O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə28/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org

Qadimgi yunon dramasi
Miloddan oldingi VII-VI asrda shakllangan yunon quldorlik
jamiyati V asrda o‘zining yuksak taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi.
V-IV asrlar adabiyoti Afina shahri joylashgan viloyat nomi bi-
lan “yunon adabiyotining attika davri” deb ataladi. Afina davlatini
boshqargan Perikl(500–429) poytaxtga butun Yunonistondan fayla-
suf, olim, shoir, haykaltaroshlarni to‘pladi.
Taraqqiyot bosqichi mobaynida barcha xalqlar qo‘shiq aytib,
raqs tushib bajaradigan turli rasm-rusumlar bo‘lgan. Drama ad-
abiyotning alohida turi sifatida antik davrda shakllandi. Dramada
asosiysi hikoya yoki bayon qilish emas, harakat bo‘lgan(yunoncha
drama so‘zi “harakat” ma’nosini bildiradi). Dramada ishtirokchilar
o‘rtasidagi o‘zaro suhbatlar – dialoglar, munosabatlar, ularning xat-
ti-harakatlari, qarama-qarshiliklar va ularning yechimi tasvirlanadi.
Yunon dramaturgiyasining barcha turlari – tragediya, komediya,
satirlar dramasi dehqonlarning homiylari bo‘lgan ma’budalar Deme-
tra va Kora sharafiga kuylagan qo‘shiqlar hamda may, shodlik va
hosildorlik ma’budi, taka qiyofasidagi Dionisga bag‘ishlangan ma-
rosimlar asosida maydonga kelgan. Afsonalarda hikoya qilinishicha,
Dionis Zevs bilan Semela degan qizdan tug‘ilgan. Dionis o‘zining

60
odamsifat, ammo dumdor, echki tuyoq hamrohlari – satirlar bilan


birga dunyoni kezib yurgan paytlarida, insonning og‘ir va g‘amgin
hayotini ko‘radi-da, odam bolasini baxtiyor va xushnud qilish ni-
yatida, ma’budlar taomi amvroziyani keltirib bermoqchi bo‘ladi.
Ma’budlar buni sezib qolgach, Dionis amvroziyani yerga ko‘mib
qochadi. Birmuncha vaqtdan so‘ng bu yerda tok navdalari unib
chiqadi, uning mevalari odamlarga baxt va shodlik keltiradi. Bun-
dan qahrlangan Zevs, o‘g‘lini Olimp tog‘idan badarg‘a qiladi. yerda
Dionis og‘ir musibatlar chekib, vafot etadi. O‘g‘lining o‘limidan
so‘ng Zevs uning gunohlaridan kechib, Dionisni ma’budlar qato-
riga qabul qiladi. Dionis odamlarga har yili ikki marta o‘z sharafiga
bayram o‘tkazishni vasiyat qiladi. Shundan e’tiboran Dionis hosil-
dorlik, may, shodlik va sarxushlik rahnamosi bo‘lib qoladi. Ularga
bag‘ishlangan maqtov qo‘shiqlar – difiramblarni kuylovchi xorga
shoir Fespis birinchi akterni qo‘shgandan so‘ng u dramatik janrga
aylandi. Tragediya prolog (ekspozitsiya)dan boshlangan va orx-
estrga xor chiqib, tomoshabinlarga voqeaning mohiyatini aytib ber-
gan. Shundan keyin dialogik qismlar – akterning korifey(xorning
rahbari) bilan yoki ikki-uch akterning suhbatlari bilan davom et-
gan va “eksod”(xotima) bilan yakunlangan. Aristotelning yozishi-
cha, tragediya “trago” va “oide” so‘zlaridan kelib chiqib, “taka
qo‘shig‘i”ma’nosini anglatadi. Yunon shoir-dramaturglari, jumladan
– Esxil, Sofokl, Yevripidlar ham o‘z tragediyalarini xudolar va qah-
ramonlar haqidagi qadimgi asotirlar mazmuniga asoslanib yaratgan
edilar.
Bayramlardagi hushchaqchaq hazillardan “comos” va
“oide”(komediya), ya’ni masxarabozlar qo‘shig‘i paydo bo‘lgan.
Keyinroq tragediya va komediya o‘rtasida “satirlar dramasi” shak-
llandi. Bu janrning ijodkori m.o. V asrda yashagan shoir Pratim hi-
soblanadi.
Dramaning barcha turlari diniy marosimlardan paydo bo‘lganligi
sababli, qadimgi yunonlar bularning barchasiga yuksak e’tiqod bi-
lan qaraganlar. Teatr tomoshalari davlat tasarrufidagi muhim siyosiy

61
hamda tarbiyaviy tadbirlardan biri sanalgan. Ikkinchidan, Dionisiy


marosimlari bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ushbu tomoshalar yiliga
uch marotaba o‘tkazilgan va bir necha kun davom etgan. Yunonlar
bu marosimlarga shunchaki bir ermak deb emas, balki muhim diniy
bayram deb qaraganlar. Qadimgi Yunonistonda barcha o‘yinlar sin-
gari, teatr tomoshalari ham musobaqa shaklida o‘tkazilgan. Tragedi-
yanavis shoirlar mazmunan bir-biri bilan bog‘liq 3 ta tragediya va 1
ta satirlar dramasini hakamlar hay’atiga taqdim etganlar. Komediya-
nivis shoirdan faqat bitta asar talab etilgan.
Yunon adabiyotining barcha janrlari kabi, tragediyaning mavzu-
lari ham asosan mifologik afsonalardan olingan. Agarda dastlabki
davrlardan bu mavzular Dionis haqidagi rivoyatlar bilan bog‘liq
bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik shoirlar boshqa ma’budlar va qahra-
monlar haqidagi afsonalarga murojaat qila boshlaganlar. Biroq,
shu bilan birga, tragediya mualliflari mavzu tanlaganlarida ham,
faqat zamona talablariga hamohang miflarni olib, ularni birmuncha
o‘zgartirib, moslashtirib, shular misolida o‘z davrlarining muhim
masalalarini hal etishga intilganlar, mifologik qahramonlarning
kurash va to‘qnashuvlari, ularning xatti-harakatlari o‘sha davr to-
moshabinlari uchun axloq va odobning namunasi, ijtimoiy xulqning
andazasi sifatida talqin etilgan; ana shu afsonaviy qahramonlarning
qilmishlari timsolida tragediyanavis shoirlar o‘z zamondoshlarini
yuksak ma’naviylik, vatanga sadoqat, insoniy burch g‘oyalarida tar-
biyalashni ko‘zlaganlar.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə