O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə29/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org

Esxil ijodi (mil.av 525–456-yy). Bizga ma’lum bo‘lgan qadimgi
yunon fojeanavisi Esxil chin ma’noda “tragediyaning otasi” deb tan
olingan.
Shoirning hayotiga doir ma’lumotlar kam saqlanib qolgan. U
taxminan 525-yili Elevsin shahrida yirik zamindor oilasida dunyoga
keldi. Bu yillar yunonlarning fors istilochilariga qarshi mustaqillik
uchun kurash olib borgan davri edi. Shoir o‘z hayotida yirik ijtimoiy
va siyosiy voqealarning shohidi bo‘lgan(Marafon yaqinidagi forslar
ustidan qozonilgan g‘alaba(m.o. 490-y,), m.o. 483-yili Salamin oroli

62
yaqinida fors flotining tor-mor qilinishi, 479-yili forslarning Platey-


adagi mag‘lubiyati, Afina davlatida pul munosabatlarining mustah-
kamlanishi).
Keyinchalik o‘z mamlakatidagi mavjud tartiblardan norozi
bo‘lgan Esxil Afinani tark etib, Sitsiliyada qo‘nim topadi va m.o.456
yilda Gela shahrida vafot etadi.
Qahramonlik afsonalarini (asosan Homer asarlari syujetidan foy-
dalangan)asosiy manba qilib olgan Esxil 21 yoshida ilk bor drama-
tik shoirlar musobaqasida qatnashadi va 40 yoshida birinchi marta
g‘alaba qozonadi.
Qahramon hayoti uchta tragediyada aks ettiriladi va mifologik
syujet asosida yozilgan satirlar dramasi bilan yakunlangan. Qadimgi
adabiyotshunoslarning zikr etishlaricha, u 90 ga yaqin tragediya yoz-
gan bo‘lib, bizgacha faqat 7 tasigina yetib kelgan( “Iltijogo‘ylar”,
“Eroniylar”, “Zanjirband Prometey”, “Fivaning yetti dushmani”,
“Oresteya” trilogiyasini tashkil qiluvchi “Agamemnon”, “Xoefor-
lar”, “Evmenidalar”).
Aristotelning “Potika”sida yozilishicha Esxil birinchi bo‘lib, ak-
terlar sonini bittadan ikkitaga oshirgan, xor partiyasini kamaytirgan
va dialog asarning asosiy elementiga aylantirilgan.
Shoir ijodining ilk namunasi “Iltijogo‘ylar” tragadiyasi bo‘lib,
bizgacha uning birinchi qismi yetib kelgan. Asar syujeti shoh Dan-
ayning 50 ta qizi haqidagi afsonadan olingan. Yunon adabiyotidagi
zamonaviy mavzuda yaratilgan yagona asar, “Eroniylar” tragediyasi
Eron-yunon urushiga bag‘ishlangan.
Esxilning saqlanib qolgan tragediyalari uning ijodini uchta
davrga bo‘lish imkonini beradi: 1) Ilk pyesalarida (“Iltijogo‘ylar”,
“Eroniylar” ) asosiy rolni xor ijro etadi. 2) “Zanjirband Prometey”,
“Fivaning yetti dushmani” asarlarida markaziy qahramon obrazi
gavdalanadi, dialogga katta o‘rin beriladi. 3) “Oresteya” asarida
kompozitsiya birmuncha murakkabashtiriladi, ikkinchi darajali ob-
razlar asar dramatizmini kuchaytirishga xizmat qiladi. Uchinchi ak-
terdan foydalanila boshlanadi.

63
“Zanjirband Prometey” qadimgi yunon afsonalari asosida yara-


tilgan. Ularda hikoya qilinishicha, Prometey suv va tuproqdan dast-
labki odamlarni bunyod etgan. Ma’buda Afina esa jonbaxsh nafasi
bilan ularga hayot bag‘ishlagan. Lekin ma’budlar hukmdori(Olimp)
odamlarni butunlay yo‘qotib yuborishga qasd qiladi: odamlardan
olovni yashirib, ularni sovuqda, zulmatda tutadi.
Titanlardan bo‘lgan Prometey, Olimp mehrobidan muqaddas
olovni o‘g‘irlab, odamlarga keltirib beradi. Shundan boshlab yerda
yangi hayot quloch yozadi, endi odamlar o‘zlarini erkin va qudrat-
li his qila boshladilar. Bu “shakkoklikdan” g‘azablangan Zevs uni
qoyaga zanjirband qilishni buyurib, ming yillar davomida azoblaydi.
To Gerakl kelib ozod etmagancha zanjirband Prometeyga Zevsning
qanotli iti – jeztumshuqli burgut misli ko‘rilmagan azoblarni beradi,
har kuni uning jigarini cho‘qib, qonini ichadi...
Esxil o‘z asarlarida ma’budlarni yoki biror maqsad yo‘lida
kurashuvchi, bukilmas irodali kishilarni tasvirlaydi. “Zanjirband
Prometey” hamon inson tafakkurining mangu durdonasi, qadimiy
yunon fojianavisining nodir asari sifatida yashab kelmoqda.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə