlar, xalq pedagogikasi
an'analariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga
ta’lim-tarbiya berish ishlarini takomillashtirishning ilmiyuslubiy asoslari, yo'1-yo'riqlarmi ishlab chiqadi.
Metodika kabineti o’z zimmasiga yuklangan vazifalarga ko’ra:
Qoraqalpog’iston respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta’lim metodika kabineti ish faoliyatini nazorat etadi va muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya ishlar ahvoli va belgilangan rejalarning bajarilishini o’rganadi;
«Ilk qadam» dasturida ko’zda tutilgan vazifalarni to’laqonli amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va bajarilishini nazorat qiladi;
respublika metodika kabineti xodimlarini malaka oshirish kurslarida ma’ruzalar o’qishga, seminar-mashg’ulotlar o’tkazishga va to’garaklar ishini olib borishga jalb etadi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodika kabineti
huzurida tashkil etilgan uslubiy Kengash metodikasi kabinetlari faoliyatiga yangi uslubiy yondashuvlar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga mas’uldir. Kengash tarkibiga uslubchilar, o’qituvchilar malakasini oshirish instituti rahbari va mutaxassislari, mudiralar, tarbiyachilar, musiqa rahbarlari, oliy o’quv yurtlarining yetuk professor o’qituvchilari kiradi.
Uslubiy Kengashda markaziy maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining ish rejasi, bajarilgan va rejalashtirilayotgan tashkiliy, uslubiy tadbirlar muhokama etiladi, ta’lim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish, jumladan, metodika kabinetlarining ilg’or pedagogik tajribalarni to’plash borasidagi amaliy faoliyati, maktabgacha ta’lim bo’yicha uslubiy qo’llanmalarni muhokama qilish, tasdiqlash bilan bog’liq masalalar hal etiladi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetida xodimlarning bilimi va malakasini oshirish maqsadida tegishli shart-sharoit yaratiladi (buning uchun ma’ruzalar, seminar-treninglar, ko’rgazmalar va boshqa tadbir-lar tashkil etiladi).
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetida ilmiy pedagogik va uslubiy adabiyotlar uchun kutubxona tashkil qilinadi.
Metodika kabineti xodimlari.Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetiga Malaka oshirish markazi direktori rahbarlik qiladi. U oliy pedagogik bilimga va tashkiliy-uslubiy ishlarni tashkil etish borasida muayyan tajribaga ega bo’lishi lozim. Uning zimmasiga kabinetning uslubiy, moliyaviy xo’jalik faoliyatiga rahbarlik qilish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, mehnat qonunchiligiga binoan xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan bo’shatadi.
Metodik ishlar markaz direktori tavsiyasi bilan maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan tayinlanadigan oliy pedagogik ma’lumot va kamida 5 yillik ish stajiga ega bo’lgan malakali uslubchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining shtatlari O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan belgidanadi.
Tashkiliy, huquqiy va moliyaviy asoslari.
1. Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi. Unga maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida mablag’ ajratiladi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’limi vazirligi oldida o’z faoliyati bo’yicha hisobot berib turadi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti O’qituvchilar malakasini oshirish instituti bilan kelishgan holda maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan tasdikdangan reja asosida ish yuritadi
Tuman maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining ish mazmuni va vazifalari.Tuman maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining sohaga doir me’yoriyhuquqiy hujjatlar, maktabgacha ta’limi vazirligi, boshqarmalari va bo’limlari tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar asosida besh yilga mo’jallangan istiqbol rejasi tuziladi.
Yillik rejada metodika kabinetining har bir o’quv yiliga taalluqli faoliyati aks etadi.
CHorak va oylik rejalarida yillik reja belgilangan vazifalarning bajarilishi muddati aniq qayd etiladi.
Tuman maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining yillik ish rejasi tumandagi uslubiy ishlarni bosqichmabosqich, mazmunli tashkil etilishini ta’minlash kerak. Bunda asosiy e’tibor o’quv, ta’lim-tarbiya yo’nalishidagi faoliyatini o’rganish, maktabgacha ta’lim muassasalarida uslubiy ishlarni tashkil etish va takomillashtirib borish, mudira, uslubchi, tarbiyachilarga o’quv faoliyati, mehnat, estetik, musiqa tarbiyasi bo’yicha uslubiy yordam ko’rsatish muassasalarda kasalliklarning oldini olish va profilaktikasini yo’lga qo’yish, yasli va aralash guruhlarda, shuningdek, bolalar soni kam bo’lgan muassasalar faoliyatini ilmiyuslubiy jihatdan to’g’ri va samarali tashkil etish kabi masalalarning bajarilishiga qaratiladi.
Rejada maktabgacha ta’lim muassasalarini maqsadli, birlamchi yoki tizimli tekshirish tadbirlari alohida o’rin tutadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, tekshiruv shakli uning maqsadi va mazmuniga bog’liq. Bunday tadbirlar maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishish, ularda kechayotgan jarayonlardan doimo xabardor bo’lib turishni ta’minlaydi. Ta’kidlash joizki, tekshiruv rejasi barcha muassasalarni qamrab olishi kerak.
Rejada maktabgacha ta’lim muassasalari soni va nomi ko’rsatiladi.
- Maktabgacha metodik ishlarni tashkil etish shakllaridan foydalanish bo'yicha internet tarmog'ida maxsus saytlar tashkil etish va shu orqali o'zaro tajriba almashinishni yo'lga qo'yish zarur deb hisoblaymiz.
Xulosa qilib aytganda, tuman maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining asosiy vazifasi — pedagogika va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida erishilgan yutuqlarni, ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish, umumlashtirish va tahlil qilish asosida maktabgacha tarbiya muassasalarining kundalik faoliyatiga doir yutuq va tajribalar, yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etish borasida amaliy uslubiy yordam berishdan iborat
Adabiyotlar
www.hozir.org 20www
Maktabgacha pedagogika Toshkent 2013
Maktabgacha ta'lim pedagogikasi Toshkent 2006.
Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə