O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə19/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org

Mifologik maktab. Mif XIX asrga kelganda ilmiy o‘rganildi,
uning tabiati, genezisi, mazmun-mohiyati, yo‘nalishlari haqida il-
miy mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Natijada fanda mifologik mak-
tab nomi bilan ataladigan alohida yo‘nalish paydo bo‘ldi. U haqida
o‘zbek adabiyotgunos olimlari – D. Quronov, Z. Mamajonov va
M. Sheraliyevalar tomonidan tayyorlangan “Adabiyotshunoslik
lug‘ati”da quyidagilarni o‘qish mumkin: “Mifologik maktab – XIX
asr Yyyevropa adabiyotshunosligida vujudga kelgan ilmiy yo‘nalish.
M.m.ning falsafiy negizini F.Shelling, A.Shlegel va F.Shlegel kabi
mutafakkirlar ta’limoti tashkil etadi. Bu mutafakkirlar estetikasida
miflar juda katta o‘rin tutadi. Ularga ko‘ra, adabiyot va san’atning
vujudga kelishiga miflar asos bo‘lgan, mif – poeziyaning javhari-
dir. Ma’lumki, romantizm ekzotikaga moyillik bilan xarakterlanadi,
ayni shu narsa xalq og‘zaki ijodiga qiziqish kuchayganining bosh
omili bo‘ldi. Zero, klassitsizm davri sig‘ingan antik etalonlardan,
ma’rifatchilik topingan aql kultidan bezgan romantizm vakillari
xalq og‘zaki ijodida chinakam ekzotika, bitmas-tuganmas xazinani
ko‘rdilar. Shuning uchun xalq og‘zaki ijodi namunalarini to‘plash
va nashr qilish, ularni atroflicha tadqiq etish ishlari avj oldi. Bunda
nemis olimlari – aka-uka Grimmlar, ayniqsa, jonbozlik ko‘rsatdilar:
1812-yilda ular to‘plagan ertaklarning ilk jildi chop etildi; folk-
lorshunoslik sohasidagi tadqiqotlari asosida “Nemis mifologiya-
si” (1835) asari yaratilib, unda M.m.ning nazariy qarashlari tugal
shakllantirildi. Aka-ukalar adabiyotning paydo bo‘lishini nemis
romantizm falsafasidagi xalq ruhi tushunchasi bilan bog‘laydilar:
g‘aybdan ilhomlantiriluvchi xalq ruhi avval miflarni yaratadi, ke-
yin esa miflardan epos, ertak, lirik qo‘shiq va sh.k. boshqa janrlar
tug‘iladi; ilohiy ilhom tufayli yaralgani uchun ham folklor – xalq 
ruhining anglanmagan ijod mahsuli, uning shaxssizligi ham shu
bilan bog‘liqdir. Aka-uka Grimmlar turli xalqlar folklorini qiyosiy
o‘rganishadi, ularda kuzatiluvchi o‘xshashliklarni esa, xuddi barcha
hind-Yyyevropa tillari uchun umumiy bobo til (sanskrit) bo‘lgani
kabi, barcha xalqlar (xususan, hind-Yyyevropa xalqlari) uchun umu-

37
miy qadimgi mifologiya mavjud bo‘lgani bilan izohlashadi. Yyyev-


ropaning turli mamlakatlarida ko‘plab izdoshlari bo‘lgan M.m.ning
ilmiy izlanishlari, asosan, ikki (etimologik va analogik) yo‘nalishda
kechdi. Birinchi yo‘nalish (A.Kun, M.Myuller, F.Buslayev va b.)
o‘z oldiga qadimgi miflar mazmunini tiklash, ularning paydo bo‘lish
sabablarini aniqlashni maqsad qilib qo‘ysa, ikkinchisi (V.Shvars,
V.Manxard va b.) turli xalqlar folklorini qiyosiy o‘rganish orqali
o‘xshashliklarni aniqlash yo‘lidan bordi. M.m.ning bir qator qarash-
larini keyingi davr adabiyotshunosligi inkor qilgan bo‘lsa-da, u ad-
abiy nazariy tafakkur taraqqiyotida sezilarli iz qoldirdi. Jumladan,
xalq og‘zaki ijodi namunalarini yozib olish va chop etish ishlarining
yo‘lga qo‘yilgani, mifologiya, folklor va yozma adabiyot namunala-
rini qiyosiy o‘rganishning boshlab berilgani bevosita M.m. faoliyati
bilan bog‘liqdir. Shuningdek, M.m.ning nazariy qarashlarini ijodiy
rivojlantirib (ritual-mifologik tanqid) yoki inkor qilgan holda (sayy-
or syujetlar nazariyasi) yangi yo‘nalishlarning maydonga chiqqa-
ni ham uning adabiyotshunoslik rivojiga jiddiy ta’sir etganinini
ko‘rsatadi”
11
.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə