O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə27/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org

Sapfo (m.av 612-yili tug‘ilgan) Alkeyning zamondoshi va vatan-
doshi bo‘lgan shoira Sapfo zodagon oilasida tug‘ilgan. Mitilana
hukmroni Pittak davrida bir necha yil Sitsiliya orolida quvg‘inlikda
bo‘lgan. Vataniga qaytib kelgach, maktab ochib, bu yerda yosh
qizlarni turli bilimlarga: musiqa, ashula, raqs va she’r to‘qishga
o‘rgatadi. Maktabda nafaqat Yunonistonning uzoq-yaqin yerlaridan,
hattoki boshqa mamlakatlardan kelgan qizlar ta’lim olgan.
Qadimgi manbalarda Sapfoning o‘nta kitob yozgani haqida
ma’lumotlar keltirilgan. Biroq bularning barchasi, nasroniy ruhoni-
ylarining amriga ko‘ra, IX asrda yondirib yuborilgan. Alkey ijodi
uchun asosan ijtimoiy-siyosiy voqealar zamin bo‘lgan bo‘lsa, Sapfo
she’riyati asosiy mavzusi shaxsiy kechinmalar, yurak tuyg‘ulari bi-
lan chegaralangan; deyarli yagona mavzu – sevgi va go‘zallikdir.

58
Bizgacha yetib kelgan she’riy parchalarda muhabbat nash’asi, yor


vasliga yetish shodliklari haqida hikoya qiluvchi misralar bor. Lekin
Sapfoning aksariyat baytlaridan xotin kishining yurak dardlari – rad
etilgan muhabbat, ayriliq, hijron, rashk va intizorlik sadolari eshiti-
ladi, shoira o‘zining muhabbat yo‘lida chekkan iztiroblari, dog‘u
hasratlari haqida nola qiladi. Antik davr kishilari ulug‘ shoirani faqat
dardmand ma’shuqa sifatida taniganlar.
Sapfoning ikkita she’ri to‘la holda yetib kelgan. Afroditaga atal-
gan mazkur she’rlardan birida, shoira sevgi ma’budasiga iltijo qilib,
ishq dardida o‘rtangan qalbiga tasalli berishini, musibatli damlarda
ko‘makdosh bo‘lishini so‘raydi. Ikkinchi she’rda esa Sapfo mah-
buba husnining sehrli jozibasini ta’riflaydi. Antik dunyoda o‘tgan
qalam ahli orasida ishq sharorasini bunchalik jo‘shqin ifodalagan
birorta shoirni topib bo‘lmaydi.
Tangri ulkim, sening jamoling,
Husn ichra buyuk kamoling
Ko‘z oldida erur har zamon.
Bahra olur takallumingdan,
Lazzat topur tabassumingdan,
Muhabbating mulkiga sulton.
Sening chehrang, go‘zal dilrabo,
Ko‘z oldimda bo‘lganda paydo
Ko‘ksim yonur, tilim bo‘lur lol.
Goh muz titroq chirmashar tanga,
Goh vujudim chulg‘ar alanga,
Men behudman, men oshuftahol.
Borlig‘imda otash hayajon,
Ko‘z oldimni qoplab zimiston,
Oyog‘imda turolmam xasta.
Boshlarimdan quyar sovuq ter,
So‘lgan o‘tman, tortar meni yer,
Nafasim yo‘q, so‘naman asta...
(Erkin Vohidov tarjimasi) 

59
Ishqiy she’rlardan tashqari Sapfo epitalamalar (nikoh to‘yi


qo‘shiqlari) ham ijod qilgan. Qadimda o‘zimizning “yor-yor”lar qa-
bilidagi bunday qo‘shiqlarni qiz-juvonlar, yigitlar aytib kelinchakni
kuyovning uyiga kuzatib borganlar.
Sapfo ijodining butun mohiyati, olamshumul tarixiy ahamiyati
she’riyatda insonning ichki hissiyot dunyosini, go‘zallik olamini
ochganligidadir.
Shoiraning yunon she’riyatining vazn doiralarini yanada kengay-
tirishi natijasida lirikaning ravon va ohangdor bo‘lishiga keng yo‘l
ochildi. Sapfo she’rlari atoqli shoir E.Vohidov tomonidan o‘zbek ti-
liga o‘girildi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə